Metallarni korroziyalanishi va ularni oldini olish samarodorligi
Download 60.17 Kb. Pdf ko'rish
|
metallarni-korroziyalanishi-va-ularni-oldini-olish-samarodorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
- SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 671 1-rasm. Metall sirtlarining korroziyalanishi. Suyuq yoqilg'ilar ta'sirida vujudga keladigan korroziya ham kimyoviy korroziya jumlasiga kiradi. Suyuq yoqilg'ining asosiy tarkibiy qismlari metallarni korroziyalantirmaydi, lekin, neft va surkov moylari tarkibidagi oltingugurt, vodorod sulfid va oltingugurtli organik moddalaring metallarga ta'siri natijasida korroziya vujudga keladi. Suvsiz sharoitidagina bu ta'sir namoyon bo'ladi. Suvda elektrokimyoviy korroziyaga aylanadi [7-14]. 2-rasm. Metall sirtlarining elektrokimyoviy korroziyalanishi. Elektrolitlar ta'sirida bo'ladigan korroziya elektrokimyoviy korroziya deyiladi. Ko'pgina metallar asosan elektrokimyoviy korroziya tufayli yemiriladi. Elektrokimyoviy korroziya metalda kichiq galvanik elementlar hosil bo'lishi natijasida sodir bo'ladi [15-19]. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Galvanik elementlar hosil bo’lishiga sabab: 1) ko'p metallar tarkibida qo'shimcha sifatida boshqa metallar bo'lishi; 2) metall hamma vaqt suv, havo namligi va elektrolitlar qurshovida turishidir. Masalan, nam havoda temirga mis metali tegib to’rgan bo'lsin. Bunda galvanik element hosil bo'ladi (temir – anod, mis – katod vazifasini o'taydi). Temir oksidlanadi: Fe – 2e – Fe 2 Bu elektronlar katod sirtida havo kislorodini qaytaradi: SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 672 O 2 2H 2 O 4e – 4OH – Fe 2 ionlari OH – ionlari bilan birikib, Fe(OH) 2 ni hosil qiladi; Fe(OH) 2 havo kislorodi va namlik ta'sirida Fe(OH) 3 ga aylanadi; Fe(OH) 2 O 2 2H 2 O 4Fe(OH) 3 Natijada temir korroziyaga uchraydi. Agar vodorod ionlari mo'l bo'lsa, temirdan chiqqan elektronlar havodagi kislorodni qaytarmasdan vodorod ionlarini qaytaradi. 2H 2e – 2H H 2 Temir qalayga tegib tursa, korroziya temir misga tegib turgandagiga qaraganda sustroq sodir bo'ladi, temir ruxga tegib tursa, zanglamaydi, chunki, temir ruxga qaraganda asl metaldir; elektrolitlar ishtirokida rux bilan temir hosil qilgan galvanik elementda rux – anod, temir – katod vazifasini bajaradi [20-24]. Metallarni korroziyadan saqlash uchun bir necha choralar qo'llaniladi: a) metall sirtini boshqa metallar bilan qoplash; b) metall sirtini metall bo'lmagan moddalar bilan qoplash; v) metallarga turli qo'shimchalar kiritish; g) metall sirtini kimyoviy birikmalar bilan qoplash. Download 60.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling