Metallarni korroziyalanishi va ularni oldini olish samarodorligi
Download 60.17 Kb. Pdf ko'rish
|
metallarni-korroziyalanishi-va-ularni-oldini-olish-samarodorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘z
- Keywords
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 670 METALLARNI KORROZIYALANISHI VA ULARNI OLDINI OLISH SAMARODORLIGI Maksadjon Muxtarovich Akramov Farg‘ona politexnika instituti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada metallarni korroziyalanish sabablari, muammolari, korroziyaning salbiy oqibatlari va ularni oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan usullar, yechimlar va samarodorlik to‘g‘risida aytib o‘tilgan. Kalit so‘z: korroziya; yemirilish; kimyoviy korroziya; gaz korroziyasi; katod qoplama; anod qoplash. EFFECTIVENESS OF CORROSION OF METALS AND THEIR PREVENTION Maksadjon Mukhtarovich Akramov Fergana Polytechnic Institute ABSTRACT This article discusses the causes and problems of metal corrosion, the negative consequences of corrosion and the methods, solutions and effectiveness developed to prevent them. Keywords: corrosion; decay; chemical corrosion; gas corrosion; cathode coating; anode coating. KIRISH Mashinosozlikda foydalaniladigan ko'pchilik metallar havo, suv, kislota, ishqor va tuzlarning eritmalari ta'sirida yemiriladi. Bu hodisa korroziya deyiladi. Korroziya so'zi lotincha «corrodore» - yemirilish degan ma'noni anglatadi. Korroziya o'zining fizik-kimyoviy harakteri jihatidan ikki xil bo'ladi: kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya [1-6]. Metallarda qanday turdagi korroziya sodir bo'lishi metallni qurshab turgan muhitga bog'liq bo'ladi. Metallarga quruq gazlar (kislorod, sulfid angidrid, vodorod sulfid, galogenlar, karbonat angidrid va x.k.), elektrolit bo'lmagan suyuqliklar ta'sir etganda kimyoviy korroziya sodir bo'ladi. Bu ayniqsa yuqori haroratli sharoitda ko'p uchraydi, shuning uchun bunday yemirilish metallarning gaz korroziyasi deb ham ataladi. Gaz korroziyasi ayniqsa, metallurgiyaga katta zarar keltiradi. Temir va po'lat buyumlarini gaz korroziyasidan saqlash uchun ularning sirti alyuminiy bilan qoplanadi. Download 60.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling