Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori. Standart elektrod potensiallari


Download 10.12 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi10.12 Kb.
#1828224
  1   2   3
Bog'liq
Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori. Standart elek-fayllar.org


Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori. Standart elektrod potensiallari

Metallarni ularning birikmalaridan boshqa metallar siqib chiqarishini N.N. Beketov mukammal o’rgangan. Beketov metallarni kimyoviy aktivligini pasayib borishi tartibida «siqib chiqarish qatori» deb atalgan qatorga joylashtirdi. Hozirgi vaqtda Beketovning siqib chiqarish qatori metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori deb ataladi. Metallar bu qatorga ularning standart elektrod potensiallari qiymatlarining ortib borishi tartibida joylashtirilgan:


K, Na, Ca, Mg, Al, Mn, Zn, Fe, Ni, Sn, Pb, H2, Cu, Hg, Ag, Pt, Au.
Bu qator standart (normal) elektrod potensiallari qatori ham deb ataladi (8.1-jadval).
8.1- jadval Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori. Standart elektrod potensiallari

Elektrod jarayoni tenglamasi


Standart potensiali,Eo V


Elektrod jarayoni tenglamasi


Standart potensiali,Eo V


Li+ + e = Li


K+ + e= K
Ba2+ + e= Ba
Ca2+ + 2e= Ca
Na+ + e = Na
Mg2+ + 2e = Mg
Al3+ + 3e= Al
Mn2+ + 2e = Mn
Zn2+ + 2e = Zn
Cr2+ + 2e = Cr
Fe2+ + 2e = Fe

–3,05
–2,93


–2,91
–2,87
–2,71
–2,36
–1,66
–1,18
–0,76
–0,74
–0,44

Cd2+ + 2e = Cd


Co2+ + 2e = Co
Ni2+ + 2e = Ni
Sn2+ + 2e = Sn
Pb2+ + 2e = Pb
2H+ + 2e = H2
Cu2+ + 2e = Cu
Hg2+ + 2e = Hg
Ag+ + e = Ag
Pt2+ + 2e = Pt
Au3+ + 3e = Au

–0,40
–0,28


–0,25
–0,14
–0,13
0
0,34
0,79
0,80
1,20
1,50

Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatoriga vodorod ham joylashtirilgan bo’lib, u qaysi metallar kislotalarning suvdagi eritmalaridan vodorodni siqib chiqaraolishini aniqlashga imkon beradi. Bu qator elektrokimyoviy sistemaning tutgan o’rni hamdaoksidlovchi-qaytaruvchi qobilyatini xarakterlaydi. Elektrod jarayonida ishtirok etuvchi hamma moddalarning majmuasi elektrokimyoviy sistema deb tushuniladi.


Standart elektrodlar potensiallari qatori oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari- ning borish yo’nalishini aniqlashga imkon beradi. Agar elektrokimyoviy sistemadan galvanik element tuzilsa, elektronlar manfiy qutbdan musbat qutbga o’ta boshlaydi, ya’ni kichik elektrod potensialiga ega bo’lgan elektrokimyoviy sistemadan kattaroq elektrod potensialiga ega bo’lgan sistemaga o’tadi. Bundan birinchi sistema qaytaruvchi, ikkinchi sistema esa oksidlovchi vazifasini bajaradi. Galvanik elementlarda oksidlovchi sifatida nisbatan yuqori elektrod potensialiga ega bo’lgan elektrokimyoviy sistema ishtirok etsa, oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi o’z-o’zidan boradi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining yo’nalishi amalda oksidlovchi va qaytaruvchining qatorda o’zaro joylanishiga bog’liqdir. Masalan, rux (E= –0,763 V) misni (E= + 0,337 V) uning tuzlari eritmalaridan siqib chiqara oladi.

Download 10.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling