Metallarning xossalari Konstruktsion materiallarning fizikaviy, texnologiyaviy, eksplutatsiyaviy va mexanikaviy xossalari
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Mavzu. Metallarning xossalari
Metallarni texnologik xossalari.
Metallarni texnologik xossalariga kesib ishlanishlik toblanuvchanlik, payvandlanishlik, bolьalanishlik, erigan metalni ravonligi va boshqalar. SHulardan asosiy o’rinlarda metalni kesib ishlanuvchanlik xususiyati turadi, chunki ko’pchilik metal buyumlarini stanoklarda kesib ishlanadi.
Kesib ishlanish xossasiga kesish tezligi, kesish kuchi, kirib ular ishlangan yuzani tozaligiga qarab aniqlanadi. Metalni bu xususiyatlari biror etalonga qarab solishtiriladi. Buning uchun A12 markadagi avtomobil po’lati olinadi. va
kotishmalarning botiluvchanligini sinash. Metall
va kotishmalarning botiluvchanligini sinashdan kuzda tutilgan maksad ulardan tayyorlangan yupka listlarning (tunukalarning) sovuklayin shtamplana olish xususiyatini aniklashdan iboratdir. Buning uchun, botiluvchanligi sinaladigan list yoki lentadan kvadrad shaklida kilib namuna kirkib olinadi. Sinaladigan namunalarning, tegishli matritsa va puansonlarning o’lchamlari aniklanadi. Kirkib olingan namuna sinash asbobining matritsasi ustiga quyilib, kiskich bilan kisiladi. SHunlan keyin, namunada birinchi darz xosil bulguncha unga puanson ta’sir ettiriladi. Namunaning birinchi darz xosil bulguncha botilish chukurligi shu namuna materialining plastikligini kursatadi. Puason namunaga maxovik yordamida minutiga 16-10 mm tezlik bilan ta’sir ettiriladi, darz xosil bulish payti esa kuzgu yordamida aniklanadi.
Metallarning payvandlanuvchanligi Metallarning mavjud usullarda texnikaviy talablarga javob bera oladigan darajada payvandlanish hususiyati ularning payvandlanuvchanligi deyiladi. Metall va
qotishmalarning payvandlanuvchanligi, asosan, ularning ximiyaviy tarkibiga, tarkibidagi metallmas qo‘shimchalarning xiliga, miqdoriga, taqsimlanishiga va payvandlash usulining hususiyatiga bog‘liq. Ma’lumki, turli metall konstruksiyalar olishda asosiy material sifatida po‘latlardan foydalaniladi. Demak, turli qotishmalarning spetsifik hususiyatlari turlicha bo‘lganligi sababli turlicha payvandlanadi. Kuzatishlar ko‘rsatadiki, turli qalinlikdagi kam uglerodli oddiy va legirlangan po‘latlar istalgan temperatura sharoitida yaxshi payvandlanadi. Po‘lat tarkibida uglerod miqdori 0,30% dan ortishi bilan payvandlashda termik ta’sir zonasidagi temperaturada toblanishi sababli payvandlanuvchanligi yomonlashadi, chunki, u mo‘rtlashib, darz ketishiga moyil bo‘lib qoladi. SHu sabali tarkibida 0,30 dan 0, 42% gacha uglerod bo‘lgan po‘latlar qoniqarli darajada payvandlanuvchi po‘latlarga kiradi. Bu po‘latlarni belgilangan rejimlarga rioya qilgan holda 50 S dan yuqori temperaturada payvandlamoq zarur. Agar payvandlanuvchi po‘lat buyum qalin bo‘lsa, uni 100Agar payvandlanuvchi po‘lat buyum qalin bo‘lsa, uni 100-2000
gacha qizdirib payvandlash maqsadga muvofiqdir. Po‘latlar tarkibida uglerod miqdori 0,42-0,55% gacha bo‘lsa, bunday po‘latlarni payvandlash cheklanadi. Agar po‘latda uglerod miqdori 0.55% dan ortiq bo‘lsa, yomon payvandlanadi. CHeklangan darajada va yomon payvandlanuvchi po‘latlarni payvandlash zarur bo‘lsa, sifatli choklar olish uchun ularni payvandlashdan avval 150-5000 S gacha qizdirish. So‘ngra payvandlangandan keyin termik ishlash zarur. Metallarning payvandlanuvchanligiga oltingugurt, fosfor, uglerod singari elementlar salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar uglerodi teng bo‘lgan ushlerodli po‘lat bilan legirlangan po‘latlarning payvandlanuvchanligini taqqoslasak, legirlangan po‘latlarning payvandlanuvchanligi plastligini ko‘ramiz. Buning sababi shundaki, bu po‘latlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi past bo‘lib, tez oksidlanib payvandlanishda karbidlar hosil qiladi. Natijada mo‘rtlashib, darz ketishga moyil bo‘ladi. SHuning uchun bu xil po‘latlarni payvandlashda yuqorida qayd etilgan salbiy hususiyatlarni kamaytirish maqsadida payvandlashda belgilangan rejimlarga rioya qilish kerak. Jumladan, o‘ta qizdirishga yo‘l qo‘ymaslik, bu buyumni payvandlashdan avval qizdirib olib, payvandlangandan keyin termik ishlash zarur. Quyidagi jadval po‘latlarning xili va markasiga ko‘ra payvandlanuvchanligiga misollar keltirilgan. 1.1-jadval Guruhi Payvandlanuvchanligi po‘latlarning xili va markasi uglerodli legirlangan 1 yaxshi St1, St2, St3, St4, 08, 10, 15, 20, 25, 12kp, 15kp, 16kp, 20kp, 18kp 15G, 20G, 15X, 15XA, 20X, 15XM, 14XGS, 10XGSD, 10XGSND, 15XSND. 2 qoniqarli St5, 30, 35 12XN2, 12XNZA, 14X2MR, 10G2MR, 6 20XNZA, 20XN, 20XGSA, 25XGSA, 30X, 30XM 3 cheklangan St6, 40, 45, 50 35G, 40G, 45G, 40G2, 35X, 40X, 45X, 40XM, 40XMFA, 30XGS, 30XGSA, 35XM, 40XS 4 yomon 60, 70, 75, 80, 85, U7, U8, U9, U10, U11, U12 50G, 50X, 50XN, 45XNZMFA, 6XS, 9XS, 5XNG, 5XNV Ma’lumki, cho‘yan tarkibida uglerodning ko‘pligi sababli mo‘rt bo‘lib, po‘latlarga nisbatan ancha yomon payvandlanadi. Rangli metallar va ularning qotishmalarining issiqlikni yaxshi o‘tkazishi, oson oksidlanishi, sezilarli darajada chizig‘iy kengayishi, gazlar (kislorod, azot. vodorod) ni yutishi va boshqa hususiyatlari payvandlashda ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi, albatta. Nazorat uchun savollar. 1. Mashinasozlikda ishxolatiladigan metallar. 2. CHo’yanlar va po’latlar. 3. Metallarni ichki tuzilishi. 4. Magnit xossalari. 5. Metallarni mexanik xossalari. 6. Ximiyaviy xossalari. 7. Qattiqlikni aniqlash usullari. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling