Metallarning xossalari. Metallar korroziyasi
Download 97.03 Kb.
|
Metallarning Xossalari. Metallar Korroziyasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori.
Galvanik elementlar. Metallarning standart elektrod potensiali. Kimyoviy reaksiyalar energiyasi bevosita elektr energiyasiga aylantirish uchun xizmat qiladigan qurilmalar galvanik elementlar yoki elektr tokining kimyoviy manbalari deb ataladi.
Galvanik elementda hosil bo'ladigan kuchlanish elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) deb ataladi. Oksidlanish - qaytarilish reaksiyasi oksidlanish va qaytarilish yarim reaksiyalarining yig'indisidir. Galvanik elementda yoki elektrolizda sodir bo'ladigan har bir yarim reaksiya ayrim elektrodlarda boradi. Shu sababli yarim reaksiyalarni elektrod jarayonlari deb ham ataladi. Elektr yurituvchi kuchni ham har bir yarim reaksiya uchun to'g'ri keladigan ikki kattalikni ayirmasi deb ham qarash mumkin. Bu kattaliklar elektrod potensiallar deb ataladi. Elektrod jarayonlarining potensiallari metallning tabiati (aktiv yoki passivligi)ga, eritmadagi ionlarning konsentrasiyasiga hamda sistemaning haroratiga bog'liqligi aniqlanadi. Bu bog'lanish Nernst tenglamasi bilan ifodalanadi: Bu tenglamadagi: E - ayni elektrod potensiali; E0-ayni elektrodning standart (normal) potensiali; R-universal gaz doimiysi; T-absolyut Harorat; n-reaksiyada ishtirok etuvchi elektronlar soni; F-Faradey soni (96500 Klmol); C-metall ionlarining eritmadagi konsentrasiyasi (moll). Metall ionlari konsentrasiyasi 1 moll ga teng bo'lgandagi elektrod potensiyali metallning standart (normal) elektrod potensiali deb ataladi. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori. Metallarni ularning birikmalaridan boshqa metallar siqib chiqarishini N.N. Beketov mukammal o'rgangan. Beketov metallarni kimyoviy aktivligi pasayib borish tartibida joylashtirib, metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatorini tuzdi. Bu qatorda metallarning standart elektrod potensiallari qiymati ortib borishi tartibida joylashtirilgan. Bu qator metallarning standart (normal) elektrod potensiallari qatori ham deb ataladi.
Standart elektrod potensiallari qatori oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining borish yo'nalishini aniqlashga imkon beradi. Agar ikki elektrokimyoviy sistemadan galvanik element tuzilsa, elektronlar manfiy qutbdan musbat qutbga o'ta boshlaydi, ya'ni kichiq elektrod potensialiga ega bo'lgan elektrokimyoviy sistemadan kattaroq elektrod potensialiga ega bo'lgan sistemaga o'tadi. Bunda birinchi sistema qaytaruvchi, ikkinchi sistema esa oksidlovchi vazifasini bajaradi. Standart elektrod potensiallari qiymatiga qarab, reaksiyalarning qaysi tomonga o'z-o'zidan borishini aniqlash mumkin. Masalan, quyidagi reaksiyaning yo'nalishini aniqlash lozim: 2K2MnO4 Cl2 2KMnO4 2KCl Bu tenglama ionli shaklda quyidagicha bo'ladi: 2MnO4–2 Cl2 2MnO4– 2Cl– Ionlarning standart elektrod potensialining qiymati: MnO4–(MnO4–2 uchun E00,56 V – qaytaruvchi 2Cl– Cl2 uchun E0 1,36 V – oksidlovchi Demak, yuqoridagi reaksiya o'z-o'zicha boradi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida dastlabki moddalarining konsentrasiyalari kamayib, mahsulotlarning konsentrasiyalari ortib boradi. Bu ikkala yarim reaksiyalarning potensiali qiymatlarini o'zgarishiga olib keladi. Oksidlovchining elektrod potensiali kamayadi, qaytaruvchining elektrod potensiali oshadi. Ikkala jarayonni potensiallari bir-biriga tenglashganda kimyoviy muvozanat qaror topadi. Download 97.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling