Metallarning xossalari. Metallar korroziyasi


Korrozion aktivator va ingibitorlar


Download 97.03 Kb.
bet5/5
Sana25.01.2023
Hajmi97.03 Kb.
#1120699
1   2   3   4   5
Bog'liq
Metallarning Xossalari. Metallar Korroziyasi.

Korrozion aktivator va ingibitorlar. Korroziya jarayonining tezligiga eritmalarda bo'lgan ionlar, ya'ni H va OH- ionlari konsentrasiyasi, eritmaning ( pH i katta ta'sir ko'rsatadi. H ionlari konsentrasiyasi ortsa, korroziya kuchayadi, OH- ionlari konsentrasiyasining ortishi temirning korroziyalanishini susaytiradi. Lekin gidroksidlari amfoter xossaga ega bo'lgan metallar (Zn, Al, Pb)ning korroziyasi OH- ionlari konsentrasiyasi ortganda tezlashadi.
Korroziyani tezlatuvchi moddalar korrozion aktivatorlar deyiladi. Bularga ftoridlar, xloridlar, sulfatlar, nitratlar va hokazolar kiradi. Korrozion muhitga qo'shilganida metallar korroziyasini susaytiradigan moddalar korrozion ingibitorlar deb ataladi. Masalan, aminlar, mochevina, aldegidlar, sulfidlar, xromatlar, fosfatlar, nitritlar, silikatlar va hokazolar korrozion ingibitorlardir.

Nazorat savollari



      1. Standart elektrod potensiali nima?

      2. Galvanik elementlar deganda nimani tushunasiz?

      3. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deb nimaga aytiladi?

      4. Oksidlovchi nima? Qaytaruvchi-chi?

      5. Metallar korroziyasi deb nimaga aytiladi?

      6. Metallar korroziyasining qanday turlarini bilasiz?

Tayanch so'z va iboralar


Elektrod potensial, metallning standart elektrod potensiali, galvanik element, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, oksidlanish, oksidlovchi, qaytarilish, qaytaruvchi, metallar korroziyasi, korroziya turlari, kimyoviy korroziya, elektrokimyoviy korroziya.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.YU.T.Toshpo'latov, SH.YE.Ishoqov. Anorganik kimyo. Toshkent. «O'qituvchi». 1992 y.
2.N.A.Parpiyev, H.R.Rahimov, A.G.Muftaxov. Anorganik kimyo nazariy asoslari. Toshkent. «O'zbekiston». 2000 y.
3.Q.Ahmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov Umumiy va anorganik kimyo. Toshkent. «O'zbekiston» 2003 y.

Aim.uz




Download 97.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling