9-laboratoriya mashg’uloti fermentlar aktivligiga aktivator va ingibitorlar ta`siri darsning maqsadi
Download 135.45 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq9.9 Lobaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
9-LABORATORIYA MASHG’ULOTI FERMENTLAR AKTIVLIGIGA AKTIVATOR VA INGIBITORLAR TA`SIRI Darsning maqsadi. Fermentlar faolligini boshqaruvchi kimyoviy moddalarni tajriba bajarib olingan natijalar orqali aktivator va ingibitorlarga ajratish. Nazariy qism: Ferment faolligining boshqarilishi ularning turli xil biologik komponentlar yoki yot birikmalar (masalan, dori va zaharlar) bilan o`zaro ta`siri orqali yuzaga keladi hamda ular fermentlarning modifikatorlari yoki regulyatorlari deb ataladi. Modifikatorlarning fermentlarga ta`siri ostida reaksiya tezlashishi (bunday sharoitda ular aktivatorlar deyiladi) yoki sekinlashishi (bunday sharoitda ular ingibitorlar deyiladi) mumkin. Aktivator va ingibitorlarning ta`sir mexanizmi to`liq o`rganilgan emas. Fermentlar faolligining boshqarilishi 3 bosqichni o`z ichiga oladi: 1. Hujayra ichki boshqarilishi . Bunday boshqarish avtomatik kechadi. 2. Gormonal boshqarilish. 3. Nerv tizimi orqali boshqarilish Ko`pchilik fermentlar aktivatorlari reaksion muhitda ta`siri umuman ko`rilmaydi. Masalan, amilaza dializ qilinsa, aktivligi yo`qoladi, NaCl eritmasi qo`shilsa tiklanadi. Ingibitorlarning ta`sir mexanizmi xilma – xildir. Ba`zi hollarda ular fermenti aktivatori bo`lgan metall ionlarini biriktirib olsa, ba`zan fermentni denaturasiyalaydi yoki ferment bilan “yolg`on” ferment – substrat kompleksini hosil qilib, noaktiv holatga o`tkazib qo`yadi. Modifikator ta`siridan so`ng yuzaga keladigan bioximiyaviy reaksiyaning tezlashganligi asosida fermentlarning faollashuvi aniqlanadi. Faollantiruvchi moddalarning bir guruhini ferment faol markaziga ta`sir e`tuvchi moddalar tashkil e`tadi. Unga fermentlarning kofaktorlari va substratlari kiradi. Ingibitor atamasiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish ko`zda tutiladi, chunki uning tagida faqatgina ferment faolligini o`ziga xos pasaytiruvchi modda to`g`risida gap boradi. Reaksiyaning tormozlanishi faqat ingibitorga bog`liq emas. Chunki istalgan denaturaciyalovchi moddalar ham fermentativ reaksiyani pasaytirishi mumkin. Denaturatsiyalovchi modda ta`siri bo`lgan holatda «ingibirlanish» emas, balki «faolsizlanishi» to`g`risida gap borsa, to`g`riroq bo`ladi. Ko’pincha, moddalar kichik miqdorlarda ingibitor, ko’p miqdorda esa inaktivator bo`lib hisoblanadi. Shuning uchun bunday tarzda ikki guruhga bo`lish ma`lum darajada shartlidir. Download 135.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling