Metallga ishlov beradigan asbob-uskunalarning tuzilishi va vazifasi


PAYVANDALASHDA ISHLATILADIGAN ASBOB VA MOSLAMALAR TEXNOLOGIYASI


Download 1.04 Mb.
bet12/13
Sana15.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1482929
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
METALLGA ISHLOV BERADIGAN ASBOB-USKUNALARNING TUZILISHI VA VAZIFASI MAVZUSIGA DARS REJA TUZISH VA DARS ISHLANMASI TAYYORLASH

2.3. PAYVANDALASHDA ISHLATILADIGAN ASBOB VA MOSLAMALAR TEXNOLOGIYASI.
To’g’rilash girralari.
Metall plastinalarini to’g’rilashdapayvandlash moslama giralari ishlatiladi. (10- rasm)

Payvandlash ishlarini amalga oshirshdahar xil chizg’ichlardanfoydalaniladi. (11-rasm)
Payvandlash jarayonida rejalash ishlarini amalga oshirishda rejalash bolg’alaridan foydalaniladi. (12-rasm)
S huningdek kvadrat va muxrali qilib, 97-50 navlipo’latlardan tayyorlangan chilangarlik bolg’alariham payvandlash jarayonidaishlatiladi. (13-rasm)
Payvandlash ishlarinibajarishda bir necha o’quv payvandlash transfarmatrlari, tok o’zgartirgichlar, to’g’rilagichlar, payvanlash simlari, uchliklar, payvanlangan tutashtirgichlar, turli xildagi elektrod tutqichlar, buyumlarga tok keltirish qisqich – strubsinalari hamda materiallardan kam uglerodli po’latdanyasalgan. 250x150x10 mm o’lchamliplastinalar va 3-5 mm diametrli e-42 yoki e-46 elektrodlar kerak bo’ladi. shuningdek payvandalash ishlarinibajarishda brezentkurtkalar, shimlar, bosh kiyimlariva oddiy oinalari, zubilolar, bolg’alar, po’lat cho’tka, to’siq shchitlar hamda niqoblar kerak bo’ladi.
Gaz alangasida payvandlashdaasetilin generatorlari va himoya zatvorlari, kalsiy, karbit – kislorodli va asetilinliballonlar, reduktor, gorelka, jez ignalar, suv quyilgan idishlar,ximoya ko’zoynaklari, bolg’a, zubilo, po’lat cho’tka, hamda kam uglerodli po’latdan ishlangan 250x150 yoki 6 mm o’lchamli plastinalardan foyladanish mumkin.
2.4. NADFIL VA SHABERLARNI TUZILISHI.
N adfillar (14-rasm). Kichik yuzalarni egovlashda kichik o’lchamli egovlardannadfillardan foydalaniladi. Ular U12, U12A va U13, U 13A markali uglerodli asbobsozlik po’latlaridan 80, 120 va 160 mm uzunlikda tayyorlanadi. Qattiq qotishma, keramik materiallar, shishalarni ishlashda olmos nadfillar ishlatiladi.
Shaberlar (15-rasm). Sirtlar mayin egovlar bilan egovlanib silliqlanishidan qat’i nazar, unda ma’lum g’adir-budurliklar qoladi. Sirtlarni yuqori darajada silliqlashda shaberlash (qirish) usulidan foydalaniladi. Shaberlash o’tkir qirg’ich-shaber bilan detal sirtidan yupqa qirindi olishdan iborat. Bunda detal sirtidagi notekisliklar, egov yoki boshqa turdagi keskich izlari yo’qotiladi. Bu usul bilan bir-biriga biriktiriladigan detallarning jipsligi va geometikligi ta’minlanadi.

Detal sirtining shaberlanishi lozim bo’lgan joylarini aniqlash uchun uni yupqa qilib bo’yoq surtilgan tekshirish plitasi yoki lineyka ustiga qo’yiladi va ohista bosib uyoq-buyoqqa suriladi. Bo’yoq tekkan do’ngliklar shaberlanadi. Detal sirtiga bo’yoq bir tekis tegadigan bo’lgunga qadar shaberlash davom ettirilaveradi. Shaberlash aniqligi 25x25 mm kvadrat yuzadagi dog’lar soni bilan o’lchanadi. Masalan, shaberlangan stanina yo’naltiruvchilari, support salazkalaridagi dog’lar soni 10 tadan, aniq ishlaydigan stanoklarda 16 tadan ortiq bo’lmasligi kerak. Podshipniklarda yuzaning 3/4 qismi valga tegadigan bo’lgunga qadar shaberlash davom ettiriladi. Shaberlash bilan yuzani 0,005—0,01 mm gacha toza ishlash mumkin.


Shaberlangan yuzaning juda silliq chiqishini ta’minlash uchun cho`yonlarni quruq holda, mis va po’latlarni esa sovunning quyuq eritmasiga shaberni botirib shaberlash kerak. Shaberlar eski egovlardan yoki U10A va U12A markali uglerodli asbobsozlik po’latlaridan har xil shaklda tayyorlanadi.
Xulosa
Umum o’rta ta’lim maktablariniga mo’ljallangan mehnat ta’limini metallarga ishlov berish texnologiyasi yo’nalishi bo’yicha bo’lgan ushbu kurs ishini mavjud darslik, qo`llanmalardan farqli o’laroq tarixiy va enseklopediyalar manbalardan didaktik o’zgartishlar orqali foydalanib, oldingi Kurs ishi muallifni uslubiy ko’rsatma va fikrlarini inobatga olgan holda milliylik asosida yaratildi.
Ushub kurs ishi mustaqillik davrida milliy g’oya ruhi bilan sug’orilgan. Ilk bor ishlardan hisoblanib kamchiliklardan holi bo’lmasligi mumkin. Muallif ushbu kurs ishiga e’tibor qaratib o’zining holisona bildirgan uslubiy fikr mulohazalari uchun barcha kasbdosh tadqiqotchilar, olimlar, o’qituvchi pedagoglarga oldindan minnatdorchilik bildiriladi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling