Metallga ishlov beradigan asbob-uskunalarning tuzilishi va vazifasi
Download 1.04 Mb.
|
METALLGA ISHLOV BERADIGAN ASBOB-USKUNALARNING TUZILISHI VA VAZIFASI MAVZUSIGA DARS REJA TUZISH VA DARS ISHLANMASI TAYYORLASH
Nodir metall qotishmalari.
Nodir metall ruda konilariga qalay, volfram, molibden, simob, berilliy, tantal, niobiylar kiradi. Kolima, Primore o’lkasi, Zabaykaledagi gidrotermal sulfit-kassiterit va kvars-kassiterit konlarndan qalay rudasi olinadi. Volfram rudalari gidrotermal tomir va volframitli shtokverk, shuningdek skarnlardagi sheelit konlarida uchraydi. Molibden rudalari shtokverk va tomirli gidrotermal konlardan, skarn konlardan qazib olinadi. Barcha simob rudasi gidrotermal konlardan ajratib olinadi. Berilliy rudalarining turli manbalari ichida pegmatit va gidrotermal kvars va berilliy (flyuorit bilan), greyzen va skarn (gelvin va fenakit bilan), vulkanogen flyuorit-bertrandit va gelbertranditli konlar muhim ahamiyatga ega. Tantal rudalari va niobiy rudalari magmatik konlardan nefelinli sienitlar, karbonatitlar, albitlar va pegmatitlar orasidan qazib olinadi. Tarqoq elementlar rudakoni sedimentogen, magmatogen va metamorfogen oltingugurtli kolchedan konlarida uchraydi va shu konlardagi rudalarni qayta ishlash jarayonida qo’shimcha mahsulot sifatida ajratib olinadi. Seriy va ittriy guruhlariga mansub siyrak er elementlarning rudakonimagmatik, pegmatit, karbomatit, albitit, gidrotermal konlar va rangli, nodir, radioaktiv metallar konlarida uchraydi. Volfram qotishmalari(volframovie splavi) — volfram-ning metallar (molibden, reniy, mis, nikel, kumush), oksidlar (TNO2), kar-bidlar va boshqa birikmalar bilan qotishmasi. Asosiy afzalliklari — suyuqlanish t-rasining yuqoriligi, elastiklik modulining kattaligi, issiqlikdan kengayish koeffsentining pastligi; kamchiliklari — uy t-rasida plastikligi va oksidlanishga qarshiligi pastligi. Volfram qotishmalaribuyumlari va yarim fabrikatlari, asosan, kukun metallurgiyasi metodida, kamdan-kam vakuum-yoy va elektron-nur pechlarida eritib, keyin deformasiyalab olinadi. Yadro energetikasi, kosmonavtika, elektrotexnika, elektronika va boshqalarda ishlatiladi. Molibden qotishmalari(molibdenovie splavi)— volfram, reniy, sirkoniy, titan, niobiy, uglerod va boshqa elementlar qo’shilgan molibden asosidagi qotishmalar. Konstruksiey, issiqbardosh molibden qotishmalariichida molibdenning titan (0,5%), sirkoniy (0,08%) va uglerod (0,02%) qo’shilgan qotishmasi mashhur. Molibden qotishmalaridan tayyorlangan detallar vakuumda 1800°S gacha t-rada uzoq vaqt, himoya qoplamabilan havoda 1200—2000°Sda ma’lum vaqt ishlashi mumkin. Molibden qotishmalariraketa va boshqa uchish apparatlarining muhim detallarini ishlab chiqarishda, yadro energetikasi, elektronika va texnikaning boshqa sohalarida ishlatiladi. Molibden qotishmalarining asosiy afzalligi — issiqbardoshligi yuqori, kamchiligi — olovbardoshligi va plastikligi past bo’ladi. Molibdenlash(molibdenirovanie)— po’lat, titan, niobiy va boshqa metall materiallaridan tayyorlangan buyumlar sirtida molibden qoplamasi hosil qilish. Molibdenlash buyumlar qattiqligi, sirt mu stavkamligi, azot k-tasiga korroziyabardoshligini oshiradi, qo’shimcha silisiylanganda esa yuqori t-ralarda olovbardoshligi oshadi. Molibdenlashdiffuznoy metallash usuli bilan bajariladi. Tantal qotishmalari (tantalovie splavi)— niobiy, volfram, sirkoniy, gafniy va boshqa elementlar qo’shilgan tantal asosidagi qotishmalar. Agressiv va suyuq metall muhitlarida olovbardoshligi va korroziyabardoshligi yuqori bo’lgan materiallar. Raketa soplolari, reaktiv dvigatel detallari, elektr vakuum asboblar va boshqa tayyorlashda ishlatiladi. Sirkoniy qotishmalari(sirkonievie splavi)— sirkoniy asosidagi qurg’oshin. temir. xrom, nikel va boshqa elementlar qotishmalari. Issiqlik neytron-larini kam ushlab qolishi, 500—600°S da etarli mustahkamlikka egaligi, yuqori t-ralarda suv, ishqoriy va ba’zi k-tali muhitlarda korroziyaga ancha chidamliligi bilan farq qiladi. Sirkoniy qotishmalarixususan, yadro energetikasida ishlatiladi. Niobiy qotishmalar(niobievie splavi)— niobiyga molibden, volfram, sirkoniy, titan, vanadiy va boshqa elementlar qo’shib olingan qotishmalar. Issiq-bardoshligi yuqori, etarlicha texnologik ishlanadi, agressiv muhitlar va suyuq metallar korroziyalari ta’siriga chidamli. Ba’zi niobiy qotishmalario’ta elektr o’tkazuvchan. Niobiyqotishmalari olovbardoshligi past bo’lib yuqori t-ralarda uzoq muddat ishlashi uchun unga ximoya qoplamasi kerak. Yadro energetikasi, kimyo sanoatida, raketa va KA lar detallarini tayyorlashda ishlatiladi. Uran qotishmalari (uranovie splavi)— tarkibida molibden, sirkoniy, alyuminiy, niobiy, xrom, tetan, kremniy bo’lgan uran asosidagi qotishmalar. Uran qotishmalari sof uranga nisbatan (yadro reaktori ish sharoitida) mustahkam, korroziya bardoshligi yuqori va o’lchamlarining o’zgarmasligi bilan farq qiladi; yadro reaktorlar uran qotishmalaridan issiqlik ajratish elementlarining o’zaklari tayyorlanadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling