Metallurgiya jarayonlarning turlari va asosiy xarakteristikalari Reja


-rasm. Vanyukov pechining ko‘ndalang yon kesimi


Download 223.49 Kb.
bet3/5
Sana09.04.2023
Hajmi223.49 Kb.
#1347233
1   2   3   4   5
2-rasm. Vanyukov pechining ko‘ndalang yon kesimi.

  1. Xomashyo 5.Furma

  2. Toshqol 6.Mo‘ri

  3. Shteyn 7.Xampa

  4. Zarra harakati 8.Tuynuk

Kessonlar zichligi o‘ta yuqori bo‘lgan misdan tayyorlangan. Texno­logik gazlar kessonlangan shaxtadan chiqariladi. Shaxtada ajralish davri­ga chiq­qan oltingugurt qisman yondiriladi. Gazlar qozon-sovut­kichlarda sovu­tilib, chang­­­­dan tozalanib, sulfat kislotasi olishga yuboriladi. “Norilsk – Nikel” OAJ va “Balxash mis” sanoat birlashmasi kombinat­larida ishlab turgan pechlar­ning texnik-iqtisodiy tavsiflari 1-jad­valda keltiril­gan.
VP konstruksiyasining issiqlikni doimiy ushlab turish imko­niyati katta. Haroratning maksimal qiymati aynan furma yonida ko‘tari­ladi, kislorodning yuqori sarfi, haroratning ortishiga olib keladi. Kessonlar yonida eng past harorat bo‘limlarda bo‘ladi. Xomashyo yuklana­digan joyida ham harorat yanada pasayadi.
1-jadval
Vanyukov pechining ayrim texnik ko‘rsatkichlari






Norilsk

Balxash

1.

Xomashyo bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi, t/(m. sut)

80

80

2.

Furma kesimida pechning eni, m

2,5

2,3

3.

Shteyn vannasining balandligi, m

0,5

0,49

4.

Toshqol vannasining balandligi, m

1,1

1,2

5.

Eritmalarning umumiy balandligi, m

2,4

2,6

6.

Kislorodning havo bilan boyitilish
darajasi, %

64–65

65–75

7.

1t boyitma uchun kislorodning sarfi, m3

140–300

140–300

8.

Pechning foydali ish darajasi, %

97

84

9.

Misning miqdori, % ;










a) shteynda

45–50

44–47




v) toshqolda

0,6

0,5–0,74

10.

SO2 ning gazdagi miqdori, %

20–35

24–30

11.

Gazning changlik darajasi, g/m3

1,5–2

2–3

12.

Changning ajralib chiqishi,
xomashyoga nisbatan, %







-

1,1

13.

Misning ajratib olinishi, %

97,3

97,1

14.

Nodir metallarning ajratib olinishi

99

99

Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, VP jarayoni oldingi ko‘rilgan texnologiyalardan ancha afzalroqdir.
Hozirgi paytda Vanyukov jarayoni yallig‘ pechda eritish jarayoni o‘rnida qo‘llanilmoqda. Norilsk va Balxash tog‘-metallurgiya kombinat­larida jarayon to‘la tatbiq etilgan. Pechning xomashyosiga boyitma, flus va qattiq aylanuvchi moddalar kiradi. Xomashyoning umumiy namligi 6–8%. Pechga suyuq konverter toshqol quyish mumkin. Xomashyo pechning yuqori qis­mi­dan vannadagi eritmaga yuklanadi. Shteyn va toshqol pechning qarama-qarshi tomonlaridan, sifon orqali chiqariladi. 2-jadvalda 100 kg xomashyo uchun Vanyukov pechining issiqlik balansi keltirilgan.
Issiqlikning katta hajmi oltingugurtni eritmada yoqish dav­rida ajralib chiqadi. Oltingugurt yuqori darajali sulfidlarning ajralish jarayonida paydo bo‘ladi. Gaz hajmidagi yuqori haroratlar bunga ko‘mak beradi. Shuning uchun xomashyo pechga yuklanishi uzluksiz oqim bilan berilishi kerak.

Download 223.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling