Metallurgiya jarayonlarning turlari va asosiy xarakteristikalari Reja


Download 223.49 Kb.
bet2/5
Sana09.04.2023
Hajmi223.49 Kb.
#1347233
1   2   3   4   5
1-rasm. Vanyukov pechi
Sulfidli shixta tarkibidagi kvarsli flus toshqolda tez eriydi, tosh­qol­ning hosil bo‘lish tezligini nihoyatda orttirib yuboradi.
Jarayonda tomchilar oralig‘idagi kolessensiya (ya’ni energiya siste­ma­sining kamayishi bilan suyuq va qattiq fazalardagi hajmlarning o‘z-o‘zidan birikishi) shteyn tomchilarini o‘rtachalashtiradi. Demakki, pechning eng ostki qismidagi shteyn tarkibidagi mis shteyn bo‘limining ustki qismiga nisbatan bor-yo‘g‘i 3–5% gina farq qilishi mumkin.
Shteyn tarkibidagi misning ortishi bilan boshqa pechlardagidek, toshqol tarkibidagi mis tarkibi ham ortib boradi, biroq juda kam miq­dorda, ya’ni 45–50% misli shteyn olinganda, toshqoldagi mis 0,5–0,6% dan deyarli ortmaydi. Vanyukov pechida nafaqat misli xomashyo, balki mis-nikel­li klinkerning mis shixtasini ham birdek eritib, rejalashtirilgan holda, kerakli tarkibda misli shteyn, sulfat kislota olishga mo‘ljal­langan sulfid va sulfat angidridli tex­nologik gaz olish mumkin.
Vanyukov pechida har qanday misli mahsulotlar yoki ashyolarni eritib, undan misga boy shteyn olish mumkin. Shuning uchun ham ushbu riso­laning oldingi boblarida ko‘rsatilganidek, metallurgik hisob yo‘li bilan ashyolar tengligi hisoblanadi. Hozirgi kunda “Olmaliq TMK” OAJdagi YaQE va KME pechlarida Olmaliq rux zavodining misli klin­kerlari qayta ishlanmoqda. Shu­ning­dek, boshqa barcha eritish zavodlarida ham misli, tarkibida qimmatbaho ma’dani bor klinkerlar Vanyukov pechida qayta ishlanib, qo‘shimcha mis va nodir metallar olinmoqda. Shuning uchun ham Vanyukov pechining metal­lurgik hisobida klinkerning ratsional tarkibini yechish orqali texnologik hisobni boshlaymiz.
Suyuq vannada eritish jarayoni (VP)
Zamonaviy, yuqori samaradorli avtogen jarayonlardan biri – suyuq vanna­da sulfid mis boyitmasini eritishdir. Jarayonning avvalgi nomi PJV (Suyuq vannada eritish), Moskva texnologik universitetining (ilgarigi Moskva po‘lat qotishmalar instituti) “Og‘ir rangli metallar metal­lurgiyasi” kafedrasi mudiri professor A.V.Vanyukov tomonidan 1951-yil mualliflik guvohnomasi bilan himoya qilingan tadqiqotni sinov­dan o‘tkazib, uzoq yillar ilmiy izlanish olib bordi. Ushbu avtogen jarayoni professor Vanyukov boshchiligida yaratilgan va ko‘p davlatlarda tatbiq etilgan.
Jarayonning mohiyati sulfidlarni toshqol eritmasida, kislorod yoki kislorodga boyitilgan havo oqimida yondirishdan iboratdir. Jarayon kesson­langan shaxtali pechda, eritmaning pastdan yuqoriga qarab ko‘tarili­shi sharoitida amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda VP jarayoni yallig‘ pechda eritish o‘rnida qo‘lla­nilmoqda. Norilsk va Balxash tog‘-metallurgiya kombinatlarida jarayon to‘la tatbiq etilgan. Pechning xomashyosiga boyitma, flus va qattiq aylanuvchan moddalar kiradi. Xomashyoning umumiy namligi 6–8 %. Pechga suyuq konverter tosh­qolini quyish mumkin. Xomashyo pechning yuqori qismidan vannadagi eritmaga yuklanadi. Shteyn va toshqol pechning qarama-qarshi tomonlaridan, sifon orqali chiqariladi.
Vanyukov pechining ko‘ndalang kesimi 2-rasmda keltirilgan.



Download 223.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling