«Metallurgiya» kafedrasi «Metallurgik jarayonlarda issiqlik va massa almashinuvi»
Download 162 Kb.
|
«Metallurgiya» kafedrasi «Metallurgik jarayonlarda issiqlik va m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Nikel oksidini eritish uchun elektr pechi hisobi. Bajardi: 1d-19 « МЕТ » Begaliyev D. Qabul qildi: Xaydaraliyev X.
- 1.1Elektr pechining o’ziga xosliklari……………………………….5 1.2 Nikel konsentratlarini elektr eritish…………………………….9
- 2.2Material balans……………………………………………………12 2.3 Issiqlik balansi………………………………………………….....16 III.Asosiy qurilmani tanlsh va xisoblash……………………………18
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI « Metallurgiya » kafedrasi « Metallurgik jarayonlarda issiqlik va massa almashinuvi » fanidan Kurs ishi Mavzu: Nikel oksidini eritish uchun elektr pechi hisobi. Bajardi: 1d-19 « МЕТ » Begaliyev D. Qabul qildi: Xaydaraliyev X. Olmaliq 2021. Mundarija Kirish…………………………………………………………………3 I.Jarayon nazariyasi…………………………………………………5 1.1Elektr pechining o’ziga xosliklari……………………………….5 1.2 Nikel konsentratlarini elektr eritish…………………………….9 1.3 Nikel konsentratlarini elektr pechlarida eritish amaliyotining komyoviy xossalari………………………………………………………………11 II.Texnologik xisoblar…………………………………………….....12 2.2Material balans……………………………………………………12 2.3 Issiqlik balansi………………………………………………….....16 III.Asosiy qurilmani tanlsh va xisoblash……………………………18 IV.Texnika xavfsizligi…………………………………………….......19 Xulosa…………………………………………………………………..20 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….22 Kirish Nikel metallurgiyasida ancha ommalashgan shlak qatlami bo’ylab o’tadigan tok hisobiga issiqlik ajralishiga asoslangan ruda-termik pechlari yuqori solishtirma qarshiligiga egaligi bilan ajralib turadi. Bunday pechlar sulfidli, nikel rudalarini qayta ishlashlashga, yuqori miqdorda kremnezemga ega bo’lgan nikel kontsentratlarini eritishda shlaklarni elektrotermik birlashtirish jarayonlarida qo’llaniladi. Elektr pechlarida bo’laklangan va kuydirilmagan shixta shlakda eritiladi. yangi shixtani yuklashda uning ma’lum bir qismi eritmaga yuklanadi, bu namligi bo’lgan shixta qo’llanishiga to’liq barham beradi. Sovuq nam shixtani eritmaga yuklashda unda har toarafidan shlak bo’laklari muzlashi kuzatiladi. Yopiq sig’imda shixtani qizdirish(issitish)da suv bug’lanib chiqa boshlaydi va uning bug’lari bosimi portlash yuz bermaguncha ortib boraveradi. Ayniqsa, nomuvozanat holatda berilgan shixta og’ishi tufayli uning ag’darilib ketishi holati xavflidir. Bu sababli ham elektr eritishdan oldin shixta obdon quritilishi zarur bo’ladi.Ammo lekin, tarkibi boy bo’lgan kontsentratlarni eritishda chegaralanib qo’yishi maqsadga muvofiq bo’ladi.Chunki elektr pechida desulfirizatsiya ancha kam(past), kambag’al kontsentratlarni eritishda ko’p miqdorda kambag’al shteynlar yuzaga keladi, bu o’z navbatida konvertorlarga yuklanadi bu esa konvertorlashga sarf-harajatlarni oshirib yuboradi. Shu sababli ham kontsentratlar eritilishdan oldin ko’pincha kuydirilishga jalb qilinadi. Ammo lekin, boy kontsentratlarni eritishda faqat quritish bilan kifoyalanish mumkin.. Shu sababli ham elektr eritishdan oldin qaynovchi qatlamda kuydirish, aglomeratli kuydirish yoki donabaylarni kuydirish va keyin quritishga jalb etiladi.Nikel ishlab chiqarish sanoatida shixtani elektr pechlarida eritishga tayyorlash uchun qaynovchi qatlam pechlarida kuydirish qo’llaniladi xolos.Qaynovchi qatlamda kuydirish anchayin oddiy(sodda), yuqori ishlab chiqarish samaradorligiga ega, ammo lekin uning qo’llanishi metallarning shlaklar bilan yuqori miqdorda yo’qotilishi bilan kechadi, bu esa maqsadga muvofiq emas albatta.Elektr quyishning printsipial farqli jihati shundaki, pechdagi shixta shlakli eritma bo’ylab o’tkazilgan elektr tokidan ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga eriydi. Eritishdan oldin xom-ashyo quritilishi talab qilinadi.Nikel xom-ashyosini eritish uchun o’z-o’zidan toblab boruvchi diametri 1,2 m bo’lgan olti elektrodli pechlar qo’llaniladi. Pechning ichki tomoni eni-5,5-8,0m,uzunligi 20-28m,balandligi 4,0-5,5 m. Elektr pechi transformatorining quvvati 32 dan 60 mVt gacha. Pechning quvvatiga qarab bir sutkada 1500 t gacha shixtani eritish mumkin.Shixtani yuklash pech svodidagi tuynuk orqali amalga oshiriladi. Shteyn va shlak pechning qarama-qarshi tomonlariga joylashtirilgan shpurli tuynuklari orqali chiqarib boriladi. Shlak vannasining balandligi 18 metrgacha yetadi, shteynniki esa 0,6-0,8 m.Elektr pechlarining solishtirma ishlab chiqarish quvvatlari yallig’-qaytarish pechlariga nisbatan yuqori va 13t/m sutkasigacha etishi mumkin. Pech svodi ostidagi harorat 550-6000C,chiquvchi gazlar hajmi uncha yuqori emas. Gazlar sulfat kislotasi sexida qayta ishlatilishga yaroqli bo’lgan 6-8% gacha SO2 tarkibiga ega bo’ladi. Elektr pechlarining foydali issiqlik koeffitsenti 70% dan kam emas; tokli yuklanma hisobiga eritilishning harorati(tempraturasi)ni muvofiqlashtirib borish oson, o’z navbatida minimal miqdorda flyuslar qo’shgan holda qiyin eriydigan shixtalarni qayta ishlash imkoniyati yuzaga keladi. Yakunida elektr eritish uchun shlakning uncha ko’p bo’lmagan miqdorlarda chiqishi va ular bilan metallarning yo’qotilishi absalyut darajada kamayishi bilan xususiyatlanadi.Mis-nikel kontsentratlarini elektr eritishda elektr energiyasining sarfi ular(kontsentrat)ning tarkibi va namligiga bog’liq holda 380 dan 550 kVt-s shixta miqdorida nisbiydir. Elektrpechlarini qiyin eriydigan kontsentratlar,nikelga boy va oltingugurtga kambag’al rudalar uchun va arzon elektr energiyasi mavjud bo’lgan rayonlarda qo’llash maqsadga muvofiq.Nikel ishlab chiqarishda elektr eritishning ulushi 5% dan oshmaydi. Download 162 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling