Metallurgiya kafedrasi


Download 487.16 Kb.
bet7/17
Sana21.04.2023
Hajmi487.16 Kb.
#1375225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Tajriba

Nazorat uchun savollar:

  1. Yanchish deb nimaga aytiladi?

  2. Yanchish va maydalash jarayonlari bir-biridan nima bilan farqlanadi?

  3. Tegirmonning ishlash tartibi.

  4. Tegirmonning turlari.

  5. Tegirmonning kritik aylanish tezligi.

  6. Tegirmonning to’ldirish darajasi.

  7. Yanchish sxemalari.


Laboratoriya ishi № 4
Na’munalarni qisqartirish usuli bilan rudalarning granulometrik tarkibini aniqlash
Ishdan maqsad: Rudaning qumoqlilik, kimyoviy va mineral tarkibini aniqlash uchun undan Na’muna olish usullarini o’rganish.
Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy mahlumotlar
Ko’pchilik foydali qazilma konlari bir jinsli emas va bahzan turli xil texnologik sxema va boyitish usullarini qo’llashni talab qiladigan xilma–xil rudalarni saqlaydi. Masalan, oksidli va sulgpfidli rudalar, yaxlit va sochma sulgpfidli rudalar har xil yanchish darajalarini flotatsiya usullarini va h.k. larni talab qiladi. Undan tashqari boyitish fabrikasiga ruda har xil kimyoviy, mineralogik va granulometrik tarkibga ega turli konlardan kelib tushadi.
Boyitish jarayonini uzluksiz, yagona texnologik tartibda o’tkazish va mahlum tarkibga ega mahsulot olish maqsadida turli xil rudalar turli nisbatda aralashtiriladi.
Na’muna deb mahsulotning umumiy massasidan olingan va shu mahsulotning hamma xossalari masalan, komponentlarning miqdori, granulometrik tarkibi, fizik xossalari, boyitiluvchanlik kabi xossalarini o’zida saqlovchi miqdoriga aytiladi. Ishlatiladigan maqsadiga qarab Na’munalar bir necha turlarga bo’linadi.

  1. Kimyoviy-mahsulotdagi elementlarning miqdorini aniqlash uchun;

  2. Mineralogik–mahsulotning moddiy tarkibi, struktura tuzilishi; teksturasi, minerallarning assotsiatsiyalanish xususiyatlari, kristallarning o’lchami, va h.k. larni o’rganish uchun;

  3. Granulometrik – elash orqali va sedimentatsion taxlil uchun;

  4. Texnologik–berilgan mahsulotni boyitiluvchanlikka moyilligini o’rganish va texnologik sxemani tanlash uchun.

Na’munalar konning o’zidan, chiqindilar to’dasidan, vagonetkalardan, boyitish fabrikalarida maydalashning oxirgi bosqichidan turli xil usullar bilan olinishi mumkin.
Har qaysi Na’muna Na’muna olingan joyi, usuli, sanasi, taxlillar natijasi keltirilgan pasportga ega bo’lishi kerak.
Na’munaning minimal miqdori quyidagilarga bog’liq, bo’laklarning o’lchami va shakli, mineralning zichligi, maqsadi, qimmatbaho komponentning miqdori va x.k. Na’munaning massasi quyidagi empirik formula bilan aniqlanadi.
, kg (5.1)
bu yerda: d – eng katta zarrachaning o’lchami, mm.
k – empirik koeffitsient ( 0,1 – 3,0)
kimyoviy tahlil uchun Na’munaning massasi:
; kg (5.2)
bu yerda: d – zarrachaning o’rtacha diametri, mm.
n – tajribalar soni.
t – ctgpyudentning taqsimlanishi, quyidagi formuladan aniqlanadi.
(5.3)
- tahlilning nisbiy xatoligi, %
- qimmatbaho komponentning miqdori, %
- maxsulotning o’rtacha zichligi, g/sm3
S2dispersiya
(5.4)
Mineralogik tahlil uchun
(5.5)
bu yerda: - aniqlanuvchi mineralning hajmiy miqdori.
m – mineralogik tahlilning nisbiy xatoligi.
Amaldagi, masalan oltin ajratish fabrikalarida aralashtirish va Na’muna olish yagona, umumiy qabul qilingan sxema bo’yicha amalga oshiriladi.
Bir xil turdagi mahsulot olish uchun Na’muna qisqartirishdan oldin aralashtiriladi. Na’munani xalqa, konus va dumalatish usullari bilan aralashtiriladi.

Na’muna qutichadan belkurak yoki xokandoz yordamida konus shaklida bitta to’daga o’tkaziladi. Bunda har qaysi belkurakdagi mahsulot konusning uchiga tushishi kerak, konusning dastlabki o’qdan og’ishiga yo’l qo’ymaslik krak. Konus sepilayotgan vaqtda o’q bir tarafga ozgina og’sa ham, mayda mahsulot bir tarafda yig’ilib qoladi. Konus o’qining holatini saqlashning eng yaxshi usuli mahsulotni voronka orqali sepishdir. Rudadan tashkil topgan konus uning uchiga taxta bilan aylantirib bosib, dumaloq diskka aylantiriladi. Keyin mahsulot gardishning ichki qismi (markaz)dan boshlab, belkurak yoki xokandoz yordamida tashqariga to xalqa hosil bo’lgunga qadar otiladi. Keyingi operatsiya mahsulotni xalqadan yana xalqa ichidagi konusga aylantirishdir. Mayda mahsulot sidirib olinib, konus uchiga sepiladi.


Na’munani xalqa va konus usulida aralashtirish odatda 2-3 marta o’tkaziladi.
Na’munani dumalatish usulida aralashtirish shundan iboratki, kvadrat shaklidagi kleyonka ustiga joylashtirilgan mahsulot kleyonkaning ikki qarama-qarshi uchini galma-galdan ko’tarib aralashtiriladi. Qoniqarli tarzda aralashtirish uchun mahsulotni 20–30 marta dumalatish kerak. Bu usul o’lchami 10 mm dan ortiq bo’lmagan 20-30 kg Na’munani aralashtirish uchun qo’llaniladi. Mayda mahsulot uchun elash usuli bilan aralashtirish samaraliroqdir.
Na’munani qisqartirishning asosiy usullari yarim doira usuli, shaxmat usuli va qisqartirgichlar yordamida qisqartirish usullaridir.
Yarim doira usulida qisqartirish Na’munani xalqa va konus usulida aralashtirishdan keyin ishlatiladi. Aralashtirish natijasida olingan konus taxta yordamida to’garakka aylantirilgandan keyin to’garak markazidan o’tgan ikkita o’zaro perpendikulyar chiziqlar yordamida 4 ta teng qismlarga bo’linadi. Na’muna uchun istalgan qarama-qarshi chorak olinadi. Olingan Na’muna yana aralashtirilib, yana 2 marta qisqartiriladi. Qisqartirish Na’munaning minimal massasi olinguncha davom etadi.

SHaxmat usulida Na’muna olishda aralashtirilgan mahsulot tekis yuzasi ustiga chizg’ich yoki yupqa taxtacha yordamida kvadratlar chiziladi. Keyin shaxmat shaklida chizilgan har qaysi kvadratdan kurakcha yordamida mahsulot olib, Na’muna hosil qilinadi. Kurakchani mahsulot qatlamining tubigacha vertikal tarzda botirish kerak.


SHaxmat usulida Na’muna olish 8-10mm dan mayda va Na’munaning miqdori 15-20kg dan ortiq bo’lmaganda qo’llaniladi. Bu usul texnologik sinovlar va turli xil taxlillar o’tkazish maqsadida Na’muna olish uchun qulay hisoblanadi. Agar kvadratlardan olingan Na’muna miqdori belgilangandan kam bo’lsa, kvadratlarni oralatib yangi portsiya olinadi, ortiqcha bo’lsa, aralashtirib, ortiqchasi qisqartiriladi. Ortiqcha mahsulot dastlabki Na’munaga aralashtirishdan oldin qaytariladi.

Download 487.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling