Metallurgiya kafedrasi
Download 487.16 Kb.
|
Tajriba
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
- Laboratoriya ishi № 3 Yanchish apparatlarda rudalarning yanchilish darajasini aniqlash Ishdan maqsad
Ishni bajarish tartibi
Berilgan rudadan 3 ta bo’lak ajratib olinadi va ularning uzunligi, eni va balandligi o’lchanadi. O’lchash natijalari 3.1 – jadvalga yoziladi. Har qaysi bo’lakning diametri (3.1 –3. 4) formula bo’yicha hisoblanadi va 3.2-jadvalga yoziladi. 3.1 – jadval
Har qaysi bo’laklarning diametri (3.1-3.4) formula buyicha xisoblanadi va 3.2-jadvalga yoziladi. 3.2 – jadval
Nazorat uchun savollar: Maydalash deb nimaga aytiladi? Maydalash darajasi nimani ko’rsatadi? Bo’laklarning o’rtacha diametrini aniqlash nima uchun zarur? Bo’laklarning chiziqli o’lchamini aniqlash usullari. Bo’laklarning diametrini aniqlash usullari. Laboratoriya ishi № 3 Yanchish apparatlarda rudalarning yanchilish darajasini aniqlash Ishdan maqsad: Rudalarning qattiqligini, yanchilish darajasini va yanchuvchi uskunalarning tuzilishini o’rganish. Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy mahlumotlar Yanchish jarayoni rudani boyitishdan oldingi tayyorlash jarayoni hisoblanadi. Boyitish usuliga qarab rudalar 10 – 20 mm dan 0,1 – 0,04 mm yiriklikkacha yanchiladi. Dastlabki va yanchilgan maxsulotlar tarkibidagi eng katta bo’laklarning nisbati yanchish darajasi deb ataladi. Yanchish darajasi chiziqli (i=db/do) va hajmiy (i=vb/vo) yanchish darajalariga bo’linadi. Bu yerda “b” va “o” indekslari boshlang’ich va oxirgi o’lcham va xajmni ko’rsatadi. Amalda eng katta bo’laklarning o’lchami sepiluvchi maxsulot o’tuvchi elak ko’zining o’lchami bilan belgilanadi. Bunda elak ko’zining shakli dastlabki va yanchilish maxsuloti uchun bir xil bo’lishi kerak (dumaloq, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak va x.k.). Rudali jismni kerakli o’lchamgacha maydalash va yanchish ezilish, ishqalanish, zarba, kesilish va h.k. usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ezilish–jismni ikki tarafdan berilayotgan maydalovchi yuza orasida parchalanishi (4.1-rasm, a). Uzilish–jismni maydalovchi yuza tig’lari tahsirida bo’laklarga parchalanishi (4.1-rasm, b). Ishqalanish–jismni bir–biriga qarama–qarshi harakatlanuvchi ikki maydalovchi yuza orasida parchalanishi (4.1-rasm, s). Zarba–jismni qisqa tahsir etuvchi dinamik kuch tahsirida parchalanishi. Bunday parchalanishning tahsiri zarba kuchining kinetik energiyasiga bog’liq. Zarba siqiq va erkin zarbaga bo’linadi. Siqiq zarbada jism ikkita maydalovchi yuza orasida parchalanadi. (4.1-rasm, j). Erkin zarbada jismning parchalanishi uni tegirmonning ishchi organi bilan yoki boshqa jism to’qnashuvi natijasida (4.1-rasm, z) yuz beradi. Sanoatda maydalash uchun “ezilish” usuli bo’yicha ishlovchi jag’li maydalagichlar, “ezilish va ishqalanish” bo’yicha ishlovchi konusli maydalagichlar; yanchish uchun “siqiq zarba” usuli bo’yicha ishlovchi sharli tegirmonlar, “erkin zarba” usuli bo’yicha ishlovchi o’ziyanchuvchi tegirmonlar va h.k.lar ishlatiladi. Download 487.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling