Metallurgiya kafedrasi


Kerakli asbob va maxsulotlar


Download 487.16 Kb.
bet8/17
Sana21.04.2023
Hajmi487.16 Kb.
#1375225
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Tajriba

Kerakli asbob va maxsulotlar:

  1. 1mm gacha yanchilgan ruda: 4-8 kg.

  2. Kleyonka:

  3. Taxtacha yoki chizgich:

  4. Kurakcha – shpatelgp

  5. paket qog’ozchalar

  6. Texnik tarozi (toshlari bilan)

Ishni bajarish tartibi
Voronka yordamida 4 kg Na’munani toza va tekis kleyonka yuzasiga konus shaklida yoyamiz, kleyonkaning ikki qarama-qarshi chetini ko’tarib 3-4 marta aralashtiramiz. Tekis taxtacha yoki chizg’ich yordamida maxsulotni tekislab yoyib, bir-biriga perpendikulyar chiziqlar yordamida Na’munani 4 ga bo’lamiz. Xar biri 1kg dan 4 ta Na’muna xosil buladi. So’ngra 1 kg Na’muna klyonka ustiga to’kilib, 15-20 marta kleyonkaning uchini ko’tarib aralashtiradi. Keyin Na’muna yupqa qilib yoyilib, uning ustiga bironta uchli narsa bilan shaxmat taxtasi shakli chiziladi va xar qaysi bo’limdan kurakcha yoki shpatelgp yordamida Na’muna olinadi. Olingan Na’muna qog’oz paketchalarga joylanadi. paket ustiga Na’munaning pasporti yoziladi: rudaning nomi, yanchish usuli va darajasi, Na’muna olingan vakti, og’irligi, agar mahlum bo’lsa Na’munaning kimyoviy tarkibi, Na’muna olgan talabaning familiyasi va ismi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Na’muna olish va uni o’rtachalashtirishning vazifalari.

  2. Vakil Na’muna deb nimaga aytiladi?

  3. Na’munaning turlari.

  4. Na’muna olish joylari.

  5. Kondan Na’muna olish usullari.

  6. Na’munani aralashtirish usullari.

  7. Na’munani qisqartirish usullari.

  8. Na’munaning pasporti qanday tuziladi?

  9. Na’munaning minimal miqdorini aniqlash.

  10. Na’munani laboratoriya tadqiqotlariga tayyorlashning printsipial sxemasi.

Laboratoriya ishi № 5
Rudalarni magnitli separatorlarda boyitish jarayonini o’rganish
Magnit separatorining turini tanlash asosan kontsentratga ajraluvchi minerallarning magnitlanish xususiyatiga, dastlabki mahsulotning yirikligiga, separatsiya amalga oshiriladigan muxitga (quruq yoki ho’l), hamda boyitish mahsulotiga qo’yiladigan talablarga bog’liq.
Magnit separatorlarining asosiy turlari va ularning ishlatish soxalari 12-jadvalda keltirilgan.
Separatorlarning ishlab chiqarish unumdorligini aniqlash kontsentratga ajraluvchi minerallarning magnit xususiyatiga, dastlabki mahsulotning yirikligiga , boyitish mahsulotlarining sifatiga qo’yiladigan talablarga va separator turiga bog’liq. Solishtirma yukning ruxsat etiladigan meyorlari tajriba yo’li bilan aniqlanadi.
Kuchli magnitli rudalarni quruq separatsiyalash uchun separatorlarning ishlab chiqarish unumdorligi taxminan quyidagi formuladan aniqlanadi.

Bu yerda Q – dastlabki mahsulot bo’yicha ishlab chiqarish unumdorligi, t/soat.
n – asosiy separatsiya uchun barabanlar soni,
L – baraban uzunligi;
V – asosiy (bosh) barabanda materialning harakatlanish tezligi(V=1m/sek);
δ – rudaning zichligi, t/m3
d1 va d2 dastlabki mahsulotdagi eng kichik va eng katta zarrachaning o’lchami (klassifikatsiyalangan mahsulot tushganda d1=0,01 d2 deb qabul qilinadi);
a-dastlabki mahsulotning yirikligiga bog’liq koeffitsient (17-jadval).
v- chiqindini tozalash barabanlari soni va asosiy barabanlar soni orasidagi nisbatga bog’liq koeffitsient (18-jadval).
Shunday qilib, quruq separatsiyalash magnit separatorlari empirik koeffitsientlar bilan tuzatilgan ishlab chiqarish unumdorligini nazariy formulalari orqali hisoblanadi. Bosh barabanda chiqindini tozalash operatsiyasi mavjud bo’lsa, boyroq chiqindi olish mumkin. Bu holda ishlab chiqarish unumdorligini va bosh baraban aylanish tezligini oshirish kerak. Shunday qilib, v koeffitsienti bosh baraban chiqindilari sifatiga qo’yiladigan talablarni hisobga oladi.
Kuchli magnitli rudalarni ho’l usulda separatsiyalovchi separatorlarning ishlab chiqarish unumdorligi tahminlagichning 1m kengligiga to’g’ri keluvchi solishtirma yukning meyorlari asosida hisoblanadi.. Hisoblash quyidagi formula orqali olib boriladi.

bu yerda: Q- separatorning dastlabki quruq mahsulot bo’yicha ishlab chiqarish unumdorligi, t/soat; q- solishtirma yuk,t/m soat; n separatordagi bosh barabanlar soni; L- xar kaysi barabanning uzunligi, m.
17-jadval
Formuladagi a koeffitsientining qiymati, V=1m/sek

Dastlabki mahsulotning yirikligi, mm

10-0

20-0

30-0

40-0 dan
60-0 gacha

10-5

20-6

30-6

40-6 dan
60-6 gacha

a ning qiymati

2,5

1,5

1,1

1,0

1,2

0,75

0,65

0,6

18-jadval
Formuladagi v koeffitsientining qiymati

Chiqindilarni tozalash uchun ishlatiladigan barabanlar sonining asosiy barabanlar soniga nisbati

0:1

1:2

1:1

2:2

v koeffitsientining qiymati

1,0

1,25

1,5

1,5

Shishali qumlarni, kerakli mahsulotlarni va abraziv zarrachalarni temirsizlantirish uchun valokli separator ishlatiladi. Kamyob metallar kontsentratlarining sifatini meyorga yetkazish va qora metallar kuchsiz magnitli rudalarini boyitish uchun nisbatan samaraliroq va arzonroq hisoblanuvchi valokli separatorlarni qo’llash kerak. Diskli separatorlar valokli separatorlarga nisbatan kamroq iqtisodiy samaradorlikka ega.
Kuchsiz magnitli rudalar uchun separatorlarning ishlab chiqarish unumdorligi amaliy mahlumotlar va kataloglardan olinadi.

Download 487.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling