Металлургия саноатини ташкил этиш


Download 0.72 Mb.
bet3/51
Sana02.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#185213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
умумий мет Lotin

Nazorat uchun savollar:

  1. Metallurgiya sohasi qaysi sohalar bilan bog‘liq?

  2. Ilk metallar qaysi usullar bilan olina boshlangan?

  3. Qadiman qaysi metallar ma’lum bo‘lgan?


2- Ma’ruza:

metallar VA ULARNING sIniflanishi. METALLAR OLISH UCHUN XOM ASHYO.
Reja:
1. Metallarni kristall panjaralarini tuzilishi.

2. Metallarni sinflanishining mohiyati.

3. Metallarni xalq xo‘jaligidagi roli.
D.I.Mendeleevning elementlar davriy sistemasidagi ma’lum bo‘lgan 109 elementdan 80 ga yaqini metallik xususiyatlarga ega. Metallik holatini metall yaltiroqligi va shaffofligi, yuqori issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi, egiluvchanligi, kristall tuzilishi, och va to‘q kulrang kabi ranglari umumiy xususiyatlarini belgilaydi. Bundan tashqari tipik metallar uchun elektr o‘tkazuvchanlikni haroratga bog‘liqligi: harorat oshishi bilan elektr o‘tkazuvchanligi kamayishi kabi umumiy xusususiyatlar mavjud.

Metallarning ko‘pchilik xususiyatlari metallik tuzilishida erkin elektron bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Metallik tuzilmasida neytral atomlardan tashqari, ionlangan atomlar bo‘ladi, ya’ni ularda ma’lum miqdorda elektronlar bo‘lmaydi. Metallning hamma atomi bir xil ionlanish imkoniyatiga ega va ionlashgan atomlardan neytral atomlarga elektronlarni o‘tishi energiya sarflanmasdan borishi mumkin. Buning natijasida metall panjarada uzluksiz elektron almashinish jarayoni boradi. Bu vaqtda shu payt hech qaysi ma’lum atomlarga tegishli bo‘lmagan ma’lum miqdorda erkin elektronlar bo‘ladi. Atomlarga qaraganda elektronlarning o‘lchami ancha kichik bo‘lishi butun metall panjara bo‘yicha ularni erkin harakat qilish imkonini beradi. Metall panjarada erkin elektronlar bo‘lishi metall xossalarini belgilab beradi.

Elektroximiyada reaksiya borishi natijasida elektronlarni o‘ziga biriktirishga harakat qiladigan metalloidlardan farqli ravishda, elektron berishga moyilligi bo‘lgan elementlarga metall deyiladi. Yuqorida aytilganidek, metallik holatini belgilaydigan muhim xususiyatlardan biri, ularning kristall tuzilishi hisoblanadi. Metall bog‘lanishning mustahkamligi bilan metallning ko‘pgina fizik va mexanik xususiyatlari tushuntiriladi (1- jadval).
1- jadval


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling