Металлургия саноатини ташкил этиш


Download 0.72 Mb.
bet34/51
Sana02.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#185213
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51
Bog'liq
умумий мет Lotin

CHanda tanlab eritish. Sizdirib o‘tqazish usuli bilan tanlab eritish uchun doirasimon yoki tug‘ri to‘rt burchakli idishlar – chandan foydalaniladi (21.1 – rasm).

CHanning tubidan yuqoriroqda temirdan yasalgan panjara o‘rnatiladi. Panjaraning usti mato bilan qoplanadi. Doirasimon chanlarning diametri 12-14 metrgacha, balandligi 2-4 m bo‘ladi. To‘g‘ri to‘rtburchakli channing o‘lchamlari: uzunligi L = 25 m, kengligi B = 15m gacha bo‘lib, ularnig sig‘imi 800 – 900 t. gacha boradi. CHan qattiq ashyo bilan to‘ldirilgandan so‘ng, unga qattiq moddani qoplagunga qadar eritma beriladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng eritma channing pastki qismida o‘rnatilgan jumrak orqali chiqarib yuboriladi. Rudadan metall to‘liq eritmaga o‘tmagan bo‘lsa, chan yangi eritma bilan to‘ldiriladi.

Tanlab eritish tamom bo‘lgandan so‘ng, qattiq faza toza suv bilan bir necha marta chayiladi. Qoldiq channing tubidagi maxsus tuynuk orqali chandan chiqarib yuboriladi. So‘ngra yangi ruda bilan to‘ldiriladi.

CHanda tanlab eritish juda sodda, kamharj va aylanuvchi qismlar yo‘qligi sababli dastgohlarni ta’mirlashga xojat yo‘q jarayondir. Ammo dastgohlar qo‘pol va jarayon uzoq vaqt davom etadi.

Tanlab eritish chaniga solinadigan ruda qatlamining qalinligi (h) uning eritmani o‘tqazish tezligiga qarab olinadi, agar  = 2 sm/soat bo‘lsa h = 0,75 m;  = 3 – 4 sm/soat bo‘lsa h = 1,5 m;  = 7-8 sm/soat bo‘lsa h = 2,2 m;  > 8 sm/soat bo‘lsa h = 2,5 m

CHanning o‘lchamlarini quyidagi tenglamalar orqali aniqlasa bo‘ladi:



channing balandligi m (1);

channing foydali xajmi (2), bu erda q – channing sig‘imi, mV – mahsulotning xajmiy og‘irligi,

channing diametri m.

9-rasm. Tanlab eritish chani



  1. chan; 2 – chan tubining ustidagi panjara; 3 – metall tarkibli eritmalarni chiqaradigan jumrak ; 4 –qoldiqlarni chiqarib tashlash uchun mo‘ljallangan tuynuk; 5 - fundament




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling