Металлургия саноатини ташкил этиш
Download 0.72 Mb.
|
умумий мет Lotin
2 Au + 4NaCN + O2 + 2H2O = 2NaAu(CN)2 + 2NaOH + H2O2 (1)
Sianlash jarayoni tezligi va oltinni eritmaga to‘liq o‘tkazish ko‘pgina omillarga, jumladan, eritmadagi kislorod miqdoriga bog‘liq. Sianlash jarayoni vaqtida kislorod sarf bo‘lib boraveradi, shuning uchun uning eritmadagi miqdorini me’yorida saqlab turish uchun eritma aralashtirilib turiladi. Buning natijasida eritma kislorodga to‘yintiriladi. Oltin va kumushni sorbsiyalash uchun ionitlar ishlatiladi. Ionitlar deb, eritma bilan ta’sirlashuv natijasida eritmadagi musbat yoki manfiy ionlarni o‘ziga yutib, o‘zidan yutgan ioniga teng miqdorda va o‘shanday zaryadli ion chiqaradigan qattiq erimaydigan yuqori molekulyarli birikmalarga aytiladi. Ionalmashinuv xususiyatlarga ega ko‘plab tabiiy va sun’iy birikmalar mavjud. Biroq, amaliy ahamiyat kasb etadiganlari sintetik smola asosli – ionalmashinuv smolalari hisoblanadi. Oltin va kumushni sorbsiyalashda anionitlar ishlatiladi, chunki oltin va kumush sian eritmasi tarkibida Au(CN)2-, Ag(CN)2- ko‘rinishida bo‘ladi. ionogen guruhlar dissotsialanish darajasiga ko‘ra, kuchli asosli va kuchsiz asosli anionitlarga bo‘linadi. Sianlash jarayonida ishlatiladigan anionitlarga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi: nodir metallar bo‘yicha yuqori sig‘imga ega bo‘lish; nodir metallarni sorbsiyali tanlab eritishda anionitning yuqori tanlash qobiliyatli bo‘lishi; oltin va kumushni oson desorbsiyalanishi va anionitni regeneratsiyalanishi; anionitning yuqori kimyoviy va mexanik qattiqlikka ega bo‘lishi. Sianlash jarayonida ionalmashinuv smolalaridan foydalanish bir necha xil usul bilan amalga oshirilishi mumkin: 1) oltinsizlantirilgan rudali faza (qattiq faza) dan ajratilgan sian eritmalaridan oltin va kumushni sorbsiyalash; 2) oltin va kumushni sianlash jarayonidan so‘ng, sian bo‘tanalaridan sorbsiyalash; 3) tanlab eritish vaqtida sianli bo‘tanalardan oltin va kumushni ajratish – sorbsiyali tanlab eritish. Birinchi usul eng oddiy bo‘lib, u sian eritmalaridan oltin va kumushni cho‘ktirib olish uchun rux o‘rniga smolalardan foydalanishni nazarda tutadi. Biroq ionalmashinuv smolalari narxi yuqori bo‘lgani uchun, hozircha arzon va yaxshi o‘zlashtirilgan rux kukuni yordamida cho‘ktirish usuli bilan raqobatlasha olmaydi. Ikkinchi usul bo‘yicha erigan oltin va kumushni aralashtirish qurilmalarida olib borilgan erish jarayoni tugagandan so‘ng, sianli bo‘tanalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sorbsiyalash olib boriladi. Bu jarayon ishlatilganda texnologiyadan eng qimmatli va ko‘p energiya sarf qiladigan filtratsiya jarayoni olib tashlanadi. Kamchiligi sifatida tanlab eritish jarayonining uzoq davom etishi va shunga muvofiq katta hajmli qurilmalar va katta hajmdagi kapital va ekspluatatsiya xarajatlarini keltirish mumkin. Uchinchi usul qisman yoki ayrim hollarda eritish va sorbsiyalash jarayonlarini to‘liq birlashtirish, ya’ni sorbsiyali tanlab eritishdan iborat. Jarayonning afzalliklariga: a) oltin tarkibli eritmalarni ajratib olish uchun ko‘p energiya va xarajat talab qiladigan bo‘tanalarni filtrlash jarayonlarining bo‘lmasligi; b) jarayonning kam vaqt ichida borishi; v) qurilmalarning ixcham joylashtirilishi; g) oltinni ajratib olishning biroz oshishi. Umumiy holda sorbsiyalash jarayoni qo‘yidagi reaksiya orqali ifodalanadi: Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling