Металлургия саноатини ташкил этиш


rasm. Suyuq vannada eritish pechi sxemasi


Download 0.72 Mb.
bet29/51
Sana02.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#185213
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51
Bog'liq
умумий мет Lotin

8 rasm. Suyuq vannada eritish pechi sxemasi.

1-shixta; 2-havo; 3-shteyn; 4-shlak; 5-gazlar; 6-pech qoplamasi; 7-misli qo‘yma kessonlar; 8-furmalar; 9-yuklash voronkasi; 10-apteyk; 11-shteynli sifon; 12-shlakli sifon.

Nazorat uchun savollar:


  1. Ruda deb nimaga aytiladi?

  2. Ruda tarkibi qanday tahlillar yordamida aniqlanadi?

  3. Monometall va polimetall tushunchalarini izohlab bering?



12- Ma’ruza:

RUX ISHLAB CHIQARISHNING XOM ASHYO BAZASI.
reja:
1. Gidrometallurgik usulda qayta ishlashning pirometallurgik qayta ishlashga nisbatan afzalligi.

2. Metall tarkibli mahsulotlarni tanlab eritish va ekstraksiyalash.
Hozirgi kunda oltin saralash fabrikalarida oltin tarkibli rudalarni qayta ishlashda rudaning xususiyati, ularning kimyoviy va mineralogik tarkibi, nodir metallarni shakli va korxonaning texnik-iqtisodiy ishlash sharoitiga bog‘liq holda, o‘zida boyitish, gidrometallurgik, pirometallurgik jarayonlarni mujassamlashtirgan texnologik sxemalar qo‘llanilmoqda.

Ruda va boyitmalardan mayda oltinni ajratib olish uchun ko‘pincha gidrometallurgik jarayon – aralashtirish yoki sizdirib o‘tkazib sianlash ishlatiladi. Zamonaviy korxonalarda bo‘tanalardan oltin va kumushni tanlab eritish uchun aralashtirib sianlash va keyinchalik sian oltin tarkibli eritmadan sementatsiya usuli bilan metall ajratib olish qo‘llanilmoqda.

Bo‘tanalarni an’anaviy filtratsiya – dekantatsiya usulida sianlash jarayoni bir qator kamchiliklarga ega:


  • ayrim xom ashyo turlaridan, misol uchun, tarkibida tabiiy sorbentlar (metallarning ayrim oksid va sulfidlari) bo‘lgan rudalardan, oltin va kumushni to‘liq ajratib olinmasligi;

  • qiyin filtrlanadigan va quyultiriladigan rudalarni qayta ishlashning qiyinligi;

  • filtratsiya qurilmalarini ishlatishning qimmatligi va ko‘p energiya sarflashi;

  • katta ishlab chiqarish maydonini talab qiladigan filtratsiya – quyultirish qurilmalarning yirikligi;

  • tarkibida mis, mыshyak, surma va sulfidli oltingugurt bo‘lgan eritmalardan oltin va kumushni rux bilan sementatsiyalashni qiyinlashuvi;

  • sian eritmalarida oltin va kumush miqdori ko‘p bo‘lganda kekdan erigan oltin va kumushni yuvib olish jarayonining murakkablashuvi;

  • murakkab texnologik sxema bilan qayta ishlashni talab qiladigan past sifatli mahsulot olinishi.

Sanab o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida so‘nggi 30-35 yil davomida ishlab chiqarishga sianlash jarayoni texnologiyasida yangi yo‘nalish – sorbsiyali tanlab eritish tatbiq etilmoqda. Bu yo‘nalish uran gidrometallurgiyasidagi sorbsiyali texnologiya va bir qator kimyo sanoatining ishlab chiqarish jarayonlari ta’siri ostida paydo bo‘ldi va o‘zlashtirildi.

Oltinni sorbsiya usulida ajratib olish, asosini sianlash jarayoni tashkil etgan gidrometallurgik jarayonlardan biri hisoblanadi.

Uning asosiy mohiyati shundan iboratki, tarkibida oltin bo‘lgan yanchilgan rudali mahsulot sian eritmasi bilan ta’sirlashtiriladi, bu ta’sir natijasida oltin ruda tarkibidan eritmaga o‘tadi. Kislorod ishtirokida erish qo‘yidagi reaksiya bo‘yicha boradi:


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling