Металлургия саноатини ташкил этиш
Download 0.72 Mb.
|
умумий мет Lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10 – Ma’ruza: MIS ISHLAB CHIQARISHNING ZAMONAVIY AHVOLI. REJA: 1. Konverterlash jarayoni mahsulotlari.
Nazorat uchun savollar:
YAllig‘ qaytaruvchi pechlarda eritishning asosiy maqsadi? Desulfurizatsiya darajasi deb nimaga aytiladi? YAllig‘ qaytaruvchi pech qanday kamchiliklarga ega? 10 – Ma’ruza: MIS ISHLAB CHIQARISHNING ZAMONAVIY AHVOLI. REJA: 1. Konverterlash jarayoni mahsulotlari. 2. Konverter pechlarini tuzilishi va ishlash prinsipi. 3. Konverterlash jarayoni kimyosi. Qo‘llanilayotgan eritish jarayoniga bog‘liq holda, dastlabki rudali xom ashyo tarkibidagi mis miqdori 10-12% dan 70-75% gacha bo‘lgan mis shteynlari konverterlash jarayoni bilan qayta ishlanadi. Konverterlashga shteyndan tashqari, eritma yoki qattiq holda misga boy qaytarilgan mahsulotlar, kvarsli flyus va boshqa mahsulotlar yuboriladi. Mis shteynlari asosan mis va temir sulfidlaridan iborat bo‘ladi. Konverterlash jarayonining asosiy maqsadi – temir, oltingugurt va boshqa ayrim yo‘ldosh komponentlarni oksidlanishi hisobiga qoramtir mis olishdir. Nodir metallar deyarli to‘liq qoramtir metallda qoladi. Ko‘pgina reaksiyalar ekzotermik bo‘lganligi sababli konverterlash yoqilg‘i talab etmaydi, ya’ni konverterlash avtogen jarayon hisoblanadi. Mis shteynlarini konverterlash ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqich – sulfidli massani to‘plash. Uning asosida temir sulfidlarining oksidlanish jarayoni va buning natijasida hosil bo‘lgan oksidlarni shlakka o‘tkazish yotadi. Birinchi bosqichda temir sulfidlarining oksidlanishiga sabab, temir misga qaraganda kislorod bilan tez ta’sirlashadi. Odatda mis shteynlarini konverterlash 1200-12800S haroratda olib boriladi. Jarayonning past haroratda olib borilishi eritmaga FeO ning qayta oksidlanishi natijasida hosil bo‘lgan magnetit bilan to‘yinishiga olib keladi. O‘ta yuqori haroratda olib borish esa konverterning himoya qatlami tez buzilishiga olib keladi. Konverter shlaklarida mis miqdori odatda 1,5-2,0% bo‘ladi. konverter shlaklarida mis miqdori ko‘p bo‘lganligi sababli, ular jarayonga qaytariladi yoki alohida qayta ishlashga yuboriladi. Konverterlash jarayonining birinchi bosqichi siklik xarakterga ega. Har bir sikl misli suyuq shteyn yuklash, kvarsli flyus yuklash, eritmaga havo purkash, konverterlash shlakini chiqarish kabi operatsiyalardan iborat. Har bir siklning davomiyligi 30-50 minut bo‘lib, dastlabki shteynning tarkibiga bog‘liq holda davom etadi. Har bir havo purkash operatsiyasidan so‘ng, konverterda mis bilan boyigan sulfidli mahsulot qoladi. Mahsulot tarkibida mis miqdori toza mis sulfidi miqdori talabigacha oshirib boriladi. Har bir bosqich davomiyligi, shteyndagi mis miqdoridan tashqari, konverter holati va o‘lchamlari, ishni tashkil etishga bog‘liq holda berilayotgan havo miqdori bilan ham aniqlanadi. Butun vaqtning 70-80 foizi konverterga havo berish uchun sarflanadi. Qolgan vaqt esa shlakni to‘kish va konverterga yuklash uchun ketadi. Birinchi bosqich tugashi va shlakning oxirgi porsiyasi chiqarib yuborilgandan so‘ng, konverterda deyarli toza mis sulfidi – oq shteyn (70-80%Cu) qoladi. Ikkinchi bosqich – oq shteyndan qoramtir mis olish 2-3 soat davomida konverterga uzluksiz ravishda havo berish bilan amalga oshiriladi. Jarayonning ikkinchi bosqichi qo‘yidagi reaksiya orqali ifodalanadi:
Konverterlash jarayonining davomiyligi konverterga purkalayotgan havo hajmiga bog‘liq bo‘lib, uning sarfi o‘z navbatida furmalarning o‘lchami ya’ni furma soni va ularning diametriga bog‘liq. Zamonaviy mis sanoatida sig‘imi mis bo‘yicha 40, 75, 100 tonnali, uzunligi 6-12 m, diametri 3-4 m, furmalar soni 32-62 tali konverterlar ishlatiladi. Gorizontal konverterlar – davriy ravishda ishlaydigan qurilmalar hisoblanadi. Konverterning asosiy ishchi holatlari gorizontal o‘q atrofida aylanish burchagiga bog‘liq holda bo‘lib u shteyn yuklash, shteynni shamollatish, shlakni chiqarish, qoramtir misni chiqarish kabilardan iborat. SHteynni shamollatishda (produvka) hosil bo‘lgan gazlar tuynuk orqali mahkamlangan konverter ustida joylashgan chang to‘plagichga, keyinchalik gaz chiqarib yuborish sistemasiga uzatiladi. Tarkibida 4-4,5% SO2 bo‘lgan konverterlash jarayoni gazlari sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Qoramtir mis tarkibida mis va unga yo‘ldosh elementlarning elektr, mexanik va boshqa xususiyatlarni yomonlashtiruvchi qo‘shimchalar borligi sababli u iste’molchilar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatilmaydi. Hamma qoramtir mislar albatta tozalanishi lozim. Qoramtir mis iqtisodiy samara olish uchun ikki bosqichda o‘tkaziladi. Dastlab mis bir qancha qo‘shimchalardan olovli tozalash usuli bilan, so‘ngra esa elektr usuli bilan tozalanadi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling