Металлургия саноатини ташкил этиш
Download 0.72 Mb.
|
умумий мет Lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Tashlandiq (chiqindi) suvlarni zararsizlantirish.
Nazorat uchun savollar:
Chang va gazlarni atrof muhitga ta’siri? Zararli gazlarning turlari? Chang va gazlarni tutishda qanday uskunalardan foydalaniladi? 8- Ma’ruza: TASHLANDIQ (CHIQINDI) SUVLARNI TOZALASH. REJA: 1. Metallurgiya korxonalarida hosil bo’ladigan tashlandiq suvlar. 2. Tashlandiq (chiqindi) suvlarni zararsizlantirish. Rangli metallar ishlab chiqarish suvni eng ko’p istemol qiladigan sohalardan biri bo’lib hisoblanadi. Suv bo’tanani tayyorlash uchun, pirometallurgik agaregatlarni sovutish uchun, gazlarni tozalashda cho’kmalarni yuvishda, bug’ olishda ko’p ishlatiladi. Shu sababli suvlar zararli birikma ya’ni: metallar bilan, ftor, xlor kabi birikmalar bilan zaralanadi. Suv isroflanishini oldini olish uchun ularni qayta-qayta ishlatish maqsadga muvoffiqdir. Shu maqsadda zavod sharoitida aylanuvchi suv sxemasi ishlab chiqilgan. Masalan: Quyultirishdagi so’nggi olingan suv, yanchishga qaytarib beriladi. Chiqindi suvlar tarkibida bir qancha qimmatbaho foydali komponentlar rux, kadmiy, molibden, reniy va boshqa metallar bo’lib ular ham suv bilan birga yo’qotiladi. Hozirgi vaqtda aylanma suv miqdori 68%ni tashkil qiladi. Dunyoda 130 sanoat ishlab chiqarish korxonasidan 62tasi aylanma suvdan foydalanib uning miqdori 97%ni tahshkil qiladi, 22 tasi esa butunlay o’zidan chiqindi suv chiqarmaydi. Chiqindi suvlarni zarasizlantirishda « suv yuzasini turli xildagi zarali chiqindi suvlardan saqlash qoidalari» ga amal qilish lozim bo’lib, zararli narsalarning ruxsat etilgan oxirgi konsentratsiyasi mavjud REOK(PDK) bo’lib undan oshirmaslik talab qilinadi. Chiqindi suvlardagi zararli komponentlar miqdori OICHF da qo’llananiladigan texnologik sxemaga bog’liq bo’lib, rudalar tarkibiga va jarayonlar har xilligiga bo’g’liqdir. Ko’p hollarda bu ko’rsatgichning ko’tarilib ketishiga olib keladi. Sianid va rodanit ionlari konsentratsiyasi(СN- va СNS-) 200-500, rux 100-200, margumush 20-40, mis 40-50 mg/l bo’ladi. Shu sababdan chiqindilar tashlanishidan oldin zarasizlantiriladi. Chiqindi suvlarni zararsizlantirishning tuli xil usullari mavjud. Ko’pchilik xorijiy zavodlarda chiqindi suvlar sianidning gaz holatidagi kuchli kislotaga o’tkazilishi bilan kechadi. Buning uchun suvdan nordon sulfat kislota bilan qayta ishlanadi yoki oltingugurt bilan pH 2,8-3,5 muhitda qayta ishlanadi. Sinil kislotasi bug’lari ushlab qolinadi va vertikal kalonnalarda ishqor bilan qayta ishlanadi. Olingan sianli eritma jarayonga qaytariladi. Jarayonning afzalligi sianidning ma’lum qismini qayta tiklash imkoni mavjudligidir. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling