Gidrometallurgiya mahsulotlari. Gidrometallurgik jarayonlarning asosiy mahsuloti eritma va kek hisoblanadi.
Eritmalar deb tarkibida erigan birikma va elementlar mavjud bo‘lgan eritish jarayoni mahsulotiga aytiladi. Eritmalarning asosiy xususiyati ularning konsentratsiyasi hisoblanadi.
Kek kukunsimon qattiq mahsulot hisoblanadi. Hosil bo‘lish tabiatiga ko‘ra sanoat keklari ikki xil bo‘ladi:
1. eritilayotgan xom ashyoning erimay qolgan qismi;
2. erigan mahsulotlarni erkin holda yoki erimaydigan kimyoviy birikmalar ko‘rinishida sementatsiya, kimyoviy cho‘ktirish (cho‘kma) mahsulotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |