Металлургия саноатини ташкил этиш
Mayda mahsulotlarni yiriklashtirish
Download 0.72 Mb.
|
умумий мет Lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aglomeratsiya
- Quyultirish.
Mayda mahsulotlarni yiriklashtirish. Mayda mahsulotni yiriklashtirish, briketlash yoki aglomeratsiya bilan amalga oshiriladi.
Briketlash deb mayda va changsimon mahsulotni to‘g‘ri yoki bir xil formali – briketlarga presslash jarayoniga aytiladi. Briketlarga beriladigan mustahkamlik presslash vaqtida ayrim bo‘laklarning bir-biriga yaqinlashishi natijasida molekulyar bog‘lanish kuchlarining ta’siri yoki bo‘lakchalarni bir-biri bilan bog‘lash uchun ishlatiladigan bog‘lovchi mahsulot ta’siri bilan izohlanadi. Shuning uchun bog‘lash xususiyatiga ko‘ra bog‘lovchi qo‘shmasdan briketlash yoki noorganik va organik birikmalardan foydalanib briketlash farqlanadi. Noorganik bog‘lovchilar sifatida ohak, va boshqalar ishlatiladi. Organik birikmalarga smola va boshqalar kiradi. Presslashdan oldin xom ashyo mahsulotlari tayyorlov jarayonlariga: quritish yoki namlash, yanchish, granulometrik sinflash, bog‘lovchi mahsulotlar va boshqalar bilan aralashtirishga yuboriladi. Rangli metallurgiyada xom ashyoni briketlash uchun valli presslar keng tarqalgandir.
Oksidli rudalarni aglomeratsiyalash vaqtida shixtani qizishi va erishi uchun issiqlik shixtaga kiritilayotgan mayda koks hisobidan olinadi. Sulfidli boyitmalarni aglomeratsiyalash vaqtida issiqlik manbai sifatida ruda tarkibidagi sulfidlarni yonishidan foydalaniladi, shuningdek bir vaqtning o‘zida pishish bilan bir vaqtda qisman yoki to‘liq oksidlab kuydirish ham kuzatiladi. Yoqilg‘ining yonishi boshoqsimon panjara ustidagi shixta qatlami orqali so‘rilgan yoki purkalgan kislorod oqimi hisobidan amalga oshiriladi. SHixtadagi yonuvchan birikmalar (yoqilg‘i yoki sulfidlar) yoquvchi gorn yordamida dastlab shixtaning ustki qatlamlarida yondiriladi. Yonuvchan gazlar shixta qatlami orqali o‘tayotganida shixtaning qo‘yi qatlamlarini quritadi. Chiqarib yuborilayotgan suv bug‘lari shixta qatlamida g‘ovaklar hosil qiladi, ular o‘z navbatida gazo‘tkazuvchanlik xususiyatini yaxshilaydi. So‘ngra shixta yoqilg‘ining yonish haroratigacha qizdiriladi, bu esa yonish jarayonini tezlashtirishga va haroratni tez ko‘tarilishiga olib keladi. Quyultirish. Quyultirish – yanchish jarayonidan keyingi bo‘tanaga ishlov beruvchi jarayon hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi tindirish – qattiq zarrachalarni quyultirgich tubiga cho‘ktirish va tiniq oqava suv olish yo‘li bilan bo‘tanani qisman suvsizlantirishdan iborat. Ko‘pchilik hollarda cho‘kkan mahsulot tarkibida 50% gacha suv qoladi, bu esa Q:S = 1:1 nisbatga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Quyultirish chegarasi qayta ishlanayotgan ruda yirikligi, zichligi, yanchilgan mahsulotning fizik-kimyoviy xususiyatlarga bog‘liq. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling