Металлургия саноатини ташкил этиш


-Ma’ruza: CHANG TUTISH VA GAZLARNI TOZALASH


Download 0.72 Mb.
bet23/51
Sana02.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#185213
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51
Bog'liq
умумий мет Lotin

7-Ma’ruza:

CHANG TUTISH VA GAZLARNI TOZALASH.
reja:
1 Ishlab chiqarish korxonalaridan chiqadigan chang va gazlar .

2. Korxonalardan chiqadigan Chang va gazlarni bartaraf etish usullari.
Sanoatda eng ko‘p tarqalgan tashlamalardan biri — bu changli gaz tashlamalaridir. Har bir manbada o‘ziga xos chiqindi gazlar hosil bo'ladi va atmosfera havosiga tashlanadi. Masalan, qora metalluigiya korxonalarida rudalami tayyorlash va ularni eritish jarayonida — oltingugurt angidridi (S02), changlar; rangli metallurgiya korxonala­rida — oltingugurt angidridi (S02), changlar, vodorod florid (HF); Changli gaz tashlamalari deyarli barcha sanoat tarmoqlarida ajraladi va atmosfera havosiga tashlanadi. Buning natijasida esa atmosfera havosining tarkibi keskin ifloslanadi. Changli tashlamalar ko‘pincha biror-bir mahsulotni olish jarayonida hosil bo‘ladi, masalan, un tortish korxonalarida un changlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonida shu materiallar changi — gips, alebastr, sement va shu kabi mahsulotlar changi, mineral o‘g‘it ishlab chiqarishda shu mineral o‘g‘it changlari, tog‘-kon kombinatlarida rudalar changi va hokazo. Demak, chang zarralari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming bir bo'lagi bo'lib, ularni ushlab qolish va ishlab chiqarish sikliga qaytarish katta ahamiyatga ega. Shuning uchun changli gaz chiqindilarini zararsizlantirish uchun ular tarkibidagi chang zarralarining xususiyatini aniqlash ham alohida ahamiyatga ega. Chunki chang zarrasining xossasiga qarab tozalash usuli va uning apparati ham bir-biridan farqlanadi. Chang zarralarining quyidagi xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.



Inersion chang ushlagichlar:

a — to'siqli; b — gaz oqimini asta-sekin burish bilan; d — kengayadigan konusli.

Bunday chang ushlagichlarda gaz oqimi yo‘nalishi keskin o‘zgartirilganda gaz tarkibidagi chang zarrasi inersiya bo‘yicha o‘z ha- rakatini davom ettiradi va to‘siqqa uriladi, shunda chang zarralari pastga qarab yo‘naladi. Gaznmg tezligi 1 m/sek. Chang zarrasining razmeri 25 — 30 mkm bo‘lganda ushlab qolish darajasi 65 — 80% ni tashkil qiladi.



Bunday chang ushlagichlar qora va rangli metall korxonalarida keng qo‘llaniladi. Ulaming gidravlik qarshiligi 150 — 390 Pa ga teng.

    1. Siklonlar. Siklon apparatlari sanoatda eng keng tarqalgan tozalash apparatlaridandir.


Siklonda gaz harakati:

1 — changh gaz kiruvchi trubka; 2 — chiqaruvchi trubka; 3 — silindrik kamera; 4 - konussimon kamera; 5 - chang tindirish
Chang zarralarini ushlab qolish samarasi gazning tezligiga to‘g‘ri proporsional, diametriga esa teskari proporsionaldir. Siklonda jarayonni yuqori tezlikda va uncha katta bo'lmagan diametrda olib borish maqsadga muvofiq. Lekin tezlikni oshirib borish tozalash jarayonida gaz bilan mayda zarralami chiqib ketishiga sababchi bo'ladi. Shuning uchun, tozalash samarasini oshirish uchun apparat diametrini qisqartirish samaraliroq hisoblanadi. Siklonning balandligi va diametrining optimal nisbati H/Dts = 2 — 3 ga teng.

Havo basseynini muhofaza qilish va chiquvchi gazlardan foydalanish



Rangli metallurgiya korxonalarida texnologik agregatlar shuningdek havo almashtirish natijasida chiquvchi metallurgik gazlar muhim miqdorni tashkil qiladi. Ular qattiq shlak ko‘rinishidagi chiqindilar va gaz xususiyatli turli narsalar bo‘lishi mumkin.Umumiy hajmda atomsferaga chiqariladigan qattiq narsalar 12-13% va gaz xususiyatlari 87-88% ni tashkil etadi. Gaz xususiyatli moddalarning eng katta qismi (90%) oltingugurt angidridga to‘g‘ri keladi. Uglerod oksidi 15% va qolganlari 5% ni tashkil qiladi. (uglevodorodlar va boshqalar). Havo basseynini 97% ini qattiq narsalar zararlantirib gaz xususiyatli moddalar ulushi kam. Shuning uchun gaz xususiyatli moddalardan foydalanish va zararsizlantirish uchun texnologik jarayon va agregatlarni ishlab chiqish va kiritish kerak.Chiquvchi gazlardan foydalanish muammosini hal qilish uchun yagona ilmiy-texnik yo‘nalish ishlab chiqildi. Unda ilmiy-izlanish konstruktorlik loyiha tashkilotlari va korxona mutaxassislari nazarda tutilgan bo‘lib,, quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

  1. texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish. Bu foydali topilmalar konsentratsiyasini oshirish va chiquvchi gazlar hajmini qisqartirish imkonini beradi.

  2. Turli gaz sovutish inshootlarini qurish ( sovitish qozon-utilizatorlar) gaz tarmog‘i tizimini rekonstruksiya qilish chiquvchi gazlar hajmini qisqartirish va ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish

  3. Barcha gaz paydo bo‘lish manbalarini jihozlash shu jumladan shamollatish samarali shlakyutkich qurilmalari bilan

  4. Chiquvchi gazlarning qimmatbaho komponentlaridan foydalanish asosida mavjud ishlab ajratib olishni rekonstukrsiya qilish hamda yangilarini qurish

  5. Gazni sanitar tozalash uchun uslublar ishlab chiqish va mos qurilmalar yaratish

Gaz xususiyatli moddalardan foydalanish va zararlansizlashtirishdagi asosiy muammo tarkibida metallurgik gaz bo‘lgan oltingugurtdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lib,, uning hajmi 87% va undan ortiqni tashkil etadi. Nikel-kobalt va mis sanoati korxonalarida atmosferaga chiqariladigan oltingugurt gazlari miqdori yuqoridir. Rangli metallurgiyada oltingugurt gazlaridan foydalanishning kamligini asosiy sababi unda oltingugurt angidridning kam ekanligidir. Oltingugurt kislotasi va boshqa kimyoviy mahsulotlarda bunday gazlarni qayta ishlash samarasizdir. Metallurgik pechlardan chiqadigan gazlarda oltingugurt angidrid konsentratsiyasini saqlash uchun tadbirlar amalga oshiriladi. Mavjud holatni tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki agar konvertatsiya etarli darajada yuqori bo‘lsa (ajratuvchi pechdagi gazdan tashqari) mazkur gazlardan oltingugurt kislotasi sanoatida foydalanish mumkin. Agar gaz apteyka shlak tutkich va gaz yo‘llaridan o‘tsa atomsfera havosi hisobidan 2-3 marta qo‘shish mumkin. SHunga mos tarzda gaz hajmi energiya sarfi gaz ajratib olish qurilmalaridagi inshootlarga va oltingugurt sanoati ob’ektlariga kapital qo‘yilmalar ko‘payadi. Metallurgiyadan kimyoviy agregatlargacha bo‘lgan barcha jarayonda oltingugurt gazlarining yuqori darajasini saqlashning texnik hamda iqtisodiy tejamkor yo‘nalishlari gaz chiquvchi asosiy texnologik uskunalarni oshirish hamda samarali gaz sovitish va gaz tarmog‘i qurilmalari bilan jihozlashdir. Bunda gazlarni samarali sovitish ikkilamchi issiqlikdan foydalanishdan yuqoriroqdir.

Gazlarni sanitar tozalash uchun ularni yuqori samarali usulda shlaklardan tozalash kerak.




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling