Металлургия саноатини ташкил этиш
Download 0.72 Mb.
|
умумий мет Lotin
9-jadval. Suv havzalarida bazibir zararli kampanentlarning ruxsat etilgan oxirgi konsentratsiyasi REOK(PDK), mg/l.
Kamchiligi rodanit va sianidlarning to’liq eritmadan zararsizlanmasligi. Shu sababdan qo’shimcha tozalash usullarini qo’llashga zarurat tug’uladi. Ba’zi bir OICHF da oqava suvlarni tozalashda temir sulfat tuzlari qo’llaniladi. Bu usul eritmadagi СN- ionlarni zaharli bo’lmagan Fe(СN)64- ionlariga yoki suvda erimaydigan oddiy Fe(СN)2 shaklga o’tkazishga asoslangan.
Eng samarali usullardan biri bu chiqindi suvlardagi sianit tuzlarini natriy gipoxlarat NaОС1, kalsiy gipoxlorat Са(ОС1)2 va xlorli ohak СаОС12 bilan oksidlab zarasizlantirishdir. Natijada oddiy va kompleks sianid va rodanit birikmalari zaharsiz bo’lgan birikma CNO- shaklida oksidlanadi: CN- +OCl- = CNO- + Cl- (16.3) Cu(CN)2-3 + 7OCl- + 2OH- + H2O = 6CNO- + 7Cl- + 2Cu(OH)2(16.4) CNS- + 4OCl- + 2OH- = CNO- + 4Cl- + SO42- + H2O (16.5) Hosil bo’lgan sianat gidrolizga uchraydi: CNO- + 2H2O = NH4+ + CO32- (16.6) Shuning bilan birgalikda flotoreagentlar ham zararsizlanadi. Bu usul amaliyotda OICHF da keng miqyosida qo’llaniladi. Zarasizlantiruvchi vosita sifatida ko’p hollarda arzon hisoblangan xlorli ohak qo’llaniladi, u xlor tuzi va xlorid kislotasi aralashmasi hisoblanadi. Zarasizlantirish jarayonini nafaqat eritmaga nisbatan balki, bo’tanada ham olib boorish mumkin, ammo ikkinchi holatda reagent ОСl- ionlari sarfi bo’tanadagi sulfidlar bilan ta’sirlashish hisobiga ortiqcha sarf hosil bo’lishiga olib keladi. Sianli birikmalarni oksidlash uchun xlor ham qo’llanilishi mimkin. Uning ta’siri xuddi gipoxlorat va xlorli oxak kabidir: CN- + Cl2 = CNCl + Cl- (16.7)
Texnologik suvning sifati aylanma sistenmda ishlatiladigan suv sifatiga nisbatan yaxshi bo'lishi kerak, ya’ni fizik, kimyoviy, biologik, bakteriologik sifatlari yuqori, tuz miqdori esa past bo'lishi kerak. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan suvlarning sifati texnologik jarayonni talabi, unda ishlatiladigan xomashyolar va tayyor mahsulotlar tarkibi, hamda qo'llaniladigan qurilmalar xarakteristikasidan kelib chiqqan holda o'matiladi. Har bir ishlab chiqarish korxonasi o'zi uchun ishlatiladigan suv sifati va talablarini o'matadi. Korxonada ishlab chiqarishning turli jarayonlarida ishlatilgan va ma’lum darajada ifloslangan suvlari — oqova suvlar deb ataladi. Undan tashqari hozirgi vaqtda OICHF oqava suvlarini tozalashda biologic(bakterialogik) usuldan kengv qo’llanilmoqda. Biokimyoviy usulda oqava suvlarni tozalash ayrim turdagi mikroorganizmlarning hayot faoliyati jarayonida organik birikmalarni eritish va ammiak, vodorodsulfid, nitritlar va ularni oksidlash bilan bog‘liq .Biokimyoviy usulda oqava suvlarni tozalashni bir vaqtda turli tezlikda kechayotgan shartli ikkita bosqichga ajratish mumkin: mikroorganizm tanasi yuzasiga oqava suvdagi mayin disspers va eriydigan organik va noorganik moddalarning adsorbsiyalanishi va kechayotgan biokimyoviy jarayonlar (oksidlanish va qaytarilish) hisobiga mikroorganizmning hujayrasi ichida adsorbsiyalangan moddalarning parchalanishi sodir bo‘ladi.Bu ikki bosqich ham aerob sharoitida va anaerob sharoitida ham sodir bo‘lishi mumkin.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling