Metallurgiya va kimyoviy texnologiya” fakulteti


Download 95.86 Kb.
bet2/8
Sana31.01.2024
Hajmi95.86 Kb.
#1818908
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hisobot Dildora Diplom oldi amaliyot

Asosiy qism.
«OHANGARON SЕMЕNT» Zavodi
Ohangaron sement zavodi («ONANGARONSЕMЕNT»)- o’zbekiston Respublikasi sement ishlab chiqarish sanoatining yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. Korxona mamlakatimiz sement sanoati reytingida ishlab chiqarish hajmiga ko’ra ikkinchi o’rinni egallaydi.
Korxona Toshkent viloyatining Ohangaron shahar sanoat hududida joylashgan. Zavodning sement ishlab chiqarish bo’yicha loyihaviy quvvati – yiliga 2 180 000 tonna.
«ONANGARONSЕMЕNT» korxonasi tarkibiga Toshkent shahar Sirg’ali tumanida joylashgan Qurilish materiallari va konstruksiyalari kombinati ham kiradi. Kombinat 2006-yil avgustda tashkil etilgan bo’lib uning temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvati - yiliga 40 000 m3. Qurilish materiallari va konstruksiyalari kombinati keng assortimentdagi temir-beton konstruksiyalari va beton qorishmalarini ishlab chiqaradi.
2008-yilda «OHANGARONSЕMЕNT» tomonidan ishlab chiqarilgan portlandsement mahsuloti «o’zstandart» agentligining «o’zbekistonning eng yaxshi mahsuloti» diplomiga sazovor bo’ldi. 2009-yilda korxona «EUROSEMENT grup» Xoldingidagi eng serdaromad korxona nominatsiyasida g’oliblik kubogini qo’lga kiritdi.
2010-yil fevral oyida «OHANGARONSЕMЕNT» korxonasining Sifat menejmenti tizimi xalqaro sifat menejmentining muvofiqlik sertifikati ISO 9001:2009 bilan sertifikatlandi. 2013-yilda korxona keyingi muddatga qayta sertifikatlashtirishdan o’tkazildi.
2013-yil mart oyida «OHANGARONSЕMЕNT» korxonasi o’zbekiston sement sanoati korxonalari orasidan birinchi bo’lib o’zdst ISO 14001 – Ekologik menejment tizimi va o’zdst OHSAS 18001 – Kasbiy xavfsizlik va sog’liqni boshqarish tizimi bo’yicha xalqaro standart sertifikatlashtirishidan muvaffaqiyatli o’tdi. 2013-yil fevral oyida o’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan o’tkazilgan «Mehnat muhofazasini tashkillashtirish bo’yicha eng yaxshi korxona» tanlovida faxriy birinchi o’rinni egalladi.
2013-yilda «EVROSEMENT grup» Xoldingidagi eng yaxshi korxona» konkursida «OHANGARONSЕMЕNT» korxonasi faxriy uchinchi o’rinni, 2014-yilda esa faxriy birinchi o’rinni egalladi.
Ayni paytda korxonada energiya tejami yuqori, ekologik zarari kam, texnologik jihatdan yangi «quruq» usul bilan bir kecha-kunduzda 6 ming tonna klinker ishlab chiqarish quvvatiga ega loyihani amalga oshirish uchun investitsiya jalb qilish ishlari olib borilmoqda.


Download 95.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling