Metallurgiya va kimyoviy texnologiya” fakulteti
Klinkerlarning sinflanishi va portlandsement turlari
Download 95.86 Kb.
|
Hisobot Dildora Diplom oldi amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sement ishlab chiqarish usullari
Klinkerlarning sinflanishi va portlandsement turlari;
S.D.Okorokov klinkerlardagi asosiy mineraIlar yig'indisini C3 S+C2 S=75%; C3 A+C4 AF=25% deb qabul qilib, klinkerlarning quyidagicha sinflanishini taklif qildi ( 19-jadval) Agar klinker birdaniga ko'p miqdorda silikatli minerallar yoki eruvchan minerallar yig'idisidan iborat bo'lsa, ular misol uchun alit-alyuminatli, belit-alyuminatli va hokazo deb ataladi yoki klinker mineralogik tarkibini o'zgartirib ular asosida turli qo'shilmalar bilan sement tayyorlansa, turli qurilish xossalariga ega bo'lgan gidravlik bog'lovchi moddalarni tayyorlash mumkin. 19-jadval. Hozirgi kunda portlandsementning quyidagi asosiy turlari ishlab chiqarilmoqda: 1. Tarkibida 30-70% donador domna toshqoli bo'lgan portlandsement. 2. Tarkibida 20-45% pussolan qo'shilmasi bo'lgan pussolan portlandsement. 3. Tez qotuvchan portlandsement. 4. Plastik va gidrofob portlandsement. 5. Tarkibida ko'pi bilan 50% C3 S va 5% C3 A bo'lgan sulfatga chidamli portlandsement. 6. O'rtacha ekzotermiyali portlandsement. 7. Oq va rangli portlandsementlar. Sement ishlab chiqarish usullari Portlandsement ishlab chiqarish ikki mustaqil jarayonga bo‘linadi Klinker ishlab chiqarish portlandsementning chala mahsuloti tayyorlanadi); Klinkerni qo‘shilmalar bilan birga tuyish (portlandsement olish). Birinchi jarayon juda murakkab bo‘lib, uning bajarilishi katta kapital va ekspluatatsion xarajatlar bilan bog‘liq. SHuning uchun hamma vaqt portlandsement klinker tashkil etuvchini tejash kerak. CHunki portlandsement ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jami xarajatning ko‘p qismi (70…80%) klinker qiymatini tashkil etadi. Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda quyidagi asosiy texnologik operatsiyalar bajariladi: Ohaktosh va gil qazib olinadi; Xom ashyo materiallari tayyorlanadi va maydalaniladi; YOqilg‘i tayyorlanadi; Xom ashyo materiallari kuydiriladi. Klinkerni tuyish va portlandsement ishlab chiqarish uchun asosan kuyidagi texnologik jarayonlar bajariladi: Qo‘shilmalar tayyorlanadi; Klinker qo‘shilmalar bilan birga tuyiladi; Portlandsement omborga joylanadi. Talab qilingan kimyoviy tarkibli bir jinsli xom ashyo aralashmasini hosil qilish uchun uning tarkibiga kiradigan materiallarni tayyorlash kerak. Bunday aralashmani tayyorlash uchun uning tarkibiga kiradigan materiallarning (ohaktosh, gil va to‘g‘rilovchi qo‘shilmalar) ning hammasi mayda qilib to‘yiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma tarkibiga kiradigan materialar maydalab tuyilsa, xom ashyo aralashmasi tarkibidagi oksidlar kuydirilayotganda o‘zaro yaxshiroq ta’sirlashadi. Xom ashyo iloji boricha maydalab tuyilsa, u kuydirilayotganda klinkerda ta’sir etishmay qolgan moddalar deyarli butunlay bo‘lmaydi. Bu vaqtda hamma oksidlar minerallar holida bog‘langan bo‘ladi. Mayda qilib tuyilgan materiallar quruqligicha yoki suvda yaxshilab aralashtirilishi mumkin. Xom ashyo materiallari suv ishtirokida tayyorlansa portlandsement ishlab chiqarish «ho‘l» usul deb, quruqligicha tayyorlansa «quruq» usul deb ataladi. Qaysi usulni tanlash texnologik va texnik-iqtisodiy xarakterdagi bir qator faktorlarga bog‘liq (kuyidagi sxemaga qarang). Garchi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar jihatdan quruq usul afzalroq bo‘lsa ham, xozirgi vaqtda qator mamlakatlarda, shuningdek Rossiyada va AKSHda ho‘l usul keng tarqalgai. Quruq usul YAponiya, Germaniyada va Italiyada keng tarqalgan. Xozirgi kunda mamlakatimizda ham «quruq» usulni ko‘proq qo‘llash tendensiyasi salmoqli o‘rin olmoqda. Sutkasiga 3000 tonna klinker ishlab chikarish quvvatiga ega bo‘lgan 7X6,4X95 metr o‘lchamli pechda quruq usulda ishlab chikarishning texnologiyasini yaratish va joriy etish muhim ahamiyatga ega (Navoiy sement zavodi). Mazkur qurilmaning samarodarligini shundan ham bilish mumkinki, bu usul liniyalaridagi ishchilarning mehnat unumi hozirda mavjud liniyalardagi ishchilarning ish unumidan taxminan ikki marta ko‘p. SHu bilan birga 1 tonna klinker olish uchun sarflanadigan yonilgi 1,5…2 marta kamayadi. Download 95.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling