Metallurgiya va kimyoviy texnologiya” fakulteti


Klinkerning mineralogik tarkibi


Download 95.86 Kb.
bet5/8
Sana31.01.2024
Hajmi95.86 Kb.
#1818908
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hisobot Dildora Diplom oldi amaliyot

Klinkerning mineralogik tarkibi.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan to'rtta oksid (CaO, Si02 , Al203 va Fe20) portlandsement klinkerida birikib, kalsiy silikat, kalsiy alyuminat va kalsiy alyumoferritlarini hosil qiladi. Sement klinkerining shlifi mikroskop orqali ko'rilganda u asosan kristallk tarkibli kalsiy silikatlardan iboratligi bilinadi. Kalsiy silikatlar oralig'ida shishasimon amorf oraliq moddalar deb ataluvchi alyuminat va alyumoferritlar joylashadi.
Portlandsement xossalari ana shu minerallar miqdoriga bog'liq. Portlandsement klinkerning asosiy minerallari quyidagilar:
uch kalsiy silikat (alit) - 3CaO . Si02 yoki C3S;
ikki kalsiy silikat (belit) - 2CaO· Si02 yoki C3S;
uch kalsiy alyuminat - 3CaO . Al203 yoki C3A;
to'rt kalsiy alyumoferrit (selit) - 4CaO· Al203 • Fe203 yoki C4 AF.
Normal tarkibli portlandsement klinkerida asosiy minerallarning foiz miqdori quyidagicha bo'lishi mumkin:
C2 S-45-60%; C2 S-15-37%; C3 A-7-15%; C4 AF-1O-18%.
Ishlab chiqarish sharoitlarida CaO ni yuqorida ko'rsatib o'tilgan minerallar ko'rinishida batamom biriktirish qiyin. Shuning uchun klinker tarkibida erkin, birikmagan holda bir oz CaO qolishi mumkin. Klinkerda erkin CaO bo'lsa, u portlandsement xossalariga magniy oksidga qaraganda salbiy ta'sir ko'rsatadi, ya'ni u hajm jihatidan juda notekis o'zgaradi. Erkin CaO sementtoshni buzib yubormasligi uchun klinkemi tuyishdan oldin erkin CaO havodagi nam ta'siridan so'nib ulguradigan qilib, ma'lum vaqt omborlarda yetiltiriladi. Shunda klinker birmuncha yumshaydi va uni tuyish osonlashadi. Hozirgi vaqtda ish lab chiqarishni avtomatlashtirish munosabati bilan klinker yetiltirib o'tirilmaydi, ishlab chiqarish ancha mukammal tashkil etiladi. Portlandsementning asosiy texnik xossalari klinker tarkibida muhim minerallardan necha foiz borligiga bog'liq. Shuning uchun k1inkerning mineralogik tarkibiga qarab, portlandsement quyidagi turlarga bo'linadi:
- alit portlandsement, undagi uch kalsiy silikat 60 % dan ortiq, C3 S:C2 S nisbat esa 4 dan katta;
- belit portlandsement tarkibida 37% dan ortiq ikki kalsiy silikat bor, C3S:C2 S nisbat I dan kam;
- alyuminat portlandsement, tarkibida uch kalsiy alyuminat 15 % dan ortiq.
C,A miqdoriga qarab sementlar oz alyuminatli (C3 A dan 5% gach~), o'rtacha alyuminatli (5-9% C3 A) va ko'p alyuminatli (C3 A 9% dan ortiq) sementlarga bo'linadi;
- alyumoferrit (selit) portlandsement, tarkibidagi to'rt kalsiy alyumoferrit 18 % dan ortiq.
Klinker tarkibida ba'zan bir yo'la ikki xil mineral miqdori ko'p bo'lishi mumkin. Bunday portlandsement qo'sh nom bilan ataladi: alit-alyuminat, alit-belit yoki belit-selit. Har bir klinker uehun mineralogik xossalar, beton ishlatiladigan sharoitlarga qarab tegishli mineralogik tarkibIi sement tanlanadi.
Alit - portlandsementning yuqori mustahkamligi, tez qotuvehanligi va boshqa qator xossalarini ta'minlovehi klinkcrning muhim silikat mineralidir. U ning miqdori klinker tarkibida 45- 80%. Hozirgi kunda uni ueh kalsiy silikatning kam miqdordagi MgO, A1 20 3 , P2 0 S' Cr2 0 3 va boshqalar bilan qattiq eritmasi deb hisoblanadi. C3 S tarkibida bu moddalarning miqdori kam bo'lishiga (2-4%) qaramay, ular C3 S ning tarkibiy tuzilishi va xossalariga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi.
Shunday qiIib, laboratoriya sharoitida toza kimyoviy komponentlardan tayyorlangan uch kalsiy silikat bilan sanoat miqyosida yoki laboratoriya sharoitida tabiiy xomashyolardan hosil bo'lgan sement klinkeridagi alit farqini albatta bilish kerak. C3S uchta polimorf modifikatsiyalarda uchraydi. Toza C3S odatda tiriklin formasida kristallanadi, qo'shimchalar esa uni monoklin, ba'zan tiriklin tarkibiy tuzilishga (sementlarda) o'tkazadi. Alit kristaIlar odatda oltiyoqlik yoki to'g'riburchak shaklda bo'ladi. Uning zichligi 3,15 g/sm3.
Toza C3S 1200-1250°C dan 1900-2070°C gacha harorat oralig'ida barqaror bo'ladi. Bu haroratdan pastda C3 S-C2 S va CaO ga parchalanadi. 2070°C dan yuqorida esa C3 S eriydi. Pastki issiqlik chegarasi amaliy ahamiyatga ega, chunki klinker sanoat pechida sovish zonasiga o'tib soviyotganda bir oz vaqt 1200-1250°C chegarada turib qoladi, bu esa C3 S ning parchalanishiga olib keladi va klinker sifatini yomonlashtiradi. Odatdagi haroratIarda o'ta sovish sababli klinker parchalanmaydi. Portlandsementning mustahkamligiga va boshqa xossalariga klinkerdagi alit kristallarining shakli (o'lchami, klinker bo'ylab turli o'lchamdagi kristallarning taqsimlanishi, kristallanish darajasi va boshqalar) ham ancha ta'sir ko'rsatadi.
Petrografik taxlillarning ko'rsatishicha, 600-700 markadagi portlandsementni tayyorlash uchun klinker tarkibidagi turli o'lchamli alit kristallarning orasida asosan o'lchami 3-20 mkm yiriklikdagi kristallar ko'proq bo'lishi kerak.
Bundan tashqari, kristallar to'g'ri prizmatik yoki geksagonal shaklda bo'lishi ma'qul (Yu.M.Butt, V.V.Timashev). Xomashyo tarkibidagi mavjud yoki maxsus xomashyo aralashmasiga kiritiladigan FeO, MgO, CaS04, CaF2, P2 0 5, Ti02, Cr2 0 3, MnO, Fe2 0 3 kabi qo'shilmalar portlandsement mustahkamligiga ijobiy ta'sir etishi aniqlangan. Kuydiriladigan xomashyo aralashmalari tarkibida 0,1-0,5% miqdorda yuqorida aytilgan qo'shilmalarning bo'lishi alitning kristallanishiga legirlovchi modda sifatida ta'sir ko'rsatadi, bu esa sementlarning faolIigini oshirishga imkon tug'diradi. Ammo bu qo'shilmalarning ta'sir qilish mexanizmi yaxshi aniqlanmagan. M.M.Sichev, Yu.M.Butt, V.T.Timashevlarning taxminicha, bunday moddalar sement klinkerini pishirishda alit kristallarining juda qulay struktura va o'lchamlarda hosil bo'lishiga imkon berib, boshqa kam mustahkamlik beradigan minerallarni hosil qilmaydi.
Portlandsement klinkerida hosil bo'ladigan alit tarkibini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:

Belit-portlandsement klinkerining ikkinchi asosiy minerallaridan biridir. U alitdan dastlabki kunlarda sekin qotishi bilan farqlanadi. Uning asosiy mustahkamligi bir yil atrofida to'planadi. Bu mustahkamlik alitning mustahkamligiga yaqin. Ikki kalsiy silikat, alit singari kam miqdordagi qo'shimchalar (1-3%) bilan qattiq eritma hosil qilib belitga aylanadi.
Belitning gidravlik faolligi, alit kabi kristallarning tuzilishi, kristallarning o'lchami, zichligi, yoriqlar va qo'shimchalarning strukturasiga (kirib qolganligiga) bog'liq. Tojdor chetli dumaloq zich strukturali o'rtacha o'lchamlari 20-50 mkm bo'lgan belitli selitlar yuqori mustahkamlikka cga. Kristallarning tcz parchalanishi tufayli katta sathni hosil qiluvchi tizimlar scmentlarning gidravlik faolligini oshiradi.
Klinker minerallaridagi ohak va kislota oksidlarining og'irlik nisbatlari ma'lum bo'lsa, qancha CaO kerakligini kislota oksidlari orqali ifodalash mumkin.
C2S1 hosil bo'lishi uchun 2,8 Si02 va C3 A ga 1,65 A12 0 3; CF ga 0,35 Fe 20 3 va CaS04 ga 0,7 S03 talab qilinadi. Bu ma'lumotlardan foydalanib, to'yinish koeffitsiyenti formulasini quyidagicha yozish mumkin:

Bu formula suratdagi A12 0 3 , Fe2 0 3 va C03 lar C3 A; CF va CaS04 gacha to'yingandan keyin qolgan ohak miqdorini, maxraji esa qumtuproqning C3 S gacha to'yinishi uchun zarur bo'lgan ohak miqdorini ifodalaydi. Surat bilan maxraj teng bo'lsa, to'yinish koeffitsiyenti 1 bo'ladi. Bunday klinker tarkibida ikki kalsiy silikat 130 bo'lmaydi. Qumtuproqning C~S gacha to'la to'yinishini qiyinlashtiradigan bir qator texnoiogik omillar tufayli qiymati 1 ga teng bo'lgan to'yinish kocffitsiycntiga crishish amaldajuda qiyin. Shuning uchun to'yinish koeffitsiyenti odatda 1 dan kichik bo'ladi. Oddiy portlandsement uchun TK=O,SO-O,95. Demak, bunday portlandsement tarkibida C3 S dan tashqari ikki kalsiy silikat ham bor. To'yinish koeffitsiyenti qanchalik kichik bo'lsa, klinkerda C 2 S shuncha ko'p, C3 S csa kam bo'ladi .
Shunday qilib, to'yinish koeffitsiyenti va ikki modul qiymatIariga qarab portlandsement klinkcrining sifati haqida fikr yuritish mumkin.

Download 95.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling