Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar


Ogʻir benzin yoki boshqacha aytganda ligroin


Download 186.74 Kb.
bet4/11
Sana03.11.2023
Hajmi186.74 Kb.
#1741976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Burgutboyeva Lobar

Ogʻir benzin yoki boshqacha aytganda ligroin.Qaynash harorati 120–140 ℃; soliшtirma massasi 0,73–0,77 g/sm³ . Bu fraksiya dizel dvigatellari uchun yonilgʻi sifatida ishlatiladi.
Kerosin fraksiyasi. Bu fraksiyani tashkil qilgan uglevodo- rodlar molekulasida uglerod atomlarining soni 9 dan 16 gacha bo’ladi. Kerosin fraksiyasi maxsus usullar bilan tozalangach, traktor dvigatellarida va uy–roʻzgʻorda yonilgʻi sifatida ishlati- ladi.
Qoramoy (mazut) fraksiyasi. Bu fraksiyadagi uglevodlar molekulasida uglerod atomlarining soni 16 va undan ortiq boʻladi. Qoramoy qayta ishlanganda, masalan, haydalganda u parchalanib ketishi mumkin. shu sababli mazut suv bugʻi vositasida yoki vakumda haydaladi. Mazutdan solyar moylar, turli surkov moylari, vazelin, alkan va boshqalar olinadi. Solyar moy va surkov moylari texnikada keng koʻlamda ishlatiladi; solyar moylardan dvigatellar uchun yonilgʻi sifatida, surkov moylari esa mashina mexanizmlarini moylash uchun foydalaniladi. Vazelin–medisinada, alkan esa kimyo sanoatida keng qoʻllannladi.


ASOSIY QISM

1. Neftni birlamchi haydash


Neftni qayta ishlashning birlamchi va ikkilamchi usullari maʼlum bo’lib, neftni haydash orqali fraksiyalarga ajratish, ikkilamchi jarayonlarga neftni destruksiyalash (kimyoviy ishlash) va neft mahsulotlarini tozalash kiradi. Haydash fraksiyalari komponentlarning qaynash temperaturalari intervali bilan farqlanadi. Birlamchihaydashga neft va mazutni atmosferada haydash kiradi. Bu usul neftni fraksiyalarga ajratib ishlatish yoki tovar mahsulotlari sifatida boshqa korxonalarga uzatishni nazarda tutadi. Birlamchi haydash tegishlicha atmosferadagi trubkasimon (AT) yoki vakuumli trubkasimon (VT) yoki atmosfera-vakuumli trubkasimon (AVT) uskunada amalga oshiriladi. AT uskunasida benzin, kerosin, dizel va mazut fraksiyalarida murakkabroq jarayonlar amalga oshiriladi. Ular mazutdan olinuvchi gazoylli, moyli fraksiyalar va gudron; ikkilamchi qayta jarayonlarda moylovchi moylar, koks, bitum va boshqa neft mahsulotlari olishda qo’llaniladi.
AVT uskunasida neftni birlamchi haydashning prinsipial sxemasi

3-rasim. Neftni birlamchi haydash qurilmasining sxemasi (ATV yoqilg’i-moy): У — issiqlik almashtirgich; 2-trubaIi pech; 3-sovutgich, (kondensator-sovutgich); 4 — atmosfera-kolontia; 5 - haydash kolonnasi; 6 -gaz separatori; 7-vakuum kolonna. Quyida G’arbiy Sibirdan olinuvchi neftning AVT-6 uskunasida haydalishidan hosil boigan mahsulotlar tarkibi berilgan (% da):
Gaz ............................................................................ 1,1
Fraksiyalar, °C da:
62 gacha.................................................................4,1
62-85 ......................................................................2,4
85-120 ....................................................................4,5
120-140 ................................................................. 3,0
140-180 ...................................................................6,0
180-240 ................................................................. 9,5
240-350 .................................................................19,0
350-460 .................................................................21,0
Gudron...................................................................28,4
Yoʻqotishlar........................................................... 1,0

Download 186.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling