Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar
NEFT VA NEFT MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHNING KIMYOVIY USULLARI
Download 186.74 Kb.
|
Burgutboyeva Lobar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Benzinlar fraksiyasi.
3.NEFT VA NEFT MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHNING KIMYOVIY USULLARI
Sanoatda neft juda katta ahamiyatga ega, chunki undan xalq hoʻjaligi ehtiyojlarini qondiruvchi turli xil mahsulotlar olinadi. Masalan, neft raketalar uchun, dizel hamda ichki yonuv dvigatellari uchun yonilgʻi olishda eng boy manba hisoblanadi. Neftdan faqatgina mashinalar uchungina emas, balki uy–roʻzgorda, korxonalarda ham yoqish uchun ishlatiladigan mahsulotlar (tabiiy gaz, qoramoy–«mazut») chiqadi. Surkov moylari, alkan moyi, yaʼni vazelin va boshqalar ham neft mahsulotidir. Neft tarkibidagi mahsulotlarni ajratib olish uchun u turli usullar bilan qayta ishlanadi. Bu usullar orasida kyeng tarqalgani neftni fraksion haydashdir; bunda neft tarkibidagi mahsulotlar qaynash haroratiga qarab birin–ketin ajralib chiqadi. Neft haydalganda avvalo uning eng yengil qismi – gazsimon uglevodorodlar ajralib chiqadi. 1-rasm- rektifikatsiya qurulmasini umumiy koʻrinishi. Neft haydalganda, asosai, uch xil fraksiyaga ajratiladi: –150° gacha – gazolin yaʼni benzinlar. –150° dan 300° gacha – kerosin. – 300° dan yuqori – neft qoldigʻi, yaʼni qoramoy (mazut). Ajratib olingan uchala fraksiyaning har biri qaytadan haydaladi va turli xil mahsulotlar olinadi. Neft rektifikatlash qurilmasida haydaladi. Rektifikatlash qurilmasi, asosan, uch xil qurilmadan tashkil toptan boʻlib, birinchi qurilma kub (1) dyeyiladi. Haydalayotgan modda aralashmasi kub da buklanib ikkinchi qurilmaga, yaʼni rektifikatsion kolonnaga (2) oʻtadi. Aralshma rektifikatsion kolonnada fraksiyalarga ajraladi va alohida fraksiyalar sovitish qurilmasida (3) kondensatlanadi (suyuqlikka aylanadi). Benzinlar fraksiyasi. Bu fraksiya molekulasida uglerod atomlarnning soni 5 dan 9 gacha boʻladigan yengil uglevodorodlardan iborat boʻlib, ulardan quyidagi mahsulotlar olinadi.–Yengil benzin–gazolin yoki petroley efiri. Qaynash harorati 40–70 ℃, solishtirma massasi 0,64–0,66 g/sm³. Petroley efiri asosan, erituvchi sifatida ishlatiladi. –Oʻrtacha benzin (haqiqiy benzin). Qaynash harorati 70–120 ℃; zichligi 0,70g/sm³.Benzin fraksiyasi texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga koʻra aviatsion, avtomobil benzini va hokazolarga boʻlinadi. Texnikada oʻrta benzin fraksiyasi, asosan, ichki yonuvchi dvigatellarida yonilgʻi sifatida ishlatiladi. Download 186.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling