Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar


Download 186.74 Kb.
bet2/11
Sana03.11.2023
Hajmi186.74 Kb.
#1741976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Burgutboyeva Lobar

NAZARIY
QISIM


NEFTNING KIMYOVIY TARKIBI VA U HAQIDA QISQACHA MAʼLUMOT
Neft sargʻish, qoʻngʻir, qoramtir rangli moysimon suyuqlik, zichligi 0,73 dan 0,95 g/sm³ gacha – 20 da +20 ℃ gacha haroratda qotuvchi juda murakkab tarkibli turli uglyevodorodlar va gyetyeroatomli organik birikmalar aralashmasidan tarkib topgan moddalar. U yuqori koloriyaliyoqilgʻi (40000 dan 44000 gacha k/kg). Neftning kimyoviy tarkibi asosan quyidagi elyemyentlardan tashkil topgan:

C=83-87%

H=12-14%

S=0.3-3%

O=01-1%

N=0.001-0.4

Shuningdyek juda kam miqdorda metalloorganik birikmalar shaklida vanadiy, nikel temir, titan, kobalt, germaniy va boshqa elementlardan iborat boʻladi. Neft tarkibida uch tipdagi suyuq va erigan holda qattiq uglyevodorodlar mavjud: alkanli uglevodorodlar (asosan toʻgʻri zanjirli, S–1 dan S–30 gacha) neftda toʻyinmagan uglevodorodlar boʻlmaydi, turli uzunlikdagi yon zanjirlari boʻlgan siklopentan va siklogeksan hamda ularning hosilalari tipidagi monosiklik naftenlar va di–, tri hamda poliiklik polimetilenli uglevodorodlar, (shu jumladan, yon zanjiri boʻlganlari ham) aromatik uglevodorodlar, benzol va ularning gomologlari, naftalin, antratsen va uning gomologlari, naftearomatik gibrid uglevodorodlar va ularning hosilalari, neft, tarkibida u yoki bu sinf moddalarning koʻpligiga qarab olti tipga boʻlinadi. Metanli (yoki alkanli), metanonaftenli, naftenli, metalonaftenoaromatik, naftanoaromatik va aromatik. Neftning yoshi aromatikdan metanli uglevodorodlarga oʻtgan sayin oʻsib boradi. Texnologik klassifikatsiyaga binoan neft 0,5 % gacha oltingugurt saqlovchi - kam oltingugurtli 0,51 % dan 2 % gacha oltingugurt saqlovchi oltingugurtli, 2 % dan ortiq oltingugurt saqlovchi – koʻp oltingugurtli, 1,5 % gacha alkan saqlovchi kam alkanli 1,51 dan 6 % gacha alkan saqlovchi–alkanli, 6 % dan koʻproq alkan saqlovchi koʻp alkanli neftlarga boʻlinadi. Neftning eng asosiy tabiiy zahiralari Amerika Qoʻshma Shtatlarida, Janubiy Afrikaning shimoliy rayonlarida, O’rta Sharqda, ayniqsa, Iroq, Saudiя Arabistonida va Rossiyaning bir qator rayonlarida topilgan. Ozarbayjon, Shimoliy Kavkaz, Kaspiy boʻyi, Tatariston ASSR, Sibir va Oʻrta Osiyo Respublikalarida juda katta neft konlari joylashgan boʻlib, er osti zahiralari va uni qayta ishlash jihatidan bumamlakatlar dunyoda yetakchi oʻrinlarni egallaydi.XX asrning boshlarida ichki yonuv dvigatellar ixtiro qilingach, neftga ehtiyoj yanada koʻpaydi. Neft mahsulotlaridan (benzin, ogʻir suyuq yoqilgʻi, surkov moylari va hokazolardan) foydalanish hozirgi davrda shu darajaga borib yetdiki, biror davlat iqtisodini neftsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Shuni ham aytish kerakki, organik sintez uchun zarur boʻlgan koʻpdan-koʻp moddalar neft sanoatining qoʻshimcha mahsulotlari hisoblanadi. Turli konlardan qazib chiqariladigan neftning kimyoviy tarkibi turlicha boʻladi. Uning asosiy tarkibini metandan tortib to molekulasida 50 tagacha uglerod atomi boʻlgan juda murakkab uglevodorodlar tashkil etadi. Siklopentan va siklogeksan hosilalari neftda koʻp uchraydi. Bazi neftlar, masalan Kaliforniya, Borneo oroli va Maykop neftlari aromatik uglevodorodlarga boyroq boʻladi. Neftda oz miqdorda oltingugurt, azot va kislorod uchraydi. Neftni oltingugurtdan tozalash muxim ahamiyatga ega chunki neft ishlatilayotganda undagi oltingugurt oksidlanib, kislota hosil qilishi va bu kislota metallni zanglatib ishdan chiqarishi mumkin.Neftning suyuq qismiqaynash haroratiga qarab fraksiyalarga ajratilgan

T/r

Fraktsiya

Qaynash harorati ℃

1

Petroliy efir

20 - 60 ℃

2

Solvint nafta

60 - 120 ℃

3

Benzin

40 - 200 ℃

4

Kerosin

175 - 325 ℃

5

Gazoyl

300 - 500 ℃

6

Vakum - distilat

400 ℃

Neftdan uchuvchan uglevodorodlar: metan, etan, propan va butan (yoʻldosh gaz) alohida ajratib olinadi va, asosan, yoqilgʻi sifatida ishlatiladi. Bu aralashmani past haroratda fraksiyalab haydash yoʻli bilan undan yuqoridagi moddalarni ayrim–ayrim ajratib olish va olingan moddalardan sof organik birikmalar (monomer moddalarni sintezlash neftekimyo sanoatnning eng asosiy vazifalaridandir. NEFTNI QAYTA ISHLASHDAN OLINADIGAN MAHSULOTLARDAN XALQ XOʻJALIGIDA FOYDALANISH .
Hozirgi vaqtda organik sintezning etilen, propilen, butilen, atsetilen, divinil, izopren, benzol va uning gomologlari, naftalin va boshqa bir qancha muhim mahsulotlarini ishlab chiqarish neft kimyosi xom ashyosiga asoslangan. Ular esa oʻz navbatida plastmassalar, tolalar, kauchuklar, yuvish vositalari, boʻyoqlar va boshqa yuzlab ishlab chiqarish uchun xom ashyo hisoblanadi. Neftning alkanli komponentlari mikrobiologik sintez uchun (oqsil–vitaminli konsentratlar ishlab chiqarishda) dastlabki xom ashyo hisoblanadi. Kelgusida neftning ahamiyati neft kimyosi xom ashyosi sifatida yanada ortib boradi. Neftni kompleks qayta ishlash, neft kimyosi sanoatining oʻziga xos xarakterli xususiyatidir. Neft yoqilgʻilari foydalanish uslubiga qarab qozon va motor yoqilgʻisiga boʻlinadi. Motor yoqilg’isi ichki yonar dvigatyellarining tipiga qarab: karburator (benzin, kerosin), dizel va reaktiv yoqilgʻilarga boʻlinadi. Benzin, yoqilgʻi havo aralashmasini elektr uchquni bilan alanga oldiradigan porshin karburatorli dvigatyellar uchun yoqilgʻi sifatida ishlatiladi (porshenli, avtomobillar, mototsikllar va boshqa mexanizmlar). Benzin maʼlum fraksion tarkibga, dvigatelda toʻliq bug’lanish, tez alangalanish xossasiga ega boʻlgan toʻyingan bugʻ bosimiga, detanatsiya va kimyoviy chidamlilikka ega boʻlishi qurilmalarni korroziyaga uchratmasligi lozim. Masalan, B–100 markali aviatsiya benzini 40–180 ℃ da 97,5 % haydaladi. 10 % 75 ℃ da qaynaydi. –60 ℃ da muzlaydi. Benzinning detonatsiyaga chidamliligi, bu uning muhim xaraktyeristikasidir. U yoqilgʻini tashkil etgan komponentlarning termik barqarorligiga bogʻliq bo’ladi. Karburatorli dvigatelning issiq silindriga benzin bug’i bilan havo aralashmasi keladi, porshen ularni siqadi, maksimum siqilgach svecha uchquni bilan alangalanib yonadi. Hosil bo’lgan gazlar porshenni harakatga keltiradi. Dvigatel ishining maqsuldorligi silindrda gazlar aralashmasining siqilish darajasiga bogʻliq bo’lib, yoqilg’i bir xil yonganda va alanganing tarqalish tezligi 10– 20 m/s boʻlganda eng yuqori boʻladi. Ammo bazan yoqilg’i havo aralashmasi malum darajagacha siqilgach yonish tezligi 2000 m/s gacha keskin oshadi, portlash (detonatsiyalanish) tezligi yaqinlashadi. Natijada silindrda qattiq urulish bo’lib, uni qizib ketishiga, tez ishdan chiqishiga, dvigatel kuchining pasayib ketishiga,yoqilg’ining ortiqcha sarflanishiga olib kyeladi.



Download 186.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling