Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

10 – jadval.
Oltinning asosiy minerallari 
Oltinning minerallari 
Oltinning miqdori, % 
Tug‘ma oltin 
90-100 
Elektrum 
70-90 
Kyustelit 
30-70 
Telluridlar: 
kalaverit 
petsit 
silvinit 
43,6 
25,4 
24,2 
Antimonitlar: 
aurostibit 
46,4 
Oltinning ma’lum minerallaridan, sanoatda ahamiyatga bo‘lgani, tug‘ma 
oltindir, qolgan minerallar esa kam uchraydi. Rudalarda sof oltin ma’lum shaklga 
ega bo‘lmagan xilma-xil ko‘rinishda uchrashi mumkin (ilgaksimon, sim, 
donasimon, tangasimon). 


149 
Sof oltin zarrachalarining o‘lchami keng chegarada o‘zgarib, mikroskop 
ostida ko‘rinadigan juda kichik zarrachalardan tortib, 10-100 kg li gigant yombi 
holida ham uchrashi mumkin. 
Oltin zarrachalarning kattaligi uning eng asosiy texnologik xossalaridan biri 
hisoblanadi, chunki unga asoslanib oltinni rudalardan ajratib olishda ma’lum bir 
texnologik jarayonlarni tanlanadi.
Oltinning kattalik o‘lchamlari quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi: yirik 
oltin + 70 mkm, mayda oltin – 70 mkm, mayin zarrachali oltin – 1 mkm.
Tarkibida oltin mavjud rudalarni qayta ishlashning texnologik sxemasi 
xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Qaysi bir sxema tanlash juda ko‘p omillarga 
bog‘liq, ularning asosiylari: rudadagi oltinning tavsifi, rudanning dastlabki 
kattaligi, rudaning moddiy tarkibi, rudada oltindan tashqari qimmatbaho 
komponentlarning mavjudligi, qayta ishlash texnologiyasini murakkablashtiruvchi 
komponentlarning mavjudligi va h.k. 
Rudadan oltinni ajratib olishning texnologik jarayonlariga tayyorlov 
(maydalash, yanchish), boyitish (gravitasion boyitish, flotasion boyitish) va 
metallurgik jarayonlar (amalgamasiya, sianlash, sorbsion tanlab eritish, desorbsiya,
rux kukini bilan cho‘ktirish (sementasiya), elektrcho‘ktirish) kiradi. 
Tanlangan texnologik sxema oltinni rudadan yuqori darajada ajratib olishni, 
hom ashyoni kompleks ravishda ishlatilishini, moddiy, energetik va mehnat 
resurslarining kam miqdorda sarflanishini, sanoat chiqindilari bilan atrof-muhitni 
eng kam miqdorda ifloslantirishini ta’minlash kerak. 
Oltin saralash korxonalarning oxirgi mahsuloti xomaki oltin yoki oltinga boy 
cho‘kma hisoblanadi. Bu mahsulotlarni keyingi qayta ishlanishi maxsus affinaj 
zavodlarida yuqori tozalikdagi oltin olish bilan amalga oshiriladi.

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling