Metallurgiya
Oltin saqlagan rudalarni qayta ishlashga tayyorlash
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19- rasm. a- konusli maydalash mashinasining ko‘rinishi, b – jag‘li maydalash mashinasining tuzilishi
6.2.2. Oltin saqlagan rudalarni qayta ishlashga tayyorlash
Bu jarayonlarning asosiy maqsadi rudalar tarkibidagi oltinning yuzasini, boyitish yoki gidrometallurgik usulda ajratib olish jarayonlari uchun ochishdir. Maydalash va yanchish jarayoni, barcha sarf xarajatning 50% ini tashkil etadigan og‘ir va murakkab ishdir 150 Oltin va kumush zarrasi – ochilib, uni gidrometallurgiya usulida eritib, kimyoviy ajratib olishga yaroqli holda qoldirish maqsadga muvofiqdir. Tabiatda yirik oltin zarralari bilan, bir qatorda o‘ta mayda oltin zarralari mavjud. Shu boisdan rudalarni 0,4 mm dan 0,074mm gacha maydalash lozim bo‘ladi. Ko‘pincha rudaning maydalash darajasini, shu ruda tarkibidagi halaqit beruvchi moddalarning borligi belgilaydi.Odatda rudalar yirik, o‘rta va kichik o‘lchamda maydalash bilan bosqichma- bosqich amalga oshiriladi. Bunda har bir maydalashdan so‘ng orada g‘alvirlash jarayoni qo‘yiladi. Maydalash uchun konusli, jag‘li, qiska konusli maydalash mashinalari (drobilkalar)ishlatiladi (17- rasm). a. b. 19- rasm. a- konusli maydalash mashinasining ko‘rinishi, b – jag‘li maydalash mashinasining tuzilishi Ikki bosqichli maydalashda ruda 20 mm , uch bosqichli maydalashda 6,0 mm o‘lchamgacha maydalanadi. Maydalash jarayonidan chiqqan mahsulot oltin yuzasini to‘la ochish maqsadida yanchish jarayoniga yuboriladi. Yanchish ham maydalash kabi bir, ikki yoki uch bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Bosqichlar soni ruda tarkibidagi oltinni to‘liq ochilishiga bog‘liqdir. Yanchish jarayoni tegirmon deb nomlanuvchi dastgohlarda amalga oshiriladi. Yanchish jarayonida rudani quruq yoki ho‘l holatda (bo‘tana shaklida) olib borish mumkin. Tegirmonlar yanchadigan usuliga qarab ho‘l holatda o‘zi yanchar, sharli (soqqali), sterjenli va boshqa turlarga bo‘linadi. 151 O‘zbekiton Respublikasining oltin saralash fabrikalari va oltin ajratib olish zavodlarida ko‘pincha ikki bosqichli yanchish jarayoni qabul qilingan. Yanchishning birinchi bosqichida odatda o‘zi yanchar tegirmonlar, ikkinchi bosqichida esa sharli tegirmonlar qo‘llaniladi. Yanchish ho‘l holatda olib boriladi. Tegirmonlardan chiqadigan yanchilgan mahsulot bo‘tana shalida bo‘ladi. Yanchish jarayoni yanchish darajasi bilan belgilanadi. Yanchish darajajasini aniqlovchi ko‘rsatkich bu bo‘tana tarkibidagi 0,074 mm sinfining miqdoridir. Yanchilgan mahsulotda 0,074 mm sinfining miqdori oltin ishlab chiqarish sanoatida 80-85 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Bu ko‘rsatkichda ruda tarkibida oltin zarralari deyarli to‘liq ochiladi. Yanchish jarayonida belgilangan ko‘rsatkichga qadar yanchilmay qolgan rudani to‘liq yanchish maqsadida, tegirmonlardan chiqadigan mahsulot sinflanadi va yirik mahsulotlar qaytadan tegirmonlarga qaytariladi. Masalan Respublikamizadigi oltin saralash fabrikalarida yanchish jarayonining birinchi bosqichida tegirmon spiralli sinflagich, ikkinchi bosqichdagi tegirmonlar esa gidrosiklon deb nomlanuvchi sinflagichlar bilan birga ishlaydi. Tegirmon yonidagi spiralli sinflagichlar yirik o‘lchamli 1-3mm rudani qaytarib tegirmonga yuklaydi. Gidrosiklonda bo‘tana “qum” va “sliv” (suyuq bo‘tana) deb nomlanuvchi mahsulotlarga ajratiladi. Qum qaytadan yanchiladi, sliv esa keyingi jarayonlarga jo‘natiladi. Yanchilgan ruda bo‘tana shaklida boyitishga yoki gidrometallurgik qayta ishlash jarayonlariga yuboriladi. Boyitish jarayonlarining asosiy maqsadi oltinga boy boyitmalar olishdir. Oltin rudalarini boyitishning quyidagi usullari sanoatda keng tarqalgan: flotasion boyitish va gravitasion boyitish. Boyitish jarayonlarining belgilovchi asosiy omillardan biri bu oltin zarrachalarning yirikligi va zichligidir. Flotasion boyitish usuli asosan mayda va mayin oltin saqlovchi va sulfidli oltin saqlovchi rudalarni boyitishda qo‘llaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling