Metallurgiya
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIMYOVIY MUVOZANAT
- A + B = C + D
Nazorat savollari
1. Termodinamikaning ikkinchi qonuni qanday mazmun-mohiyatga ega? 2. Sistemadagi zarrachalarning tartibsizlik darajasini belgilaydigan termodinamik kattalik nima deyiladi? 3. Erkin energiya deganda nimani tushunasiz va metallurgiyada jarayonlarni qanday yo‘naltirish mumkin? 22 1.3. KIMYOVIY MUVOZANAT Metallurgik jarayonlarda kechadigan kimyoviy reaksiyalarning mohiyati boshlang‘ich moddalardagi bog‘lanishlarning uzilishi va reaksiya mahsulotlarida yangi bog‘lanishlarning paydo bo‘lishidan iborat. Bunda har qaysi element atomlarining reaksiyadan oldingi va reaksiyadan keyingi umumiy soni o‘zgarmasdan qoladi. Bog‘lanishlar hosil bo‘lishida energiya chiqishi, bog‘lanishlar uzilganda esa yutilishi sababli kimyoviy reaksiyalarda energetik effekt sodir bo‘ladi. Ma’lumki, agar boshlang‘ich moddalardagi uziladigan bog‘lanishlar puxtaligi reaksiya mahsulotlaridagi bog‘lanishlar puxtaligidan kam bo‘lsa energiya chiqadi, aks holda yutiladi. Odatda energiya issiqlik shaklida chiqadi yoki yutiladi. moddalarning o‘zgarishi haqidagi tasavvurlar, shuningdek, ularni sanoatda olishning iqtisodiy samaradorligi kimyoviy reaksiyalarning tezligi bilan bog‘liq. Kimyoviy reaksiyalarning tezliklari va mexanizmlari haqidagi bo‘lim kimyoviy kinetika deyiladi. kimyoviy reaksiyaning tezligi deganda sistemaning hajmi o‘zgarmaganda reaksiyaga kirishayotgan moddalardan birining konsentratsiyasining vaqt birligi ichida o‘zgarishi tushuniladi. A + B = C + D A yoki B modda sarflangan sari reaksiyaning tezligi muayyan vaqt oralig‘i uchun aniqlanishi mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. A moddaning (B moddaning) konsentratsiyasi t 1 vaqtda C 1 kattalik, t 2 vaqtda C 2 kattalik bilan o‘lchangani sababli ∆t = t 2 – t 1 vaqt ichida modda konsentratsiyasining o‘zgarishi ∆C = C 2 – C 1 bo‘ladi, bundan reaksiyaning o‘rtacha tezligi (V) aniqlanadi: V = C 2 – C 1 t 2 – t 1 = ∆C∆t Bu yerda A modda konsentratsiyasining va C 2 –C 1 ayirmaning qiymati manfiy bo‘lishiga qaramay, reaksiyaning tezligi faqat musbat kattalik bo‘lishi mumkin. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling