Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Nazorat savollari 
1. Termodinamikaning ikkinchi qonuni qanday mazmun-mohiyatga ega?
2. Sistemadagi zarrachalarning tartibsizlik darajasini belgilaydigan 
termodinamik kattalik nima deyiladi?
3. Erkin energiya deganda nimani tushunasiz va metallurgiyada jarayonlarni 
qanday yo‘naltirish mumkin?


22 
1.3. KIMYOVIY MUVOZANAT 
Metallurgik jarayonlarda kechadigan kimyoviy reaksiyalarning mohiyati 
boshlang‘ich moddalardagi bog‘lanishlarning uzilishi va reaksiya mahsulotlarida 
yangi bog‘lanishlarning paydo bo‘lishidan iborat. Bunda har qaysi element 
atomlarining reaksiyadan oldingi va reaksiyadan keyingi umumiy soni 
o‘zgarmasdan qoladi. Bog‘lanishlar hosil bo‘lishida energiya chiqishi, 
bog‘lanishlar uzilganda esa yutilishi sababli kimyoviy reaksiyalarda energetik 
effekt sodir bo‘ladi. Ma’lumki, agar boshlang‘ich moddalardagi uziladigan 
bog‘lanishlar puxtaligi reaksiya mahsulotlaridagi bog‘lanishlar puxtaligidan kam 
bo‘lsa energiya chiqadi, aks holda yutiladi. Odatda energiya issiqlik shaklida 
chiqadi yoki yutiladi. moddalarning o‘zgarishi haqidagi tasavvurlar, shuningdek
ularni sanoatda olishning iqtisodiy samaradorligi kimyoviy reaksiyalarning tezligi 
bilan bog‘liq. Kimyoviy reaksiyalarning tezliklari va mexanizmlari haqidagi 
bo‘lim kimyoviy kinetika deyiladi. kimyoviy reaksiyaning tezligi deganda 
sistemaning hajmi o‘zgarmaganda reaksiyaga kirishayotgan moddalardan birining 
konsentratsiyasining vaqt birligi ichida o‘zgarishi tushuniladi.
A + B = C + D 
A yoki B modda sarflangan sari reaksiyaning tezligi muayyan vaqt oralig‘i 
uchun aniqlanishi mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. A moddaning (B 
moddaning) konsentratsiyasi t
1
vaqtda C
1
kattalik, t
2
vaqtda C
2
kattalik bilan 
o‘lchangani sababli ∆t = t
2
– t
1
vaqt ichida modda konsentratsiyasining o‘zgarishi 
∆C = C

– C
1
bo‘ladi, bundan reaksiyaning o‘rtacha tezligi (V) aniqlanadi:
V = C

– C
1
 t
2
– t
1
= ∆C∆t 
Bu yerda A modda konsentratsiyasining va C
2
–C
1
ayirmaning qiymati 
manfiy bo‘lishiga qaramay, reaksiyaning tezligi faqat musbat kattalik bo‘lishi 
mumkin.

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling