Metallurgiya


Reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar. Kimyoviy reaksiyaning tezligi 
reaksiyaga kirishayotgan moddalarning tabiatiga, reaksiyaning borish shart–
sharoitlariga: konsentratsiya (C)ga, temperatura (t)ga, katalizatorlarning ishtirok 
etish-etmasligiga, hamda, ba’zi omillarga (masalan, gazlarda bo‘ladigan 


23 
reaksiyalarda – bosimga, qattiq moddalarning reaksiyalarida – moddalarning 
maydalanganligiga, radioaktiv nurlantirishga, ba’zi organik birikmalarda 
kechadigan reaksiyalarda – quyosh nuriga) bog‘liq bo‘ladi.
Kimyoviy 
reaksiya 
tezligiga 
reaksiyaga 
kirishayotgan 
moddalar 
konsentratsiyalarining ta’siri. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi reaksiyaga 
kirishayotgan moddalar konsentratsiyalari ko‘paytmasiga proporsionaldir. 
V = k · C
A
C
B
Bunda C
A
va C

– A va B moddalarning konsentratsiyalari, mol/l; k–
proporsionallik koeffitsienti, u reaksiyaning tezlik konstantasi deyiladi. Kimyoviy 
kinetikaning asosiy qonuni ko‘pincha ta’sir etuvchi massalar qonuni yoki 
reaksiyaning kinetik tenglamasi deyiladi.
Kimyoviy reaksiya tezligiga temperaturaning ta’siri. Reaksiya tezligining 
temperaturaga bog‘liqligi Vant–Goff qoidasi bilan aniqlanadi: temperatura har 10 
0
C ga ko‘tarilganda ko‘pchilik kimyoviy reaksiyalarning tezligi 2–4 marta ortadi. 
=

 
bunda Vt
1
, Vt

– tegishlicha boshlang‘ich (t
1
) va oxirgi (t
2
) haroratlardagi 
reaksiya tezligi,  – reaksiya tezligining harorat koeffitsienti, u reaksiaga 
kirishuvchi moddalarning harorati 10 
o
C ko‘tarilganda reaksiyaning tezligi necha 
marta ortishini ko‘rsatadi. 
Temperatura o‘zgarganda reaksiya tezligining tez o‘zgarishini aktivlanish 
nazariyasi tushuntirib beradi. Bu nazariyaga ko‘ra ushbu reaksiyani amalga 
oshirishga yetarli energiya bor aktiv molekulalar (zarrachalar) gina kimyoviy 
reaksiyaga kirishadi. Noaktiv zarrachalarga zaruriy qo‘shimcha energiya berish 
yo‘li bilan ularni aktiv zarrachalarga aylantirish mumkin – bu jarayon aktivlanish 
deyiladi. Aktivlanish usullaridan biri temperaturani oshirish; temperatura 
ko‘tarilganda aktiv zarrachalar soni ko‘payadi, shuning uchun reaksiya tezligi ham 
keskin ortadi.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalar molekulalarini (zarrachalarini) aktiv 
zarrachalarga aylantirish ushun ularga berilishi lozim bo‘lgan energiya aktivlanish 


24 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling