Metallurgiya


muvozanat  konsentratsiyasi


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

muvozanat 
konsentratsiyasi deyiladi. Ular odatda reaksiyaga kirishayotgan moddalarning 
o‘rta qavsga olingan formulalari bilan belgilanadi, masalan, [H
2
], [N
2
], [NH
3
], 
muvozanatmas konsentratsiyalar esa C(H
2
), C(N
2
), C(NH
3
)
kabi belgilanadi.




26 
Kimyoviy muvozanat holatiga reaksiyaga kirishayotgan moddalarning 
konsentratsiyasi, temperatura, gazsimon moddalar uchun esa bosim ham ta’sir 
etadi. Bu parametrlardan bittasi o‘zgarganida muvozanat buziladi va reaksiyaga 
kirishayotgan barsha moddalarning konsentratsiyalari yangi muvozanat qaror 
topgunga qadar o‘zgaraveradi, bu muvozanat konsentratsiyalarning boshqa 
qiymatlarida qaror topadi. Reaksiya sistemasining bir muvozanat holatidan 
boshqasiga bunday o‘tishi kimyoviy muvozanatning siljishi yoki surilishi 
deyiladi. Agar sharoit o‘zgarganida oxirgi moddalarning konsentratsiyalari 
ko‘paysa, muvozanat reaksiya mahsulotlari tomonga siljigan bo‘ladi, agar 
boshlang‘ich moddalarning konsentratsiyasi ko‘paysa, u holda muvozanat 
boshlang‘ich moddalar hosil bo‘lishi tomoniga siljigan bo‘ladi.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, temperatura va 
bosim (gazlardagi reaksiyalarda) o‘zgarganda kimyoviy muvozanatning siljish 
yo‘nalishi umumiy qoida bilan aniqlanadi, bu qoida siljuvshan muvozanat 
tamoyili yoki Le-Shatelye tamoyili deb ataladi. 
Kimyoviy jarayonda hosil bo‘ladigan mahsulotlar konsentratsiyasi ma’lum 
miqdorga yetganda reaksiya tezligi kamaya borishi ma’lum miqdordagi 
mahsulotning boshlang‘ich moddalarga aylanishi bilan bog‘langan. 
Bunday vaziyatda o‘ng tomonga boradigan reaksiya tezligi bilan chap 
tomonga boradigan reaksiya tezligi orasida ma’lum munosabat kuzatiladi. Bu 
munosabat o‘zgarmas bo‘lganda sistema dinamik muvozanat holatiga o‘tadi. 
Bunday muvozanatda qarama-qarshi tomon yo‘nalgan reaksiyalar tezliklari bir-
biriga teng bo‘lib vaqt birligida qancha mahsulot hosil bo‘lsa, shuncha miqdorda u 
parchalanib boshlang‘ich moddalarga aylanadi. 
Bunday sistemalar uchun quyidagi xususiyat mavjud: 
a) muvozanat holatidagi sistema tarkibi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi. 
b) Agar shunday sistemada tashqi ta’sir natijasida muvozanat buzilsa, u tashqi 
kuch yo‘qolishidayoq o‘z holatiga qaytib keladi. 
c) Dinamik muvozanatni omillar ta’sirida xohlagan tomonga siljitish mumkin 


27 
Qaytar reaksiyalar boshlangan vaqtda o‘ng tomonga boradigan reaksiya 
tezligi ma’lum miqdorda moddalar hosil qilib ortib boradi. U maksimal qiymatga 
ega bo‘lgandan keyin reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi kamaya 
boradi. Mahsulot miqdori ortib borishi natijasida teskari reaksiya tezligi ham ortib 
borishi tabiiydir. Shu jarayon qarama-qarshi tomon borayotgan reaksiyalar tezligi 
bir xil kattalikka ega bo‘lguncha davom etadi. Qaytar reaksiyalar holat muvozanat 
konstantasi tavsiflaydi. Uning ifodasini keltirib chiqaramiz. Qaytar reaksiya
aA+bB↔cC+dD 
uchun o‘ngga va chapga boradigan reaksiyalar tezlik ifodalari quyidagicha bo‘ladi:
V
o‘
=K
o‘ 
[A]
a
· [B]
b
va
V
ch
=K
ch 
[C]
c
· [D]
d
Bu yerda: K
o‘
va
K
ch 
ikkala reaksiyaning tezlik konstantalari. Ikkala reaksiya 
tezligi tenglashganda (V
ch
= V
o‘
) K
o‘
[A]
a
· [B]
b
= K
ch
[C]
c
· [D]
d
bo‘ladi.
Har bir qaytar reaksiya uchun bu qiymat ma’lum sharoitda doimiy kattalikka 
ega. U reaksiyada qanashuvchi moddalar konsentratsiyasiga bog‘liq emas, lekin 
temperatura o‘zgarishiga sezgir. Enderometrik jarayonlarda temperatura ko‘tarilsa, 
muvozanat konstantasi kattalashadi va aksincha ekzotermik jarayonlarda esa uning 
kichiklashishiga olib keladi. Muvozanat konstantasini hisoblash uchun reaksiyada 
qatnashuvchi moddalarning muvozanat konsentratsiyalarini amalda aniqlash talab 
etiladi. Bu qiymatlardan boshlang‘ich moddalar konsentratsiyasini hisoblash 
mumkin.
K
M
qiymati qancha katta bo‘lsa, mahsulot unumi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Muvozanat holatini katalizator o‘zgartirmaydi, lekin muvozanat holat qaror 
topishini tezlatadi. Ya’ni sistemaning statsionar holat kelishini osonlashtiradi.
Geterogen sistemalarda qattiq yoki suyuq moddalar konsentratsiyasi 
gazlarnikiga o‘xshab o‘zgartirmaydi. Ularning konsentratsiyalari reaksiya tezliklari 
ifodasiga kirmasligi to‘g‘risida aytib o‘tilgan edi. Shunday holat muvozanat 
konstanta ifodasi uchun ham o‘rin topadi.
Masalan, C
(q)
+CO
2
↔2CO
(g)
tenglamasi uchun K
M
=P
2
CO
/P
CO2
bo‘ladi.


28 
Har qanday muvozanat holatidagi sistemaga tashqi omillar (reaksiyada 
qatnashuvchi moddalar konsentratsiyasi, gazlar uchun tashqi bosim,temperatura) 
ta’siri natijasida muvozanat o‘zgarishi kuzatiladi.
Muvozanatning o‘zgarishini 1884-yilda Le-Shatelye ta’rifladi: muvozanat 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling