Metallurgiya


 Ikki va uch komponentli sistemaning fazali diagrammasi


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

 
1.4.1. Ikki va uch komponentli sistemaning fazali diagrammasi. 
 Metall sulfidlari – sulfidli rudalar va shteynlarning asosiy tashkil 
qiluvchisidir. Ular turli xil ko‘rinishda mavjud bo‘ladi. Masalan, kovellin – CuS, 
xalkozin – Cu
2
S, millerit – NiS, sfalerit – ZnS, galenit – PbS, temir sulfidi – FeS, 
pirit – FeS
2
, monoklinik pirrotin – Fe
7
S
8
, geksagonal pirrotin – Fe
12
S
13
va hokazo. 
Bularning ichida temirning oltingugurtli birikmalari pirometallurgik jarayonlarda 
juda katta ahamiyatga ega. Chunki ular sheynning asosiy qismini tashkil qiluvchi 
minerallar hisoblanadi. Bu esa temir va oltingugurtning birgalikdagi holat 
diagrammalarini ko‘rishni taqozo etadi. Quyida temir – oltingugurt sistemasining 
holat diagrammasi keltirilgan bo‘lib, bu sistemada bitta turg‘un kimyoviy birikma 
paydo bo‘ladi. Bu birikmaning nomi – pirrotin (1- faza), formulasi – Fe
x
S
y
 
(monoklinik – Fe
7
S
8
va geksagonal – Fe
12
S
13
). Bundan tashqari 745
0
C cheklangan 
haroratda mustahkam bo‘lgan kimyoviy birikma – pirit (FeS
2
, 2- faza) ham 
mavjuddir (6- rasm). Ammo 745
0
C dan yuqori haroratda pirit parchalanadi: 
FeS
2
→ FeS + 0,5S

Shuni aytib o‘tish joizki, nazariyada kimyoviy birikmaning tarkibi unga 
yoziladigan formulaga mos kelmaydi. Masalan, temir sulfidining (ya’ni 
pirrotinning) formulasi Fe
1-x
S ga to‘g‘ri keladi. Bu kristall panjarada temir 
atomlarining oltingugurt atomlariga nisbatan x – o‘lchamga kamligini bildiradi. 
Demak, x – pirrotinning kristallik tuzilishidagi temirning vakansiyasidir. Bu esa 
stexiometrik birikmaning to‘liq bo‘lmaganini bildiradi.


34 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling