Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

koagulyatsiya deb ataladi. Ba’zi kolloid eritmalar koagulyatsiya natijasida iviq 
massa holatiga o‘tadi, bu holatdagi modda gel (yoki iviq) deb ataladi. Masalan, 3 
% li jelatina issiq suvda gelga yoki iviqqa aylanadi. Buning sababi shundaki, 
kolloid zarracha juda ko‘p suv molekulalarini o‘z atrofiga yig‘adi. Ko‘p gellar 
kundalik turmushda (masalan, jele, marmelad, ba’zi bir nozu-ne’matlar) ko‘plab 
ishlab chiqariladi va foydalaniladi. 
Dag‘al dispers sistemalar suspenziyalar va emulsiyalarga bo‘linadi. 
Suspenziyalardispers zarrachalarning o‘lchami 100 nm dan katta, zarrachalarni 
asbobsiz ko‘z bilan ko‘rish mumkin, oson cho‘kadi, ba’zan bir necha daqiqa 


44 
mobaynida cho‘kadi, oddiy filtrlarda (qog‘oz filtrda) ushlanib qoladi.
Emulsiyalar–dispers zarrachalarning o‘lchami 100 nm dan katta, ayrim 
tomchilarni asbobsiz ko‘z bilan ko‘rish mumkin, masalan o‘simlik moyi yoki 
benzinning suv bilan aralashmasi. 
Eritmaning eng muhim xarakteristikasi uning konsentrasiyasidir. Eritmaning 
muayyan miqdorda erigan modda miqdori eritmaning konsentrasiyasi deyiladi.
Barcha eritmalar o‘zidan elektr tokini o‘tkazishiga ko‘ra ikki sinfga bo‘linadi: 
elektrolit va noelektrolitlar. Elektrolit eritmalar o‘zlaridan elektr oqimini yaхshi 
o‘tqazadi. Bunaqangi eritmalarga kislota, asos, va tuzlarning suyuq eritmasi kiradi. 
Noelektrolit eritmalar ko‘proq organik modda eritmasi kiradi.
Chin eritmalar – ikki (yoki bir qancha) moddning bir jinsli aralashmasidir. 
Chin eritmalar har xil agregat ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Asosan suyuq 
eritmalar to‘g‘risida to‘хtalamiz. Suyuq eritmalar erituvchi va erigan yoki eruvchi 
moddadan tashkil topadi. Chin eritmada dispers muhit, erituvchi dispers faza 
eruvchi deb nomlanadi. Erish jarayonida o‘z agregat holatini saqlab qolgan modda 
erituvchi hisoblanadi. Bir modda ichida boshqa bir moddaning ma’lum darajada 
madalangan zarrachalar hamda taqsimlanishi natijasida hosil bo‘lgan sistema 
dispers sistema deyiladi. Ma’lum darajada maydalangan holda taqsimlangan 
modda dispers faza deyiladi. Bu moddani o‘rab olgan moddalar esa dispers muhit 
deb ataladi.
Eritmalar uch sinfga bo‘linadi: ideal eritmalar, cheksiz suyultirilgan eritmalar 
va ral eritmalar.
Ideal eritmalar deb bir хil agregat holatidagi va istalgan nisbatdagi tarkibiy 
qismlardan 
hosil 
bo‘ladigan, 
issiqlik 
effekti 
ajralmaydigan, 
hajmi 
o‘zgarmaydigan, ideal gazlar aralashganda entropiyaning o‘zgarishi sodir bo‘lgan 
o‘zgarishga ΔS = ΔS ideal hamda ΔV = 0, ΔH = 0 ga teng bo‘lgan eritmalarga 
aytiladi.
Cheksiz suyultirilgan eritma – bu хil eritmalarda erigan moddaning 
konsentrasiyasi cheksiz kichik bo‘ladi. Ideal bo‘lmagan har qanday cheksiz 


45 
suyultirilgan eritmada erituvchi ideal eritmalar qonuniga bo‘ysunadi. Erigan 
modda esa bo‘ysunmaydi.

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling