Metallurgiya


eritmada to‘yingan eritmadagiga qaraganda kamroq, o‘ta to‘yingan eritmada


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

eritmada to‘yingan eritmadagiga qaraganda kamroq, o‘ta to‘yingan eritmada esa 
ko‘proq modda bo‘ladi. O‘ta to‘yingan eritmalar ancha beqarordir. Idishni salgina 
chayqatish yoki eritmaga tuz kristalidan qo‘shish ortiqcha erigan moddaning 
cho‘kmaga tushishiga sabab bo‘ladi. 
Ko‘pincha kam eriydigan va amalda erimaydigan moddalar umumiy nom 
bilan kam eriydigan moddalar deyiladi. 
Eruvchanlik miqdoriy jihatdan to‘yingan eritmaning konsentratsiyasi bilan 
ifodalanadi. Ko‘pincha u berilgan temperaturada 100 g erituvchida erish mumkin 


42 
bo‘lgan moddaning eng ko‘p grammlar soni bilan ifodalanadi. Bu miqdor ba’zan 
eruvchanlik koeffitsienti yoki oddiygina qilib moddaning eruvchanligi deb 
ataladi. Masalan, 18 
0
C da 100 g H
2
O da 51,7 g Pb(NO
3
)
2
eriydi. (ya’ni Pb(NO
3
)
2
ning eruvchanligi 18 
0
C da 51,7 ga teng). 
Moddaning eruvchanligi haqida gapirilganda erishdagi temperaturani albatta 
ko‘rsatish kerak. Ko‘pincha qattiq moddalarning eruvchanligi temperatura 
ko‘tarilishi bilan ortadi. Bu eruvchanlik egri chiziqlari yordamida yaqqol 
tasvirlanadi. Abssissalar o‘qiga temperatura, ordinatalar o‘qiga eruvchanlik 
koeffitsienti qo‘yiladi. Eruvchanlik egri chiziqlari yordamida moddalarning turli 
temperaturadagi 
eruvchanlik 
koeffitsienti 
oson 
aniqlanadi. 
Temperatura 
pasayganida eritmadan moddaning ajralib chiqishi kristallanish deyiladi.
Moddalarning erishida issiqlik effekti sodir bo‘ladi: moddaning tabiatiga 
qarab issiqlik chiqadi yoki yutiladi. Erish jarayonida issiqlik chiqqanida 
ekzotermik jarayon (H0), issiqlik yutilganida endotermik jarayon (H0) 
amalga oshadi. Erish issiqligi H-bu 1 mol modda eriganida ajralib chiqadigan 
yoki yutiladigan issiqlik miqdoridir. Masalan, KOH uchun H
0
=-55,65 kjmol, 
NH
4
NO
3
uchun esa H
0
=+26,48 kjmol. 
Erigan moddaning erituvchi bilan kimyoviy o‘zaro ta’siri natijasida 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling