Metallurgiya


- rasm. Fе-S sistemasining holat diagrammasi


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

6- rasm. Fе-S sistemasining holat diagrammasi 
Stexiometrik birikma shunday birikmaki, ularning olinishida dastlabki 
elementlar ularning molekular og‘irligi nisbatida olingandir. 
1.4.2. Fazalar qoidasi va erkinlik darajasini aniqlash 
Sistemaning boshqa qismlaridan chegara sirt bilan ajralgan, ulardan o‘z 
termodinamik xossalari va kimyoviy tarkibi bilan farq qiladigan qismi – faza  (F
deyiladi. Bir fazadan iborat sistema – gomogen sistema, bir necha fazadan iborat 
sistema – geterogen sistema deyiladi. Suyuq va qattiq fazalar – kondensatlangan 
(quyuqlashgan) fazalar deyiladi.
Komponentlar soni (K) – sistemadan ajratib olinganda mustaqil mavjud bo‘la 
oladigan moddalar (tarkibiy qismlar) sonini bildiradi. Masalan, NaCl ning suvdagi 
eritmasida ikkita – NaCl va H
2
O komponentlari mavjud. 
Sistemaning 
termodinamik 
xossasini 
aniqlash 
uchun 
zarur 
bo‘lgan 
parametrlarning eng kichik soni – erkinlik darajasi deyiladi. Erkinlik darajalari 
soni (C) – fazlar sonini o‘zgartirmasdan turib, ma’lum chegarada o‘zgartirilishi 
mumkin bo‘lgan mustaqil o‘zgaruvchi kattaliklar parametrlari soniga teng. 
Gibbsning fazalar qoidasi geterogen sistemalar uchun qo‘llaniladi: 
φ(F, K, C) = 0
Uning matematik ifodasi quyidagilarga teng: 


35 
Agar sistema tarkibida uchuvchan birikmalar bo‘lsa, u holda bu sistema uchun 
ikkita parametr – bosim va harorat ahamiyat kasb etadi. Uning ifodasi quyidagicha: 
C = K - F + 2  
Bu yerda: C – sistemaning erkinlik darajalari soni; 
K – sistemadagi komponentlar soni; 
F – sistemadagi fazalar soni.
Agar sistema faqat qattiq va suyuq holatlardan iborat bo‘lsa, bosim o‘zgarmas 
bo‘lgani uchun erkinlik darajasi bittaga kamayadi hamda gaz fazasi hisobga 
olinmaydi. Uning ifodasi esa quyidagicha:

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling