Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

energiyasi deyiladi. U E
a
bilan belgilanadi va tajriba yo‘li bilan aniqlanadi hamda 
kJ/mol da ifodalanadi.
Kataliz va katalizatorlar haqida tushuncha. Kimyoviy reasiyaning 
tezligini katalizatorlar yordamida oshirish mumkin, chunki temperaturani 
oshirgandan ko‘ra katalizator ishlatgan afzalroq, bundan tashqari temperaturani 
hamma vaqt ham oshirish mumkin emas. 
Kimyoviy reaksiyalarning tezligini o‘zgartiradigan moddalar katalizatorlar 
deyiladi. Ba’zi katalizatorlar reaksiyani tezlashtiradi–musbat kataliz yoki kataliz
boshqalari sekinlashtiradi – manfiy kataliz deyiladi. 
Manfiy kataliz ko‘pincha ingibitorlash, reaksiya tezligini kamaytiruvchi 
manfiy katalizatorlar esa ingibitorlar deyiladi. 
Katalizatorlar ishtirokidagi kimyoviy reaksiyalar katalitik reaksiyalar 
deyiladi. Katalizatorning o‘zi reaksiyalarda sarflanmaydi va oxirgi mahsulotlar 
tarkibiga kirmaydi. Katalizning ikki turi–gomogen (bir jinsli) va geterogen (bir 
jinsli emas) katalizlar bor. 
Gomogen katalizda reaksiyaga kirishuvchi moddalar va katalizator bir 
fazali sistemani–gaz yoki suyuqlik sistemani hosil qiladi, katalizator bilan 
reaksiyaga kirishuvchi moddalar orasida chegara sirti bo‘lmaydi. Masalan: H
2
O
2
ning tuzlar eritmasi ishtirokida parchalanishi.
Geterogen katalizda reaksiyaga kirishuvchi moddalar bilan katalizator turli 
fazalardan iborat sistemani hosil qiladi. Bunda reaksiyaga kirishuvchi moddalar 
bilan katalizator orasida chegara sirti bo‘ladi. Odatda katalizator – qattiq modda
reaksiyaga kirishuvchi moddalar – gazlar yoki suyuqliklar bo‘ladi.
A + K = AK AK + B = AB + K A + B = AB 
Ba’zi moddalar qattiq katalizatorlarning aktivligini kamaytiradi yoki 
butunlay yo‘qotadi. Bunday moddalar katalitik zaharlar deyiladi. Masalan: As, Hg, 
Pb birikmalari, ionli birikmalar. Lekin o‘zi katalizator bo‘lmay turib, shu reaksiya 
katalizatorlarning ta’sirini ko‘paytiradigan moddalar ham bor. Bu moddalar 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling