Metallurgiya
Avtogen jarayonlar haqida ma’lumot
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. «Mitsubisi» jarayonining umumiy ko‘rinishi
Avtogen jarayonlar haqida ma’lumot
Avtogen jarayonlar deb, metallurgiya sanoatida shunday texnologik jarayonlarga aytiladiki, ular tashqaridan issiqlik manbai sarfisiz, ichki energetik zahiralar hisobidan boradi. Sulfidli xom ashyoni qayta ishlaganda pirometallurgik jarayonning avtogen borishi, qayta ishlanayotgan shixta sulfidlarining yonish ekzotermik reaksiyalari va shlak hosil bo‘lish reaksiyalari isssiqligi hisobiga amalga oshadi. Oksidlovchi reagent sifatida havo, kislorodga boyitilgan havo yoki texnologik kislorod ishlatilishi mumkin. Hozirgi vaqtga kelib, to‘g‘ridan–to‘g‘ri xomaki mis olishga mo‘ljallangan turli variantlar tavsiya etilmoqda, lekin faqat uchta jarayon: «Noranda», «Misubisi», suyuq vannada eritish sanoatda o‘z o‘rnini topdi. Quruq mis boyitmalarini «Noranda» usuli bilan uzluksiz eritish uzunligi 21,3 m, diametri 5,2 m gorizontal silindrik aylanma uskunalarda amalga oshiriladi. 37 % gacha kislorodga boyitilgan havo shixta yuklash uchastkasida joylashtirilgan furmalar orqali kiritiladi. Eritish natijasida 70-75 % Cu li shteyn olinadi. «Misubisi» jarayoni to‘g‘ridan – to‘g‘ri qoramtir mis olishga mo‘ljallangan uzluksiz avtogen eritish hisoblanadi. Texnologiyaning hamma asosiy bosqichlari – eritish, konverterlash, shlaklarni kambag‘allashtirish alohida ovalsimon uchta stasionar pechda olib boriladi. Oraliq mahsulotlar uzluksiz ravishda bir pechdan boshqasiga oqib o‘tadi (1-rasm). 6 1-rasm. «Mitsubisi» jarayonining umumiy ko‘rinishi: 1-eritish pechi; 2-shlakni birlashtirish pechi; 3-konvertorlash pechi; 4-mikser; 5- flyus, havo, kislorod, sovutuvchi suyuqlik; 6-chiqindi gazlar; 7-konvertor shlaki; 8- shteyn; 9-shteyn va shlak; 10-birlashtirilgandan sungi shlak; 11-shixta, flyus, havo, kislorod; 12-xomaki mis. Vanyukov eritish jarayoni – mis, mis – nikel, mis – rux va boshqa og‘ir rangli metall boyitmalarini qayta ishlash uchun ishlatiladi. Vanyukov jarayonini sanoatda qo‘llash uchun shaxta ko‘rishidagi pechlardan foydalanish tavsiya etilgan. Vanyukov pechlarining optimal uzunligi agregatning kerakli quvvat birligiga bog‘liq bo‘lib, 10 m dan 30 m va undan uzun bo‘lishi mumkin. Pechlarning eni havo purkash mashinalari imkoniyati va eritish natijasida olinayotgan eritmalarning xossasiga bog‘liq bo‘lib, 2,5 – 3 m ni tashkil etadi; umumiy balandligi 6 – 6,5 m bo‘ladi. Vanyukov pechining alohida xususiyati purkash furmalarining pechning pastki qismiga nisbatan (1,5 – 2 m dan) yuqorida joylashganidir. Vanyukov eritish jarayonining xarakterli xususiyati, avval ko‘rilgan jarayonlardan tamomila farqi shundaki, shixtani erishi va sulfidlarni oksidlanishi shteynli eritmada emas, shlakli eritmada boradi, eritish mahsulotlari pechda boshqa ma’lum eritish usullari singari gorizontal yo‘nalishda emas, vertikal – tepadan pastga qarab harakatlanadi10.2-rasm). Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling