Metallurgiya


solvatlar (erituvchi suv bo‘lganida gidratlar


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

solvatlar (erituvchi suv bo‘lganida gidratlar) deyiladigan birikmalar hosil bo‘ladi.
Bunday birikmalarning hosil bo‘lishi jihatidan eritmalar kimyoviy birikmalarga 
o‘xshaydi.
Rus kimyogari D. I. Mendeleyev eritmalarning kimyoviy nazariyasini 
yaratdi, uni juda ko‘p tajribalar bilan asoslab berdi va 1887 yilda “Suvdagi 
eritmalarni solishtirma og‘irligiga ko‘ra tekshirish” nomli kitobida bayon qilib 
berdi. 
Eritmaning sinflari. Moddalar suv bilan aralashtirilganda bir jinsli 
(eritmaga xos xususiyat) hamda ko‘p jinsli sistemalar, ya’ni suspenziya va 
emulsiyalar hosil qilishi mumkin. Erish jarayonida dastlab moddalar maydalanadi, 
shu sababli haqiqiy eritmalar, shuningdek, suspenziya va emulsiyalar dispers 


43 
sistemalar jumlasiga kiradi (disperslanish-maydalanish demakdir). Dispers 
sistemalar juda ko‘p bo‘ladi, ular bir-biridan qanday zarrachalar (qattiq, suyuq va 
gazsimon) ekanliklari va qanday muhitda (suyuq va gazsimon holatlarga) 
aralashganliklari bilan farq qiladi. Masalan, tutun yoki havodagi chang, bunda 
havo gazlar aralashmasi, tutun yoki chang-maydalangan qattiq jism zarrachalaridir. 
Tarkibi–dispers muhiti–suv va boshqa suyuqliklar bo‘lgan dispers sistemalar 
dispers zarrachalarning o‘lchamlariga qarab haqiqiy eritmalar yoki eritmalar, 
kolloid eritmalar, dag‘al dispers sistemalar yoki suspenziya va emulsiyalarga 
bo‘linadi. 
Haqiqiy eritmalarning dispers zarrachalari juda kichik o‘lchamlarga ega, 
shuning uchun ularni bir jinsli sistemalar deb ataladi. Zarrachalarning o‘lchamlari 
1 nm (10
-9
m) dan kichik bo‘ladi. 
Kolloid eritmalarda dispers zarrachalarning o‘lchamlari 1-100 nm, hatto 
undan ham katta bo‘lib, bu zarrachalar juda ko‘p molekula yoki atomlardan 
iboratdir. Kolloid eritmalar ba’zi yuqori molekular moddalarni, masalan, oqsillarni 
suvda eritish natijasida, shu bilan birga kimyoviy reaksiyalar oqibatida ham hosil 
bo‘ladi. Ularning xarakterli hossasi tiniqligi hisoblanadi. 
Ba’zi kolloid eritmalar qaynatilganida elektr zaryadga ega bo‘lgan ionlar 
desorblanadi, natijada kolloid zarrachalar yiriklasha boshlaydi va idish tubiga 
cho‘kib qoladi. 
Kolloid zarrachalarning bir-biriga yopishib, eritmadan cho‘kish hodisasi 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling