Qiyin eriydigan metallarning kimyoviy birikmalarining xossalarini o‘rganish; №10 laboratoriya mashg‘uloti


Download 6.11 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi6.11 Kb.
#1515070
Bog'liq
YMT va KKM lab №10 (1)


Qiyin eriydigan metallarning kimyoviy birikmalarining xossalarini o‘rganish;
№10 LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Qiyin eridigan metallarning kislorodsiz kimyoviy birikmalarga asosan IV – VI guruxidagi oraliq metallari kiradi.
IV-VI oraliq metallarning asosiy xususiyatlaridan biri ularning tashqi valentli orbitalarida bo‘sh energetik pog‘onasi bo‘lib C, N, B va Si bilan mustaxkam kimyoviy bog‘ xosil qiladilar. Qiyin eridigan metallarning nometallar bilan bunday bog‘lanish natijasida yuqori temperaturalarda eriydigan, juda qattiq, agressiv muxitga bardosh beruvchi kimyoviy birikmalar xosil bo‘ladi. Bundan tashqari bunday birikmalar metallik xossalarini namoyon etib yuqori elektr va issiqlik o‘tkazuvchanlikga ega bo‘lishadi.
Erish haroratlari: W=3400°C; Re=3180 C; Ta=2996°C; Mo=2625
°C; Nb=2500°C; Cr=1910°C; V= 1900°C; Zr=2860DC;
Ti=1725°C.
Qiyin eriydigan metallarning kislorodsiz kimyoviy biriklariga
Karbidlar C
TiC
TaC
NbC
WC
VC
Mo2C
Cr3C2
Nitridlar N
TiN
TaN
NbN
ZrN
VN
Baridlar B
TiB2
TaB2
NbB2
CrB2
VB2
WB2
MoB2
Silidsidlar Si
TiSi2
TaSi2
NbSi2
CrSi2
VSi2
WSi2
MoSi2
KARBIDLAR — uglerodning, asosan, metallar va baʼzi metallmaslar bilan hosil qilgan qiyin eridigan metallar.
Qiyin eriydigan metallar karbidlarning asosiy fizik-mexanik xossalari
Qiyin eriydigan metallarning mexanik, elektrik, fizik xossalarining bir-biriga mosligi (“optimal”) ularni ko‘p sohalarda ishlatilishiga sababdir.
Karbidlarning asosiy xossalariga uning qattiqligi va yeyilishga bardoshligi va zarbiy qovushqoqligi kiradi. Karbidlar ichida aynan xamma xossalari bo‘yicha ishlab chiqarishni qanoatlantiradigan turi yo’q. Masalan eng yuqori mikroqattiqlikga ega bo‘lgan karbidlarga titankarbid – 32,0 GPa va vanadiykarbid - 28,0 GPa. Ammo ularning elastiklik moduli volfram karbidnikidan ancha past. Bundan tashkari karbidlar ichida eng yuqori yeyilishga bardoshi aynan volfram karbid xisoblanadi
Karbidlar ichida eng yomon xossalarga ega bo‘lgani bu karbid xrom bo‘lib u juda murakab kristal panjaraga ega. U kimyoviy xossasiga ko‘ra tarkibida uglerod miqdori turlicha bo‘lgan karbidlarni xosil qiladi.
Nitridlar — azotning elektr musbat elementlar, asosan, metallar bilan hosil qilgan birikmalariga aytiladi.
Nitridlar – kiyin eridigan metallarning bu tur kimyoviy birkmalari asosan kimyoviy birikmalar ichida juda kichik mikroqattiqlikga ega bo‘lgan turga kiradi. Bundan tashqari nitridlar juda mo‘rt bo‘lib yeyilishga bardoshligi nisbatan kichik.
Nitridlarning asosiy xossalari nisbatan yomon bo‘lsada ularning kimyoviy turg‘unligi boshqa birikmalardan ancha ustun turadi. Bundan tashqari ularning issiqlikbardoshligi juda yuqori. Ular ochik xovoda yuqori temperaturalargacha kislorod ta’siridan kimyoviy parchalanmaydi.
Nitridlarning asosiy xossalari
Boridlar — borning metallar bilan birikmasi. Boridlar - qiyin eridigan metallarning kislorodsiz kimyoviy birikmalar ichida eng yuqori mikroqattiqlikga ega bo‘lgan birikmalari bo‘lib ularning ichida eng kattiki titan ikki boridi xisoblanadi. Bor birikmalariga yukori elektr o‘tkazuvchanlik, yukori erish xaroratiga ega bo‘lishlik va issiklikdan kengayish koeffitsenti past bo‘lishligi ularning o‘zgacha xossalariga kiradi.
Boridlarning asosiy fizik-mexanik xossalari
Silitsidlar (lot. Silicium — kremniy) — kremniyning metallar va baʼzi metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalarga aytiladi. Silitsidlar – ular o‘zining ko’pchilik xossalariga ko‘ra boridlarni eslatadi, silsidlar birikmalarda metal va kremniy atomlarning o‘rtasida metall xamda kovolent bog‘lar xosil qilishadi. Xudi borlar kabi birikmada kremning mikdori ortishi bilan juda murakab tuzilishga ega bo‘lgan birikmalar xosil bo‘lla boshlaydi.
Silsidlarning asosiy fizik-mexanik xossalari
E’tiborining uchun rahmat!
Download 6.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling