Method of calculating the dimensions of greenhouse-type single slope watermaker by taking into account the accumulation of solar energy parnik tipidagi bir nishabli suv chuchutgichi o
Tadqiqot obyekti va qo‘llanilgan metodlar
Download 2.25 Mb.
|
Документ
Tadqiqot obyekti va qo‘llanilgan metodlarQuyosh suv chuchutgichi quyidagi tamoyil asosida ishlaydi: Quyosh nurlari shaffof qismdan (oyna, polietilen plyonka) o’tib, suv chuchutgichning pastki qismida joylashgan sho’r suvni qizdiradi va bug’lantiradi. Chuchutgich qutisida hosil bo’lgan konvektiv oqimlar tufayli bug’ va havo aralashmasi suv chuchutgich shaffof qismini ichki yuzasiga tegib bug’ va havo aralashmasining kondensatsiyasi paydo bo’ladi (suv tomchisi). Chunki bug’ havo aralashmasining harorati ichki shaffof sirt haroratidan yuqoridir. Olingan kondensat shaffof yuzani ichki sirtidan pastga yig’ilib, maxsus idishda to’planadi. Kondensatsiya paytida chiqarilgan bug’lanishning yashirin issiqligi shaffof yuzasidan konveksiya va radiatsion nurlanish orqali atrofdagi havoga uzatiladi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, quyosh suv chuchutgichlarining samaradorligi bevosita ularning o’lchamlarini to’g’ri tanlanishiga va ishlatilgan quyosh akkumulyatoriga bog’liq bo’ladi Ushbu tadqiqotning maqsadi energiyaning to’planishini hisobga olgan holda oddiy tipdagi suv chuchutgichning geometrik o’lchamlarini optimal qiymatlarini aniqlash usulini ishlab chiqish, va qurilmaning balandlik va uzunlik nisbatlarini aniqlashdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish uchun bir nishabli uchburchak shaklidagi quyosh suv chuchutgichining balandlik va uzunlik nisbatlarini aniqlashni hisoblash usuli ishlab chiqilgan. Agar quyosh nurlanishi chuchutgichga asosan uning shaffof yuzasi orqali kirsa va umumiy issiqlik yo’qotilishini va to’plangan energiya chuchutgichning umumiy yuzasi bilan aniqlansa, u holda quyosh suv chuchutgichlari uchun kunlik issiqlik yo’qotish energiyasi quyidagicha hisoblanadi: (1) (2) Bunda -chuchutgichning shaffof bo’lmagan qismining yuzasi; F1- chuchutgichning orqa tomonining yuzasi; Fy-yon tomonining yuzasi; Fsh-shaffof sirt yuzasi; chuchutgich ichkarisidagi va tashqaridagi havo haroratining o’rtacha kunlik farqi; - kun davomida quyoshning davomiyligi; q0 - chuchutgich qurilmasi kamerasiga kirayotgan quyosh energiyasining solishtirma oqim qiymati. Biz quyidagi kattaliklarni qabul qilamiz: l-qurilmaning uzunligi va h-qurilma shaffof qismining balandligi (1-rasm), issiqlik yo'qotish koeffitsientlariga bog'liqlikning aniq shaklini o'rnatamiz - va qurilmaning pastki qismidan foydalanish - , akkumulyatsiya qilish koeffitsientini П, l va h ga bog’liqligi. Qurilma tomonlarining yuzalari F1, Fy , Fsh va Fshb lar bilan belgilanadi: , Fsh=AA AB , Fshb=F1+2Fy+Fsh . (3) F1, Fy , Fsh va Fshb larni - shaffof sirtning gorizontga nisbatan burchagini m orqali ifodalaymiz: , (4) (5) 2 (4) va (5) ifodalarni mos ravishda (1) va (2) formulalarga qo’yamiz; keyin lar uchun hosil bo’lgan ifodani issiqlik yo’qotish koeffitsientini topish formulasi ga nisbatini aniqlash uchun qo’yamiz: , (6) Bunda –mos ravishda suv chuchutgichning shaffof va shaffof bo’lmagan qismlari orqali issiqlik uzatish koeffittsientlari. (6) ifoda issiqlik energetikali bir nishabli uchburchakli quyosh suv chuchutgichlarining issiqlik yo’qotish koeffitsientini aniqlovchi tenglama hisoblanadi. (1rasm). Issiqlik energetikali bir nishabli uchburchakli quyosh suv chuchutgichining pastki qismining yuzasi va tashqi qismining yuzasi quyidagi formulalar bilan aniqlanadi: =F1+2Fy+Fsh=hl+ . Suvni chuchutish jarayonida muhim fizik ma'noga ega bo'lgan qurilmaning pastki qismidan foydalanish koeffitsienti Fpastki ning Fto’s ga nisbati bilan aniqlanadi: . (7) (7) ifoda bir nishabli uchburchak shaklidagi quyosh suv chuchutgichining pastki qismidan foydalanish koeffitsientini aniqlash tenglamasi hisoblanadi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling