Методы обучения юных гандболистов
To‘pni egallash texnikasiga o‘rgatish
Download 410.66 Kb.
|
yosh gandbolchlarni orgatish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘pni uzatish.
To‘pni egallash texnikasiga o‘rgatishTo‘pni ilish. Sheriklardan toʻpni ilishga kiriishdan oldin toʻpning vazniga, shakliga, qattiq yoki yumshoqligiga koʻnikma hosil qiluvchi quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin. Oldinga toʻpni tashlab, uni erga tushirmasdan ilib olish. Toʻpni oldinga tashlab, uni erdan sapchigandan soʻng ilib olish. Toʻpni oʻng qoʻlda tashlab, chap qoʻl bilan ilib olish. Toʻpni boshdan, elkadan, oyoq orasidan tashlab, uni ilib olish. Baravariga ikki toʻpni tashlash va ularni ilib olish. Shugʻullanuvchi yordamchi mashqlarni bajarishda toʻpni oʻziga qulay usullar bilan ilishi mumkin. Uning oldiga qoʻyiladigan vazifa – toʻpni ilib olgandan soʻng, boshqa oʻyin harakatlarini bajarishga tayyor turishidir. Shundan soʻng toʻpni ilish usulini oʻrgatishga kirishiladi. Sheriklardan biri toʻpni uzatadi, ikkinchisi esa uni aniq bir usulda (yuqoridan, yondan, pastdan) ilishga intiladi. Buning uchun toʻp har xil traektoriyada uzatilishi lozim. Avval joydan turib, soʻng yurish holatida va yugurish holatida ikki qoʻllab va oxiri bir qoʻllab ilish oʻrgatiladi. Toʻpni ilish uzatish bilan birga oʻrgatilsa samarali boʻladi. Mashqlarni tanlashda ilish sharoitini muntazam qiyinlashtirib borish lozim. To‘pni uzatish. Toʻpni uzatishni oʻrgatishdan avval uni toʻgʻri ushlashga oʻrgatish kerak. Buning uchun toʻp vazni va hajmi shugʻullanuvchilar yoshi va jinsi bilan oʻzaro mos boʻlmogʻi kerak. Toʻpni ushlashda kaftlar bo„sh holatda, barmoqlar erkin «optimal» harakatda boʻlishi lozim. Bunday malakani hosil qilish uchun quyidagi mashqlardan foydalaniladi: Qoʻllarni oldinda tutib, bir qoʻldan ikkinchi qoʻlga barmoqlar yordamida toʻp uzatish. Joyda turib yurgan va yugurgan holda bir qoʻldan ikkinchi qoʻlga gavda atrofidan toʻp uzatish. Toʻpni bir va ikki qoʻlda tutib har xil tomonlarga: oldinga, yonga hamla qilish. Joyda turib, yurgan va yugurgan holatda toʻpni uzatish va otishni «imitatsiya» qilish. Oʻrgatishni yuqoridan qoʻlni siltab toʻp uzatishdan boshlash kerak. Devorda belgilangan nishondan 3-4 m masofada qoʻllar yuqoriga koʻtarilib, har xil oyoqlar oldinga qoʻyilib va 3 qadamdan soʻng toʻp uzatiladi. Keyinchalik sheriklar birbiriga qarama-qarshi turib toʻp uzatishlarni bajaradi. Bir qadamdan soʻng, maydondan sapchitib, kamalak-simon «traektoriya»da toʻp uzatishlar. U yoki bu usuldagi toʻp uzatishlarni oʻrgatishda shugʻullanuvchilarga tushuntirilgandan soʻng, ular mashqlarni mustaqil bajarishga kirishadi. Oʻqituvchi shugʻullanuvchilarning dastlabki holatini, qoʻl va oyoq, gavda holatining toʻgʻriligini nazorat qiladi va xatolarini toʻgʻirlaydi. Toʻp uzatishni uzoq vaqt bir joyda turib takomillashtirish mumkin emas. Asosiy holat oʻzlashtirilgandan soʻng, darhol harakatda toʻp uzatishga oʻtmoq lozim. Avval bir oʻyinchi toʻp uzatishni joyida mashq qilsa, ikkinchisi harakatda bajaradi. Shundan soʻng har ikkala oʻyinchi harakatda toʻp uzatishni oʻzlashtiradi. Asosan, o„rgatish jarayonida mashq va usullarni soddalashtirib, ularni keyinchalik murakkablashtirishga amal qilmoq kerak. Mashqlarni tashkil etishda har xil saflardan: qarama-qarshi qatorlardan, sherengalardan, aylanmalardan, uch burchaklardan, kvadratlardan va hokazolardan foydalaniladi. Saflar tuzilishi shugʻullanuvchilar soni va beriladigan mashqlar xususiyatiga bogʻliq boʻladi. Shugʻullanuvchilar mashqlarni avval bir joyda turib, soʻng har xil yoʻnalishda harakatda bajaradi. Download 410.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling