Методы обучения юных гандболистов
Hujum o‘yin texnikasini o‘rgatish
Download 410.66 Kb.
|
yosh gandbolchlarni orgatish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yugurish
- Sakrash . J
Hujum o‘yin texnikasini o‘rgatishMaydonda harakat qilish texnikasini oʻrgatishda avval har bir usul alohida oʻrgatilib (yugurish, sakrash, toʻxtashlar), keyinchalik ular qoʻshib oʻrgatiladi. Ma’lum bir usulni uzoq vaqt oʻrgatish mumkin emas. Bir usulning tuzilmasi oʻrgatilgandan soʻng, darhol boshqa usulni oʻrgatishga kirishiladi va oʻrganilgan usullar bir-biriga bogʻlanib, har xil «kombinatsiya»larda qoʻllaniladi. Yugurish quyidagi ko„rsatilgan tartibda: oddiy, tezlikni oʻzgartirib, yoʻnalishni oʻzgartirib, qadamlarni chalishtirib, har xil sapchishlar yordamida oʻrgatiladi. To‘xtashlar. Tez yurib, sekin yugurib, tezlanishda avvalo bir oyoqda, soʻng ikki oyoqda toʻxtashlar oʻrgatiladi. Shugʻullanuvchining ikki oyoqda yurib, toʻxtagandan soʻng muvozanat saqlash uchun tana vaznini toʻgʻri taqsimlashi oʻrgatuvchi tomonidan nazorat qilinadi. Toʻxtagandan soʻng yana har xil yoʻnalishda harakat qilishga kirishiladi. Sakrash. Joydan va yugurib kelib avval ikki oyoqda, keyin bir oyoqda sakrash oʻrgatiladi. Shu holda oyoqlarni toʻgʻri qoʻyish, balandga yoki uzunlikka sakraganda oyoqlarni bukish va erga tushish toʻgʻri bajarilishiga diqqatni jalb etish zarur. Gandbolchi barcha harakat usullarini oʻyinda qoʻllaydi. Maydonda harakat qilish texnikasini takomil-lashtirish uchun quyidagi mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi: Belgilangan aniq moʻljalga tezlanib yugurish va dastlabki holatga qaytish. Oʻtirib, yotib va boshqa har xil dastlabki holatdan tez yugurish. Bir va ikki oyoqlab toʻsiqlardan sakrab yugurish. Yugurish bilan sakrashlarni galma-gal bajarish. Bir necha moʻljallangan belgilarda birin-ketin toʻxtab yugurish. Toʻsiqlarni aylanib oʻtib yugurish. Har xil jismlarni bir joydan ikkinchi joyga ko„chirib yugurish. Ushbu mashqlarni estafeta tariqasida oʻtkazish mumkin. Download 410.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling