Методические рекомендации по подготовке


Umumlashtirish bosqichi - natijalarni ro‘yxatga olish


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana10.11.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1765367
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ИНД лойиҳа Услубий кўрсатма (1)

 Umumlashtirish bosqichi - natijalarni ro‘yxatga olish: 

rahbarning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda loyihani yakunlash; 

loyihani amalga oshirish tahlili, erishilgan natijalar (muvaffaqiyat va 



muvaffaqiyatsizliklar va ularning sabablari); 

yozma ish, elektron taqdimot va loyiha faoliyati mahsulotini tayyorlash. 
 Yakuniy bosqich: loyihani himoya qilish. 
INDIVIDUAL LOYIHA MAVZUSI 
 
Individual loyiha mavzusini tanlash juda muhimdir. Individual loyiha mavzusi 
talabalar tomonidan fan komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan mavzular ro‘yxatidan 
tanlanadi yoki professor–o‘qituvchi - loyiha rahbari bilan kelishilgan holda talaba 
tomonidan taklif qilinishi mumkin. Loyiha mavzusini belgilashda talaba o‘z qiziqishlarini 
hisobga olgan holda o‘quv fanidan tadqiqot uchun savol tanlaydi. 
O‘zlashtirilayotgan mutaxassislik profiliga mos keladigan loyiha mavzusini tanlash 
mamnuniyat bilan qabul qilinadi. Individual loyiha mavzusini tanlashda asosiy qoida 
talabaning mustaqilligi bo‘lishi kerak - bu jarayon va ish natijasi uchun uning masʻuliyatini 
shakllantirish uchun asosdir. 
Individual loyihaning mavzusi loyihaning muammoli bayoni bilan bevosita bog‘liq. 
Mavzuni tanlashda birinchi qadam muammoni topishdir. O‘zingiz tekshiradigan va hal 
qilmoqchi bo‘lgan muammoni toping. Loyihaning muammosi aniq belgilanishi kerak. 
Masalan, “KOHA avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi” mavzusidagi 
individual loyihada quyidagi muammo yuzaga kelishi mumkin: bu tizim ochiq 
bo‘lgani uchun, yaʻni axborot-kutubxona muassasalarida elektron kutubxonani 
shakllantirish uchun bepul yuklab olish va o‘rnatish; xalqaro tajribani, dasturga 
qo‘yiladigan texnik talablarni, tizimni o‘rnatish va qo‘llashni, shuningdek tizimni 
joriy etish va foydalanishni aniq xorijiy kutubxona misolida o‘rganish zarur. 
Dolzarblik. Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida O‘zbekiston axborot-
kutubxona muassasalari turli avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimlaridan 
(AAKT) foydalangan holda elektron kutubxonalarni shakllantirmoqda, ko‘plab 
mavjud AAKT litsenziyalangan, mos ravishda tizimning texnik taʻminoti pullik va 
faqat yirik axborot-kutubxona muassasalari uchun mavjud. Kichik axborot-
kutubxona muassasalari uchun bunday tizimlar mavjud emas, yetarlicha 
moliyalashtirilmaganligi va bu yo‘nalishdagi ishlar izchil olib borilayotganligi 



sababli tegishli ravishda elektron kutubxonani ochiq avtomatlashtirilgan kutubxona 
tizimlari bilan taʻminlash samaradorligini oshirish maqsadida shakllantirish mumkin.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling