Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»
MAVZU: RIZOSFERA MIKROORGANIZMLARINI ANIqLASh
Download 2.55 Mb.
|
portal.guldu.uz-MIKRОBIОLОGIYA VА VIRUSОLОGIYА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq va mashg’ulot o’tish tartibi
- Metodik ko’rsatma
- Kerakli jihozlar
MAVZU: RIZOSFERA MIKROORGANIZMLARINI ANIqLASh
Reja: Rizosfera mikroorganizmlarini K.S.Tepper usulida aniqlash. Ildizlarni 6 va 7 chayindisini GPA solingan Petri likobchalariga ekish. Ildiz chayindisidan mazok tayyorlash. Topshiriq va mashg’ulot o’tish tartibi: 1.Ildizlarni ettita kolbaga solib chayiladi (Tepper usulida) 2.Ildizlarni 6 va 7 chayindisini GPA solingan Petri likobchalariga ekiladi. 3.Rizosfera mikroorganizmlarni o’rganish davomida mazokni Gramm usulida bo’yab mikroskopda ko’riladi. Har bir talaba preparat tayyorlaydi va Gramm usulida bo’yab mikroskopda ko’riladi. Natijalarni daftarlarga yozib va chizib boriladi. Metodik ko’rsatma: O’simliklarning ildizlariga yaqin joylashib rivojlanadigan mikroorganizmlar rizosfera mikroorganizmlari deyiladi. (rhiza – ildiz, sphaera – shar). Ildiz atrofida va ildizda rivojlangan rizosfera mikroorganizmlarining miqdori tuproq mikroorganizmlariga nisbatan bir necha marta ko’p bo’ladi. Ildizdan har xil organik moddalar ajralib chiqqani uchun unda rizosfera mikroorganizmlari juda ko’payadi. Tekshiruvchilarning aniqlashicha, o’simlik mikroorganizmlar iste’mol qiladigan qand va organik moddalarni o’zining vegetatsiya davrida 4-5% miqdorida ajratib chiqaradi. Rizosfera mikroorganizmlari faqat o’simliklar ajratadigan organik moddalar hisobiga yashamasdan chiriyotgan ildiz epidermusi va ildiz tuklaridan ham oziq sifatida foydalaniladi. Tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha, har qaysi o’simliklarning o’ziga xos rizosfera mikroflorasi bo’ladi. Masalan, E.F.Beryozova boshoqli o’simliklar ildizida ko’pincha ammonifikatorlar, denitrifikatorlar bo’lishini; makkajo’xori ildizida anaerob azot to’plovchilar; kartoshka ildizida mikrobakteriya, aktinomitset va boshqalar bo’lishini aniqlagan. Rizosfera mikroorganizmlari o’simliklar ajratadigan turli organik moddalar hisobiga yashashi bilan birga o’z navbatida o’simliklarni o’sishi uchun zarur bo’lgan turli elementlar (azot, fosfor, vitamin va boshqalar) bilan ta’minlaydi. Rizosfera mikroorganizmlari spora hosil qilmaydigan mikroblar turkumiga kirsalar ham, asosan tuproq mikroflorasiga yaqin turadi. Rizosfera mikroorganizmlari o’simliklar ildizida, ildiz atrofida joylashishlariga qarab bir necha gruppaga bo’linadi. E.F.Beryozova ildizga yopishgan mikroflora o’simlik uchun katta ahamiyatga ega ekanligini, chunki bu mikroflora o’simlik uchun kerakli fiziologik moddalarni sintez qilib berishdan tashqari, o’simliklar ildizini zararli mikroorganizmlar ta’siridan saqlashini aniqlagan. Ildiz atrofiga yaqin joylashgan mikroorganizmlar tuproqdagi o’simlik o’zlashtira olmaydigan moddalarni engil o’zlashtira oladigan holatga aylantiradi; bundan tashqari, o’simlik ildizidan chiqadigan ba’zi bir zararli moddalarni parchalaydi. Shuning uchun bunday mikroorganizmlar o’simliklarning o’sishida kata ahamiyatga ega. Rizosfera bakteriyalarini N.A.Krasilnikov usulida aniqlanganda avvalo, sterillangan pintset bilan ildizga yopishgan tuproq ehtiyotlik bilan olinib, sterillangan Petri likobchasiga solinadi. So’ngra tuproqdan 1 g tortib olib sterillangan kolbaga solib, ustiga 99 ml sterillangan suv quyib, bir ikki minut davomida yaxshilab chayqatiladi, keyin sterillangan pipetka yordamida sterillangan suvga qo’shib kolbada navbatdagi eritmalar hosil qilinadi. Masalan, 1: 100000 yoki 1 : 1000000, undan yuqori 1 : 100000000 nisbatda eritma tayyorlanadi. To’rtinchi-beshinchi yoki beshinchi-oltinchi eritmadan 1 ml dan olib ikkita Petri likobchasiga DPA ga ekiladi. Ekilgan likobchalar 23-25S termostatga ikki-uch kunga qo’yiladi. Keyin likobchada o’sib chiqqan koloniyalarning morfologik, fiziologik xususiyatlari o’rganilib, mikroblar to’plamining soni 1 g tuproqqa hisob qilinib, umumiy soni aniqlanadi. Rizosfera bakteriyalari E.S.Tepper usulida aniqlanganda o’simliklar ildizini kesak bo’lakchalaridan tozalab taxminan 1 g ildiz tortib olib, 50 ml sterillangan suv solingan kolbada 2 minut yuviladi. So’ngra ildizlar sterillangan pintset yordamida kolbadan suvi silqitib olinib, 50 ml suv solingan boshqa kolbada yana yuviladi. Shunday qilib 7 marta yuviladi. 6 va 7 marta yuvilayotganda kolbaga 3-5 g sterillangan kvarts qumi solinib yuviladi. Birinchi, ikkinchi yuvilganda yuvindida tuproq mikroflorasi qoladi; to’rtinchi, beshinchi, oltinchi va ettinchi marta yuvilganda ildizga yopishgan rizosfera mikroblari qoladi. Bu yuvindilar kerakli darajagacha sterillangan suvda eritilib, GPA yoki DPA muhitlari yuzasiga shpatel yordamida ekiladi. Petri likobchasidagi GPA yoki DPA yuzasiga sterillangan pipetka yordamida 0,05 ml (1 tomchi) eritma quyiladi va shpatel bilan muhitning yuzasiga qurigunicha surtiladi, so’ngra ikki-uch kun davomida 25S termostatga qo’yiladi, so’ngra likobcha yuzasida o’sib chiqqan bakteriyalar to’plamining soni 1 ml eritmaga hisob qilinib, 1 g ildizda qancha rizosfera mikrobi borligi aniqlanadi. Masalan, 0,05-500
X= 1* 500 + 10000. 0,05 Kerakli jihozlar: Mikroskop, O’simlik ildizlari, sterillangan Petri likobchalari, immersion moy, 99 ml va 9 ml suv solingan probirkalar, sterillangan kvarts qumi, buyum va qoplog’ich oynachalar, bakteriologik sirtmoq, skalpel, pintsetlar. Oziqa muhit. Bo’yoqlar (metilen ko’ki, fuksin, gentsian-violet), Torozi toshlari bilan. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling